Образование и инновационные исследования (2023 год №1)
ISSN 2181-1717 (E)
23
http://interscience.uz
MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY AXBOROT
VOSITALARI FAOLIYATI TARIXI
Raxmatulloyev Murodjon Xikmatulloyevich,
katta leytenant, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi Matbuot
xizmati boshlig‘i
Annotatsiya: Maqolada O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari
faoliyatining o’zgarish va muammolar qisqacha ko’rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar: ommaviy axborot vositalari, mustaqillik, tarix, madaniy meros.
Ommaviy axborot vositalari - nashrlar, radio va teleeshittirishlar, kinoxronik
programmalar, va ommviy axborot yetqazishning boshqa shakllari. Ommaviy axborot
vositalari deganda qonunshunos «keng ommaga mo`ljallangan nashriy, audio,
audiovizual va boshqa ma`lumot va materiallarni tushunadi».
Ommaviy axborot
vositalarining maqsadi muayyan jamiyatning ma`naviy boyliklarini qaror toptirish
hamda kishilarning xulq-atvori va dunyoqarashiga ideologik, siyosiy, iqtisodiy yoki
tashkiliy ta`sir o`tkazishdan iborat.
Ommaviy kommuniuatsiyaning kelib chiqishiga 20- asrning 1-yarmida katta
hajmdagi og`zaki, obrazli va musiqaviy informatsiyalarni tez va g`oyatda ko`paytirib
o`zatishga imkon bergan texnik qurilmalarning yaratilishi moddiy zamin bo`ldi.
Yuksak professional mutaxassis xodimlar xizmat qiladigan bu qurilmalarining
komplekslari «ommaviy informatsia va propaganda vositalari» yoki «Ommaviy
axborot vositalari» deb atala boshladi. OAV axborot manbai hamda axborotni qabul
qilib oluvchidan iborat sistemani tashkil etadi. Axborot manbai uni qabul qilib oluvchi
bilan matbuot, radio va tetevideniye, kino, ovoz yozish (gramplastinka, magnitafon
roliklari, kasetalar, yoki kompakt disk va axborot tashuvchi komyuter fayllari
ishlab
chiqarish va tarqatish) sistemalari orqali boglangan bo`ladi.
Ommaviy axborot vositalarining samaraliligi va ta`sirchanligi faqat o`zatilayetgan
axborotning o`quvchi,
tinglovchi, tomoshabinga ta`sirining maqsadi va vazifalari
bilan emas, balki ular mazmuni va shaklining kishilarning doimiy va kundalik
ehtiyojlariga muvofiq kelishi bilan ham belgilanadi. G`oyaviy-siyosiy kurash,
ijtimoiy gruppalar munosabatlarini mazmuni va shakliga, propagandaning ideologik,
siyosiy va boshqa turlariga turlicha jiddiy ta`sir kursatadi. O`zbekiston Respublikasi
Kostitutsiyasi senzuraga yo`l qo`ymaydi. Axborotni qidirish, olish, berish, ishlab
chiqarish, va tarqatishning qonuniy shakli davlatga tegishli yoki qonun bilan maxsus
qo`riqlanadigan sirlarni mumkin emasligi e`tirof etiladi.
Shuningdek OAVni jinoiy javobgarlikka tortiladigan maqsadlar yo`lida, masalan,
hokimiyatni egallashga qaratilgan chaqiruvlar, konstitutsion tuzumni kuch ishlatish
yo`li bilan o`zgartirish; milliy, sinfiy, ijtimoiy, diniy adovatni keltirib chiqaradigan
materiallar: urushni propoganda qiluvchi pornografik, yovo`zik va bosqinchilikni
targ`ib etuvchi programmalarni tarqatishi taqiqlangan. Shuningdek maxsus OAVlarga
tegishli axborot tekstlarini tele-, video-, kinoprogrammalarda,
xujjatli va badiy
filmlarda, shuningdek kompyuter axborot fayllarida va axborotni qayta ishlash
programmalarida foydalanish, insonlar ongiga ta`sir etuvchi va sogligiga zarar
yetkazuvchi yashirin ma`lumotlar
tarqatish, yashirin audio va videotasvir, kino va
fotos`yomka yerdamida tayorlangan, mavjud jo`rnalist
huquqi yordamida ijtimoiy
muhim bo`lgan ma`lumotlarni bo`zish, ishonchli manba tariqasida mish-mish
tarqatish, boshqa shaxe yoki organizatsiya uchun ma`lumot to`plash taqiqlanadi.
Jo`rnalistlik huquqini shuningdek shaxe yoki fuqarolarning ayrim toifalarini jinsi,
yoshi, irqiy yoki milliy kelib chiqishi, tili va dinga munosabati, kasbi, yashash joyi,
hamda siyosiy qarashlari bilan bog`liq bo`lgan ma`lumotlarini kamsitish yo`lida
ishlatish taqiqlanadi.
Axborot huquqlari va erkinliklari axborot huquqining yuridik negizini tashkil
etadi, ularin Kafolatlash esa ushbu yangi huquq sohasining asosiy maqsadidir. Jahon