|
Интернетда манзил тушунчаси ва Интернет ресурслари манзили
|
bet | 2/3 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #125181 |
Bog'liq 1-ma\'ruza(1)Интернетда манзил тушунчаси ва Интернет ресурслари манзили - Саҳифа, файл ёки бошқа ресурснинг Интернетда жойлашишини аниқловчи ноёб манзил – URL деб аталади.
- Компьютер домен манзилининг ёки веб ресурс манзилининг намунавий кўриниши қуйидагича: http://www.tuit.uz, http://www.aci.uz.
- http://www.domain2.domain1
- http://www.tuit.uz
Сервер қурилмалари ва иловалари - Сервер – тармоқ абоненти бўлиб, у ўз ресурсларини бошқа абонентларга фойдаланишга бериб, лекин ўзи бошқа абонентлар ресурсларидан фойдаланмайди, яъни фақат тармоққа ишлайди. Тармоқда сервер бир нечта бўлиши мумкин.
Web-сервер - Web-сервер – тармоққа уланган компьютер ёки ундаги дастур ҳисобланиб, умумий ресурсларни мижозга тақдим этиш ёки уларни бошқариш вазифаларини бажаради. Web-серверлар маълумотлар базалари ва мультимедияли маълумотларни бир бирига мослаштиради; Web-серверда Web-саҳифа ва Web-сайтлар сақланади.
Булутли ҳисоблашлар– бошқа серверларда жойлашган қўшимча ресурслардан фойдаланиш имкониятини берувчи технология. - Хостинг - ҳисоблаш қувватларидан фойдаланган ҳолда маълумотни интернет тармоғида ишлайдиган серверда жойлаштириш хизмати ҳисобланади.
- Домен - Интернет тармоғининг бир қисми ҳисобланиб, корхоналар тассаруфига берилган махсус номлар билан ажратилган ном.
- Мисол. kun.uz
2. WWW ning rivojlanish bosqichlari - WWW (World Wide Web) – butun jahon tarmogʻi. Ayni mana shu xizmat Internet bilan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi. WWW asosida toʻrtta poydevor mavjud:
- 1. Barcha hujjatlarning yagona formati (shakli)
- 2. Gipermatn
- 3. Hujjatlarni koʻrish uchun maxsus dasturlar
- 4. Yagona manzilni koʻrsatish tizimi hujjatlarning yagona formati (shakli)
- 1992–93yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli
- tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.
- World Wide Web (ma’nosi: xalqaro o‘rgimchak to‘ri)ning yaratilishiga 1989yil Shveysariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi(CERN)ning loyihasi asos bo‘ldi.
- Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib qoldi.
- Internetning paydo boʻlishi tarixi 60-yillarning oxirida Amerika hukumati tomonidan asos solingan ARPANet (Advanced Research Projecj Agenci tashkiloti) hisoblash tarmogʻiga borib taqaladi. Tarmoq harbiy tashkilotlarga xizmat qilgan. 1980 yillar boshlarida ma’lumotlarni uzatishni boshqarish protokoli TCP/IP (Transmission Control Protocol / Internet Protocol) ga asos solindi.
- • 1969- yilda Pentagon mutaxassislari tomonidan Advanced Research Project Agency Network (Arpanet) kompyuter tarmog‘i yaratildi.
- • 1972- yilda Arpanetga AQSHning harbiy bo‘lmagan muassasalari ham bu tarmoqqa ulandi.
- • 1973- yilda Angliya va Norvegiya bilan aloqa kanallari o‘rnatildi.
- • 1977- yilda Arpanetning AQSH ichidagi va rivojlangan davlatlardagi aloqa tarmoqlari bilan qo‘shilishi boshlandi. Bu qo‘shilish natijasida global kompyuter tarmog‘i — Internet vujudga keldi.
- Internetda barcha hujjatlar HTML (Hyper Text Markup Language – Gipermatnni belgilash tili) formatida tuziladi. HTML yordamida yozilgan hujjatlarni veb-hujjat yoki veb-sahifa deb atashadi. Birorta foydalanuvchi yoki tashkilotga qarashli boʻlgan, bir-biriga bogʻlangan veb-sahifalar toʻplami SAYT deb aytiladi.
- Aslida veb-sahifa oddiy matndan iborat va uning fayl kengaytmasi ―*.html yoki ―*.html boʻladi. Matnning oʻlchamini, rangini, shaklini oʻzgartirish uchun HTML teg (belgi)lari qoʻllaniladi. HTML teglari yordamida sahifaga rasm, video oʻrnatish, orqa fon (koʻrinish), musiqaviy ijro va yana koʻp narsalar qoʻshish mumkin. Natijada, oddiy matn chiroyli va qulay ravishda taqdim etiladi.
- Brauzer veb-sahifalarni koʻrish dasturi. Brauzer veb-sahifada HTML teglarini topib, ular talabi boʻyicha ma’lumotni ekranga chiqaradi. Teglar, oʻzlari, ekranda aks ettirilmaydi. 1993 yilda birinchi veb-brauzer Mosaic paydo boʻldi. Bugungi kunda ko‘plab brauzerlar mavjud. Eng mashhurlari: Internet Explorer (Windows tarkibidagi dastur), Opera, Mozilla FireFox, Google Chrome, UC Browser va hok.
|
| |