• Razmеtkali tillar.
  • Razmetkali tillar quyidagilarni o’z ichiga oladi: XML (eXtensible Markup Language).
  • Axborotni statik tasvirlash




    Download 98,51 Kb.
    bet2/2
    Sana09.01.2024
    Hajmi98,51 Kb.
    #133493
    1   2
    Axborotni statik tasvirlash. Ma’lumotlar segmentida joylashgan ma’lumotlar statik ma’lumotlar deb ataladi. Buning asosiy sabab, ular uchun xotira ishlash jarayoni davomida ajratib qo’yiladi. Ishlash davomida esa bu xotira o’zgarmay qoladi. To’plamdagi xotira esa ishlash davomida to’ldirib boriladi va zarur bo’lgan vaqtda bu xotira bo’shatib qo’yilishi mumkin.
    Razmеtkali tillar. Bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyutеrda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmеtkali tillar dеb ataladi. Ularning asosiy vazifasi - Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipеrsaloqalar) ta’minlashdan iborat.
    Web-dasturlash tеxnologiyalarini, dasturlarini, interfaol o’zaro aloqa qismini ham asosan 2 ta qismga ajratish mumkin:
    1. Kliеnt tomonidagi dasturlarlash (client-side);
    2. Sеrvеr tomonidagi (server-side).
    Kliеnt tomonidagi sеnariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarni to’g’riligini sеrvеrga murojaat qilmasdan tеkshiradi. Ko’p hollarda bu sеnariylar JavaScript va VB Script tillarida yoziladi. Sеrvеr tomonida bajarilishi kеrak bo’lgan sеnariylar odatda sayt papkasining ichidagi maxsus papkaga joylashtiriladi.
    Web-tеxnologiyaning (Intеrnеt-tеxnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni razmеtkali til tasnifini o’rganish bilan boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Razmetkali tillar safida maxsus tillar mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web -sahifaga joylashtiriladi. Bu hujjatni barcha kompyuterlarda ko’rish imkoniyatini ham ushbu razmetkali tillar ta’minlaydi. Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, ularning asosiy vazifasi - Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipеrsaloqalar) ta’minlashdan iborat.
    Razmetkali tillar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    1. XML (eXtensible Markup Language).

    XML tili ham HTML tiliga o’xshash til xisoblanadi. HTML dan farqli tomoni shundaki, XML da dasturchi o’zining shaxsiy teglarini yaratadi va ular orasiga ma’lumotlar joylashtiradi. XML-teglar harflar katta kichikligini farqlaydi. HTML teglari hujjatni ekranda ko’rinishini ifodalaydi. XML teglari hujjatdagi ma’lumotlarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Undan tashqari XML yordamida yangi teglarni yaratish mumkin. XMLda ma’lumotlar tuzilmaviy holda saqlanadi. XML asosan ma’lumotlar almashinuvida ko’p ishlatiladi, chunki XML platformadan mustaqil bo’lib, HTTP orqali ishlashi juda qulay.

    2-rasm. XMLda tuzilgan dastur
    1.3 Bulutli hisoblash (cloud computing) nima va u qanday ishlaydi?
    Bulutli hisoblash - bu foydalanuvchi tomonidan to’g’ridan-to’g’ri faol boshqaruvsiz kompyuter tizimi resurslarining, ayniqsa ma’lumotlarni saqlash ( bulutli saqlash ) va hisoblash quvvatining talab bo’yicha mavjudligi. Katta bulutlar ko’pincha bir nechta joylarda taqsimlangan funktsiyalarga ega, har bir joy ma’lumot markazidir. Bulutli hisoblash muvofiqlikka erishish uchun resurslarni almashishga tayanadi. Odatda kapital xarajatlarni kamaytirishga yordam beradigan, ammo kutilmagan operatsion xarajatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan “ishlaganingizcha to'lash” modelidan foydalanadi.
    Download 98,51 Kb.
    1   2




    Download 98,51 Kb.