• Relyatsion yondashuv asosiy tushunchalari
  • Websitema’lumotlar ba’zasini yaratish 1- amaliy ish. Ma’lumotlar bazasi dasturlarini o’rnatish va sozlash




    Download 4,06 Mb.
    bet5/11
    Sana10.02.2024
    Hajmi4,06 Mb.
    #154336
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Qodirov Omirbek

    Ishdan maqsad: Ma’lumotlar bazasini loyihalash uchun mohiyat–aloqa modelini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lish.
    Masalani qo‘yilishi: Ma’lumotlar bazasini lohiyalash va “Mohiyat– aloqa” modelini ishlab chiqish. Uslubiy ko`rsatmalar: Ma’lumotlar bazasini lohiyalash quyidagi tashkil etuvchilarino‘rganishni taqazo etadi.
    Obyektlar, obyekt xususiyatlari, bog‘lanishlar (obyekt munosabatlari), vaqt oralig‘i va hokazolar. Mohiyat–aloqa modeli predmet sohani tashkil etuvchi uchta asosiy komponentalardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv elementlar tarkibida vaqt tashkil tashkil etuvchisi faqat aniq bo’lmagan holdaishtirok etishi mumkin. Modelda vaqt, yil, sana va shunga o`xshash atributlar bilan tasvirlanadi.
    Modelni qurishda aloqa mavjud ob`yektni, jarayonni yoki hodisani, abstraksiyasi
    sifatida keladi. Atribut mahiyatni xarakterlaridan bo`lib, nom bilan belgilanib, birorta qiymatlar to`plamidan qiymatlar qabul qilinadi. Mohiyat–aloqa modelidagi bog‘lanishlarga, ikki mohiyat o‘rtasidagi har bir bog‘lanish turiga tegishli munosabatlarni kiritish zarur (binar, ternar., n-nar). Loyiha haqidagi axborot diagramma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat turlari – to‘rtburchak bilan, atributlar- ovallar bilan tasvirlanadi va ular mos mohiyatlar bilan yo‘nalishsiz qirralar bilan bog‘lanadi. Mohiyat-aloqa modeli predmet sohani (PS) faqat aniq bir qismini akslantiradi. Bu holda uni lokal model deyiladi. PS haqida to‘la axborotga ega bo‘lish uchun uni yetarli kengroq tekshirish zarur va oldingisini to‘ldiradigan lokal modellar qurish kerak. Shundan so‘ng lokal modellar
    birlashtirilib PS haqida bir butun kompozitsion tasvirga ega bo‘lamiz.13 Ma’lumotlar bazasida quyidagi munosabatlar mavjud:

    1. Birga – bir (1:1)munosabat. A va V ob`ektlar to`plami orasida 1:1 munosabat o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bitta nusxasi mos kelsa, va aksincha, V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bitta nusxasi mos kelsa.

    2. Birga – ko`p (1:n) munosabat. A va V ob`ektlar to`plamida A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bittadan ko`p bo`lmagan nusxasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo`ladi.

    3. Ko‘pga – bir (n:1) munosabat A va V ob`ektlar to`plami orasida o`rnatilsa, unda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning ko`pi bilan bitta nusxasi mos keladi. V ob`ektning nushalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob`ektning bir nechta nusxasi mos keladi.

    4. Ko‘pga – ko‘p (m: n) munosabat. A va V ob`ektlar orasida shunday munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A obyektning har bir nusxasiga V obyektni bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha. Relyatsion yondashuv asosiy tushunchalari:

    • Ma‘lumotlar toifasi – relyasion MB saqlanadigan ma‘lumot qiymatlari; • Domen – domenlar ma‘lumotlarni ayrim asosiy turlarini aniqlash orqali o‘rnatiladi;

    • Atributlar – jadval ustunlar nomlari;

    • Bog‘lanish – relyation so‘zidan olinib munosabatni bildiradi;

    • Birlamchi kalit – bu kalit tashqi MB bilan bog‘lanishni o‘rnatish uchun xizmat qiladi.

    Relyatsion MB munosabatlarni o`zaro bog‘langan to‘plamidir. Har bir munosabat kompyuterda fayl ko‘rinishida tasvirlanadi.

    Download 4,06 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 4,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Websitema’lumotlar ba’zasini yaratish 1- amaliy ish. Ma’lumotlar bazasi dasturlarini o’rnatish va sozlash

    Download 4,06 Mb.