• HTML 5
  • Masalaning qo’yilishi: Barcha sahifalari bir-biri bilan o’zaro mantiqan bog’langan web sayt yaratish talab etiladi: Ishni bajarish tartibi: 1-rasm
  • 1 Ablaqulov Jahongir
  • Web texnologiyalar Lab1




    Download 447 Kb.
    Sana23.11.2023
    Hajmi447 Kb.
    #104172
    Bog'liq
    1-amaliy ish


    1-amaliy ish
    Mavzu: HTMLning asosiy teglari. HTML5 yangi teglar va ularning vazifalari.
    Ishdan maqsad:
    HTML teglarini o‘rganish, ulardan foydalanib web-sahifa yaratish va ular ustida turli amallar bajarish.
    Nazariy qism
    HTML (ing.Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili) - bu SGMLga (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro to‘rda ishlatiladi.
    HTML tili taxminan 1991-1992 yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Bernars Li tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab bo‘ldi.
    Hozirgi kunga kelib wyeb texnologiya juda katta tezlikda rivojlanib bormoqda. Har kuni yangi saytlar butun olam o‘rgimchak to‘risiga qo‘shib borilmoqda (shu qatorda ko‘p saytlar o‘z ishini yakunlamoqda). Saytlarning asosini HTML gippertekst tili tashkil etadi. Ko‘p yillar davomida sayt yaratuvchilar (taxminan 10 yil) HTML 4 dan foydalanib kelishgan. 2004 yilda esa yirik kompaniyalar (Apple, Opera, Mozilla) birlashib yangi guruh hosil qilishdi va bu guruhni WhatWG(Web Hypertext Application Technology Working Group) deb nomlashdi. So‘ng bu guruhga W3C (World Wide Web Consortium) ham kirib keldi va yangi HTML 5 ni ishlab chiqarishni boshlashdi. HTML 5 da flesh pleyerlar o‘rnini teglar egalladi va sayt strukturasi uchun alohida teglar qo‘shildi. 18 yanvar 2011 yilda HTML 5 logotipi yaratildi va 2011 yil 1 aprelda ommaga taqdim etildi.
    HTML5 — World Wide Webda kontentni tuzish hamda taqdim etish uchun qoʻllaniladigan markerlash tili. Bu til World Wide Web Consortium (W3C) tomonidan tavsiya qilingan beshinchi va soʻnggi[1] yirik HTML versiyasidir. Hozirgi spetsifikatsiya HTML Living Standard deb nomlanadi. Uni yirik brauzer sotuvchilari (Apple, Google, Mozilla va Microsoft) konsortsiumi sanalmish Web Hypertext Application Technology Working Group (WHATWG) qoʻllab-quvvatlaydi.
    Windows muhitidagi matn muharrirlari: Notepad, TextPad, UltraEdit, EdutPlus. Ko‘rsatilgan xamma matn muharrirlari yordamida HTML kodlarni yozishda qo‘llash mumkin. Ko‘pgina matn muharrirlarida HTML kodlarni xatto programmalashtirish tillarida kodlarni yozish juda kulay. Ba’zilari avtomatik ravishda opyeratorlar, funksiyalarni tanish va ularni xar-xil ranglarda tasvirlash imkoniyatiga ega. Ba’zi matn muharrirlarida HTML hujjatni wyeb brauzyerda sinab ko‘rish tugmasi mavjud. HTML hujjatni yaratishga mo‘ljallangan maxsus programmalar (HTML muharrirlar) xam mavjud: FrontPage, Adobe GoLive, Macromedia Dreamweaver, Nestcape Composer. Muxarrirlar 2 turga bo‘linadi:

    • kod muharrirlari;

    • WYSIWYG tyexnologiyasi (What You See Is What You Get – nimani ko‘rsang o‘shani olasan) asosida ishlaydigan muharrirlari. Bu muharrirlar yordamida foydalanuvchi HTML komandasi va elyemyentlarini yozmaydi, oddiy matn muharrirlaridyek matn yozadi, tasvirlarni kyerakli joyga joylashtiradi va h.k. xolos.

    Masalaning qo’yilishi:
    Barcha sahifalari bir-biri bilan o’zaro mantiqan bog’langan web sayt yaratish talab etiladi:
    Ishni bajarish tartibi:

    1-rasm

    2-rasm


    Dastur kodi:

    Web texnologiyalar Lab1







    t/rFIShguruhibahosi %da
    1Ablaqulov Jahongir40490
    2Kubayev Sardor40475

    Download 447 Kb.




    Download 447 Kb.