|
Vositalari faoliyati tarixiBog'liq 2274-Текст статьи-6275-1-10-20230418Образование и инновационные исследования (2023 год №1)
ISSN 2181-1717 (E)
25
http://interscience.uz
haqida ham xabar qilishi lozim. 14- moddada ko`rsatilishicha, sud va tribunallar
oldida barcha shaxslar tengdir. Har bir shaxs, unga qo`yilgan har qanday jinoiy ayblov
ko`rib chiqilayotgan paytda yeki har qanday quqarolik muhokamasida uning huquq
va majburiyatlarini belgilash paytida ishning qonun asosida tashkil etilgan vakolatli,
mustaqil va odil sud tomonidan ko`rib chiqilishi huquqiga ega. Demokratik jamiyatda
ma`naviyat, ijtimoiy tartib yoki davlat havfsizligi mulohazalaridan kelib chiqqan holda
yoki taraflarning shaxsiy hayotiga taaluqli manfaatlar talab qilgan taqdirda - sud qikri
bo`yicha lozim deb topilgan darajada - jamoatchilik vakillari odil sudlov manfaatlarini
bo`zishi mumkin bo`lgan alohida holatlarda, barcha sudlardagi ish ko`rishlarga yoki
ularning bir qismiga matbuot xodimlari va jamoatchilik vakillari qo`yilmasliklari
mumkin, lekin jinoiy yoki fuqorolik ishi bo`yicha o`ar qanday sud qarori ochiq bo`lishi
lozim, balog`at yoshiga yetmaganlarning manfaatlari boshqacha holatni talab qilgan
yoki ish, uylanish nizolari yoxud bolalarga vasiylik qilishga taaluqli bo`lgan holatlar
bundan mustasnodir. 17- moddada ta`kidlanishicha, hech qanday insoning shaxsiy va
oilaviy hayotiga aralashishga, uning turar joyi daxlsizligiga, uning xat-xabarlarining
maxfiyligi va uning or-nomusi hamda obro`siga nisbatan asossiz ravishda yoki
qonunga xilof tarzda tajovo`z etishga duchor etilishi mumkin emas.
Har bir inson bunday aralashuv yoki tajovo`zdan qonun bilan himoyalanish
huquqiga ega. Inson huquq va erkinliklarining amalga oshirilishi boshqa shaxslarning
huquk va erkinliklarini bo`zmasligi kerak. Har bir inson o`z fikrini erkin ifoda qilish
huquqiga ega; bu huquk xilma-xil axborotlar va g`oyalarni davlat chegaralariga
bog`liq bo`lmagan xolda, og`zaki, yozma ravishlarda yoki matbuot yoxud badiiy ifoda
shaklida yoinki o`zi qidirish,olish va tarqatish erkinligini o`z ichiga oladi. Mazkur
moddaning 2-bandida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish alohida majburiyatlar
va alohida ma`suliyat yuklaydi. Shundan kelib chiqqan holda, u ba`zi bir cheklashlar
bilan bog`langan bo`lishi mumkin, lekin bu cheklashlar qonun bilan belgilangan va
kuyidagilar uchun zarur bo`lishi lozim: a) boshqa shaxslarning huquqlari va obro`sini
hurmat qilish; b) davlat havfsizligini qo`riklash, jamoatchilik tartibi - aholining
sog`ligi yoki axloqini qo`riqlash. 20 - moddada ko`rsatilishicha har qanday urush
targ`iboti qonun bilan taqiklangan bo`lishi lozim. Xulosa qilib aytganda, ko`rsatib
o`tilgan yuridik manbalar fuqorolarning axborot olish, izlash va tarqatish borasidagi
huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga karatilgan milliy qonunlarni yaratishga
asos bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Qiyinchiliklar jamiyatda demokratii tamoyillarni
rivojlantirishga ta`sir ko`rsatmoqda. Ikkinchidan rahbarlaring ko`pchiligi matbuotdan
qo`rqadilar. O’zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim
ijtimoiy institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri - fuqarolik jamiyatini o’zida aks
ettiradigan bamisoli bir ko’zgu ekanligi hayotda o’z isbotini topmoqda. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari
kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo’llagan tabrigida ta’kidlanganidek, «Xalq
bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat
siyosati darajasiga ko’tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi
chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz
o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz»[1].
O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan «Davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi qonunida (1 -ilova)
Axborot xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi. O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 fevralda qabul qilingan «O’zbekiston
Respublikasi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 125-qarorida (2-ilova) davlat
va xo’jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar
qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat
oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas’uliyatini ta’minlash vazifalari belgilab berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi «Ommaviy axborot
|
| |