|
Wimax texnologiyasi: Global Tarmoqqa chiqishning evolyutsiyasi
|
bet | 4/7 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 403,94 Kb. | | #254722 |
Bog'liq 5-mustaqil ish TarmoqSimsiz ko'prik
Halqa topologiyasi
Yulduzsimon topoiogiya
Chiziqli topoiogiya
5-rasm. “Nuqta-nuqta” rejimidagi WiMAX tarmog‘ining ko‘rinishlari
WiMAX tarmoqlarida shuningdek «mesh» rejimida aloqa tashkil qilish mumkin,bunda AU to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir-biri bilan aloqani amalga oshiradi, bazaviy stansiyasi esa asosiy tarmoqlar infrastrukturasi va mesh tarmoqlari o‘rtasida kommutator hisoblanadi. (6-rasm). «mesh» rejimini qo‘llash natijasida tarmoqning radioqoplam zonasi yuqori tezlikda ma’lumot uzatishni ta’minlash bilan 50 km gacha oshadi, bu holda bitta BS ning oddiy holdagi radiusi 5-10 kmni tashkil etadi.
WiMAX tarmoqlari «ko‘p nuqta - ko‘p nuqta» rejimida qurilishi mumkin, shuningdek u «nuqta-ko‘pnuqta» rejimini ham ta’minlaydi. (7-rasm).
Bunda BS lokal trafikni tashkil qilish uchun radioterminal yoki takrorlagich bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar oqimi abonentga yetib borguncha, bir necha takrorligichlardan o‘tishi mumkin. Bu holatda antenna masofadan sozlanadigan tor yo‘nalishda signal uzatuvchi antenna bo‘ladi. Takrorlagichlar aloqa qilinuvchi nuqtalar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkoni bo‘lmagan vaziyatlarda fo‘llaniladi. Ular BS dan bir yoki bir necha abonent uskunalariga signal uzatadi. WiMAX tizimlari uskunalari o‘z ichiga abonent terminallarini, asosiy tarmoq uskunalarini, tugunlararo kanallarni va takrorlagichlarni oladi.
6-rasm. «Mesh» rejimida WiMAX tarmog‘i topologiyasi
7-rasm. «Ko‘p nuqta - ko‘p nuqta» rejimidagi WiMAX tarmog‘ining topologiyasi
3. WiMAX TIZIMLARINING ISHLASH PRINTIPLARI VA REJIMLARI
WiMAX tizimi quyidagi ikki asosiy qismlardan tashkil topgan:
WiMAX bazaviy stansiyasi baland ob’ektda yoki minoradi joylashishi mumkin.
WiMAX qabullagichi : qabullagichli antenna (1-rasm).
Bazaviy stansiya va mijoz qabullagichi orasidagi bog‘lanish O‘YuCh 2-11 GGs diapazonda amalga oshiriladi. Bu bog‘lanish ideal sharoitlarda ma’lumotlarni 20 Mbit/sekund tezlikda uzatish imkoniyatini beradi va stansiya foydalanuvchidan ko‘rish zonasi masofasida bo‘lishini talb qilmaydi. WiMAX bazaviy stansiyasining bu rejimi keng ishlatiladigan 802.11 (Wi-Fi) standartga yaqin, bu WiMAX da ham chiqarilgan mijoz qurilmalarining moslashishiga ruxsat etadi.
8-rasm. WiMAX arxitekturasi
Qo‘shni bazaviy stansiyalar orasida to‘g‘ri ko‘rinishdagi 10-66 GGs o‘ta yuqori chastotalardan foydalanishli radioaloqa doimiy bog‘lanish o‘rnatiladi. Bu bog‘lanish ideal sharoitlarda ma’lumotlarni 120 Mbit/sekund tezlikda uzatish imkoniyatini beradi. To‘g‘ri ko‘rinish bo‘yicha chegaralash, tabiiyki, avzallik emas, lekin u faqat tumanni butunlay qamrab olishda qatnashadigan bazaviy stansiyalarga qo‘yiladi, bu qurilmalarni joylashtirishda ishlatilishi mumkin stansiyalardan biri .
Minimum darajada bazaviy stansiya keng polosali katta tezlikli bog‘lanish orqali provayder tarmog‘iga doimiy ulanishi mumkin. Qancha ko‘p stansiyalar provayder tarmog‘iga ulanishga ega bo‘lsa, mu’lumoilrni uzatish tezligi va ishonchliligi shunchalik katta bo‘ladi. Lekin, hatto nuqtalar soni uncha katta bo‘lmaganda ham tizim sotali topologiya hisobiga yuklamani aniq taqsimlashga qodir bo‘ladi.
|
| |