|
WiMAX texnologiyasi: WiMAX maqsadi, vazifasi hamda imkoniyati
|
bet | 3/7 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 403,94 Kb. | | #254722 |
Bog'liq 5-mustaqil ish TarmoqWiMAX texnologiyasi: WiMAX maqsadi, vazifasi hamda imkoniyati. WiMAX texnologiyasini rivoji hamda ko’tarilishi uchun 1999 yili IEEE 802.16 bazasi qoshida WiMAX-forum tashkil qilingan edi. Forumga Nokia, Harris Corporation, Ensemble, Crosspan hamda Aperto kabi mashhur kompaniyalar qo’shilishgan. 2005 yil may oyiga kelib ushbu forumda 230dan ortiq qatnashchilarni birlashtirgan. O’sha yiliyoq WSIS (World Summit on Information Society) tomonidan WiMAX texnologiyasiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo’ygan.
1. WiMAX yordamida kichik qishloqlar, uzoq regionlarda information hamda kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish (ko’pgina chekka hududlarda telefon hamda kabel tarmoqlarning umuman mavjud emasligini hisobga olgan holda).
2. WiMAX yordamida yer sharining yarim aholisini information hamda kommunikatsion texnologiyalarga yo’lni ochish.
2. WiMAX TEXNOLOGIYASI ASOSIY XARAKTERISTIKALARI
IEEE802.16 standarti shahar va rayonlar masshtabidagi simsiz tarmoqlarda keng polosali aloqa tashkil qilish mo‘ljallangan (WMAN). Standartning boshqa vazifasi lokal, hududiy va global tarmoqlar o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlash hisoblanadi. Bu tarmoqlar shuningdek simsiz shaxsiy tarmoqlar bilan ham birgalikda ishlaydi va simli va simsiz tarmoqlar orasida protokollararo ierarxik bog‘lanishni ta’minlovchi simsiz ko‘priklarni vujudga keltiradi.
Bu vazifalarni bajarish uchun WiMAX tarmog‘ini tashkil etishning turli variantlari ko‘rib chiqilgan. Umumiy holatda WiMAX tarmog‘i topologiyasi quyidagi ko‘rinishda tasvirlanadi (2-rasm.):
WiMAX bazaviy stantsiyasi
2-rasm. WiMAX tarmog‘i topologiyasi
WiMAX tizimlarida avval magistral liniyalarni tashkil etish uchun 1066MGs dastota diapazonidan foydalanish qo‘zda tutilgan, hozirgi foydalaniladigan versiyalarida esa 2 dan 11 MGs dastota diapazonida 3,5; 5; 7,5; 8,75 va 10 MGs kanal kengligida ishlaydi. Bunda ±10-6 chegarada chastota barqarorligini ta’minlash zarur. Tarmoq baza stansiyalari binolar tomlarida yoki machtalarda joylashtiriladi. Shuningdek, turli baland inshootlardan,simyog‘ochlardan va, hattoki, daraxtlardan baza stansiyalarni o‘rnatishda foydalanish mumkin. Biror hududdagi ko‘p sonli abonentlarga simsiz keng polosali ma’lumotlar uzatish xizmatini taqdim etish uchun WiMAX baza stansiyalari abonent uskunalari bilan “nuqta- ko‘p nuqta” topologiyada aloqani amalga oshiradi (3-rasm).
Bu chizma bo‘yicha BS WiMAX abonenti uskunalari yordamida foydalanuvchilar bilan bog‘lanadilar, keyin signal Ethernet-kabel standarti bo‘yicha yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniq kompyuterga, yoki IEEE 802.11 (Wi-Fi) ulanish nuqtasi orqali qabul qilinadi. Bu WiMAX orqali kabelli ulanishdan simsiz ulanishga o‘tishda mavjud hudud yoki ofis tizimidagi lokal tarmoqlarning infrastrukturasini saqlab qolish imkonini beradi. Bundan tashqari kompyuterlar ulanishi uchun standart texnologiyalardan foydalanuvchi tarmoqlarni yoyishni maksimal darajada kengaytirish imkonini beradi.
3-rasm. «Nuqta-ko‘p nuqta» rejimida WiMAX tarmog‘i topologiyasi
Uzoqlashtirilgan ob’ektlar orasida simsiz keng polosali aloqani tashkil qilish uchun «nuqta-nuqta» rejimidan foydalaniladi (4-rasm).
4-rasm. “Nuqta-nuqta” rejimidagi WiMAX tarmog‘ining topologiyasi
«Nuqta-nuqta» rejimida turli tarmoq ko‘rinishlari va ularning kombinatsiyalaridan foydalaniladi. 7.5-rasmda WiMAX tizimi uchun qo‘llaniluvchi turli ko‘rinishdagi tarmoq topologiyalari tasvirlangan.
|
| |