Образование и инновационные исследования (2023 год №1)
ISSN 2181-1717 (E)
27
http://interscience.uz
dadillik bilan ko’tarib chiqib, ularga qarshi murosasiz jamoatchilik fikrini shakllantirishni o’z
kasbi, o’z hayotining ma’no-mazmuni deb biladigan jurnalistlarni
men haqiqiy jurnalist deb
hisoblayman,- deb ta’kidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.- Albatta, barchamiz yaxshi
tushunamiz, buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat professional bilim
va malaka, hayotiy tajriba, o’z so’zi uchun mas’uliyat hissi, ayni vaqtda yuksak grajdanlik
pozitsiyasi, ma’naviy jasorat ham talab etiladi. Bunday maqsadga erishish uchun ommaviy
axborot vositalariga qonunchilik nuqtai nazaridan, moddiy-texnik, o’quv-uslubiy ta’minot
nuqtai nazaridan yanada keng imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak» [1]. Darhaqiqat,
jamiyatda, uning zamonaviy boshqaruv tizimida oshkoralikni ta’minlash, jamoatchilik bilan
aloqalarni takomillashtirishda jurnalistlarning ana shu sa’y-harakatlari jamiyat boshqaruvi
tizimida o’z samarasini ko’rsatishi shubhasiz. Oshkoralik asosan
matbuot erkinligi bilan
chambarchas bog’liq ekan, mamlakatimizda bu borada ham qonun ustuvorligi ko’zga yaqqol
tashlanadi. Ya’ni, O’zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida»gi
qonuni (yangi tahriri) 5-moddasi «Ommaviy axborot vositalari erkinligi» deb nomlangan
bo’lib, uning ikkinchi bandi quyidagicha: «Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo’lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o’z fikri va e’tiqodini
oshkora
bayon etish huquqiga egadir»[4].
Qonun ijrosi bilan kuchli. Biroq, o’sha ijroni kim ta’minlashi kerak, degan haqli savol
tug’iladi. Aytish mumkinki, har bir sohada faoliyat ko’rsatayotgan
mutasaddilargina tegishli
qonunlarda belgilangan vazifalarni bajarishlari taqozo etiladi. Yuqorida zikr etilgan matbuot
erkinligini ta’minlash asosan jurnalistlar, OAV xodimlari zimmasiga tushishini izohlashga
hojat yo’q. Haqiqiy demokratik matbuot ko’rsatma asosida yashay olmasligi haqida aytilgan
fikrlar amalda o’z ifodasini topishi zarur. Bu o’z navbatida jamiyatda zamonaviy boshqaruvni
yanada takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.
XULOSA. Bugungi kunda OAV ni davlatimiz rahbari shaxsan o’zi qo’llab-
quvvatlamoqda. 2020-yil 27-iyun kuni nishonlanadigan Matbuot va ommaviy axborot
vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrigi davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan
e’lon qilindi.[5]
«Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng
ko’lamli o’zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy
muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik e’tiborini qaratmoqda»,
— deya qayd etildi tabriknomada. Shavkat Mirziyeyov bo’lg’usi jurnalistlar chuqur bilim
va kasb mahoratini, ona tili bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida e’tibor
qaratishi kerakligini bildirdi.
Xabarda aytilishicha, agar yuqori malakali kadrlar tayyorlashda «xalqimizning boy
ma’naviy merosiga tayansak», bu ish yanada samaraliroq bo’ladi.
Jadidlar merosi, shu
jumladan bu yil 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulug’ alloma va publitsist
Mahmudxo’ja Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda ko’pchilikning e’tiborini o’ziga jalb qiluvchi
muammoning yoki voqeaning xabari matbuotda chiqqanidan so’ng
omma ichida qanday
ijtimoiy rezonans yaratganini talqin qilish jarayoni jurnalistlarimizdan ulkan kasbiy mahorat
talab qiladigan eng muhim ishlardan biri bo’la boshladi. O’zbekistonlik jurnalistlar tomonidan
mustaqil jurnalistik tadqiqotlar olib borilib, jamiyatimizdagi mavjud muammolarning tafsiloti
mutasaddilar oldiga ko’ndalang qo’yish ishlari qanday amalga oshirilishini ommaga yoritish
evaziga aholi orasida huquqiy savodxonlik rivojlanishi turgan gap. Natijada jamiyatimizdagi
vaziyat hozirgidan mutlaqo boshqacha ijobiy tus olishi aniq.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga. www.uza.uz
2017 yil 27-iyun.
2. O’zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida» gi qonuni
(yangi tahriri). - www.lex.uz