|
Vositalari faoliyati tarixiBog'liq 2274-Текст статьи-6275-1-10-20230418Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2023 йил №1)
ISSN 2181-1709 (P)
24
Education and innovative research 2023 y. №1
hamjamiyati XX asrning o`rtalaridayoq axborotning shaxs, jamiyat, davlat hayotidagi
rolini hisobga olgan holda, inson va fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlarini
ta`minlaydigan huquqiy mexanizmlarni joriy etgan edi. Bugungi kunga kelib esa
axborot huquqi alohida huquq sohasi sifatida shakllandi. Axborot huquqlari va
erkinliklari 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul
qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ilk bor e`tirof etilgan edi.
Jumladan, uning 11- moddasida ta`kidlanishicha, jinoyat sodir etganlikda ayblangan
har bir inson himoya uchun barcha imkoniyatlar ta`minlangan holda, ochiq sudlov yo`li
bilan uning aybi qonuniy tartibda aniqlanmagunicha aybsiz deb hisoblanish huquqiga
ega. 12- moddada qaayd etilishicha, hech kimning oilaviy va shaxsiy hayotiga
o`zboshimchalik bilan aralashish, turar joy daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi
sirlariga yoki uning or-nomusi hamda sha`niga nisbatan asossiz ravishda tajovo`z
qilinishi mumkin emas. Har qanday inson bunday aralashuv va tajovo`zdan qonun
yo`li bilan himoyalanish huquqiga ega. 19-moddada ko`rsatilishicha, har bir inson
e`tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu hukuq qech bir to`siqsiz
o`z e`tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g`oyalarni izlash, olish, va
tarqatish erkinligini o`z ichiga oladi.
Yevropa kengashining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish to`g`risidagi
Konvensiyasida axborot huquqlari va erkinliklari bo`yicha belgilab qo`ylgan qoidalar
yanada rivojlantirildi. Jumladan, uning 10- moddasida bayon etilishicha, har bir inson
o`z fikrini erkin ifoda qilish huquqiga ega. Bu huquq o`z fikrini asos tutish erkinligi va
axborotlar hamda g`oyalarni davlat idoralari tomonidan hech qanday aralashuvsiz va
davlat chegaralariga bog`liq bulmagan holda olish va tarqatish erkinligini o`z ichiga
oladi. Mazkur modda davlatlarga radio eshittirish, televizion yoki kinematografiya
korxonalariga litsenziyalashni amalga oshirishga to`sqinlik ko`rsatmaydi.
Majburiyat va erkinliklarni keltirib chiqaradigan bu erkinliklarni amalga
oshirilishi demokratik jamiyatda davlat havfsizligi manfaaatlari, hududiy birlik yoki
jamiyat osoyishtaligi uchun tartibsizlik va jinoyatlarni oldini maqsadida, sogliq va
ahloqni saqlash, boshqa shaxslarning obro`si yoki huquqlarini muhofaza etish, maxfiy
tarzda olingan axborot oshkora qilinishining oldini olish yoki odil sudning nufo`zi va
xolisligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan va qonun bilan belgilangan rasmiyatchilik,
shartlar, cheklashlar va buyruqlar bilan bog`langan bo`lishi mumkin, deb ta`kidlanadi.
Fuqorolarning axboroti huquqi va erkinlaklarini ta`minlash borasida 1966 yil 19
dekabrda to`zilgan «Fuqorolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi halqaro ahdnoma»
alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ahdnomaning 2- moddasida ta`kidlanishicha, unda
ishtirok etuvchi har bir davlat shaxsning irqi, jinsi, tili, diniy mansubligi, siyosiy yoki
o`zga qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tugilgan joyi yoki
boshqa holatlaridan qat`i nazar, hech qanday ayirmachiliksiz ushbu ahdnomada e`tirof
etiladigan huquqlarni hurmat qilish va o`z hududlari doirasida uning yurisdiksiyasi
ostida bo`lgan barcha shaxslar uchun ta`minlash majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
4- moddada qayd etilishicha, davlatda millat hayoti havf ostida buladigan
favqulodda vaziyat yuzaga kelgan paytda va uning amal qilayotgani to`g`risida rasmiy
ravishda e`lon qilingan bo`lsa, ushbu ahdnomada ishtirok etayotgan mamlakatlar
yuzaga kelgan vaziyatning keskinligiga muvofiq darajada, ularning halqaro huquq
bo`yicha boshqa huquq va majburiyatlariga nomuvofiq bo`lmaslik sharti va faqatgina
irqi, jinsi, tili, diniy mansubligi yoki ijtimoiy kelib chiqishi tufayligina kamsitishga
olib kelmaslik sharti bilan ushbu ahdnoma bo`yicha o`z majburiyatlaridan chekinish
yhlida muayyan darajadagi tadbirlarniko`rishimumkin. Ushbu ahdnomada ishtirok
etayotgan, chekinish huquqidan foydalanadigan har qanday davlat darhol Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi orqali chekinmoqchi bo`lgan qoidalar va bunday
qarorni qabul qilish sababi haqida ushbu ahdnomada ishtirok etayotgan boshqa
davlatlarni xabardor qilishi kerak.
Shuningdek, ayni vositachi orqali bunday chekinishni qaysi paytda to`xtatishi
|
| |