• Hardware va Software haqida
  • Software (dasturiy ta’minot) esa bu ushbu qurilmalarni bir tartibda ishlashi uchun kerak bo’ladigan Operatsion sistemalar, dasturlar yoki drayverlar bo’lishi mumkin.
  • Talab qilinadigan shartlar
  • Birinchi navbatda OT ni qaysi diskka o’rnatishimizni aniqlagach undan o’zimizga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni boshqa diskka ko’chirib olamiz. Chunki ular o’chib ketishi mumkin.
  • Dasturlar Dasturlar
  • E’tiboringiz uchun rahmat!!!
  • Windows Instalizatsiyasi




    Download 10,44 Mb.
    Sana17.05.2024
    Hajmi10,44 Mb.
    #239840
    Bog'liq
    1-amaliy ish

    Mustaqil ish

    • Mavzu :Windows operatsion tizimini o'rnatish
    • Bajardi:Sharifboyev Abbos
    • Tekshirdi:Xudayberdiyev.M

    Windows operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish (Instalizatsiya qilish)

    Reja:

    • 1. Hardware va Software haqida
    • 2. Tizimni o’rnatish qoidalari
    • 3. Asosiy ketma-ketliklar
    • 4. Ishni to’liq yakunlash

    Hardware va Software haqida

    Bizga ma’lumki, Kompyuter dunyosi “Hardware” va “Software” dan iborat.

    Hardware bu komputerning asosiy va qo’shimcha qurilmalari bo’lib, ular ma’lum tartibda yig’ilgandan so’ng ular birga ishlashi va berilgan buyruqlarni bajarishi uchun Software kerak bo’lib qoladi.

    Software (dasturiy ta’minot) esa bu ushbu qurilmalarni bir tartibda ishlashi uchun kerak bo’ladigan Operatsion sistemalar, dasturlar yoki drayverlar bo’lishi mumkin.

    Hardware va Software bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular bir-birisiz ishlay olmaydi.

    Operatsion sistema esa asosiy Software hisoblanib, kompyuterni boshqarishda foydalanuvchiga kerak bo’ladigan, foydalanuvchi va komputer o’rtasida aloqachi vazifasini o’taydi.

    WINDOWS OT ni o’rnatish

    • Windows OT ni instalizatsiya qilish uchun bizga “O’rnatuvchi disk ” kerak bo’ladi.
    • Masalan Windows XP 2014
    • Bu OT ko’pchilik statsionar komputerlarga o’rnatiladi, lekin Noutbuklarga O’rnatilishi tavsiya qilinmaydi
    • Chunki Noutbuklar uchun Windows 7 yoki 8 OT ishlab chiqarilgan

    Talab qilinadigan shartlar

    • Kompyuterda Intel Pentium\Celeron, AMD K6\Athlon\Duron kabi markaziy protsessorlar yoki shunchaki 300 megagers va undan ortiq chastotali bir yoki ikkitalik protsessor bo’lishi kerak
    • Doimiy xotira (ОЗУ) esa 512MB dan kam bo’lmasligi kerak, Aks holda sistemaning imkoniyatlari cheklanadi.
    • C:\ diskda 2Gb bo’sh joy
    • Diskovod, sichqoncha, klaviatura-Microsoft©
    • Monitor minimal 800\600 kenglikdagi.

    Asosiy ketma-ketliklar

    Birinchi navbatda OT ni qaysi diskka o’rnatishimizni aniqlagach undan o’zimizga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni boshqa diskka ko’chirib olamiz. Chunki ular o’chib ketishi mumkin.

    • Ikkinchidan O’rnatuvchi diskni diskovodga qo’yamiz va kompyuterni qayta ishga tushiramiz
    • Ayrim disklar kompyuter yoqilayotgan paytda o’zi avtomatik tarzda ishga tushadi ammo bunday bo’lmasa o’zimiz uni harakatga keltirishimizga to’g’ri keladi.
    • Buning uchun BIOS ishga tushgan paytda F12 tugmasini bosamiz va kerakli diskni tanlaymiz
    • Shu amallardan so’ng disk ishga tushadi va har xil turdagi o’rnatish usullari paydo bo’ladi

    Keyingi amallar

    • O’rnatish boshlangandan keyin diskimizdagi fayllar arxivdan chiqishni boshlaydi (Raspakovka jarayoni)
    • Raspakovka bo’lgach biz Windows OT o’rnatiladigan diskni tanlaymiz.
    • Asosan C:\ ni tanlaymiz va bu bo’lim formatlanadi ya’ni undagi barch fayllar o’chib ketadi.
    • Shundan so’ng Bu diskda “Windows” katalogi ochilib, barcha o’rnatilayotgan fayllar shu papkadan joy oladi.

    Instalizatsiya davomida

    • O’rnatish davomida komputer bizdan har xil buyruqlarni bajarishga ruxsat so’raydi
    • Masalan DirectX grafiklar to’plamini O’rnatish haqida
    • Yoki Komputerdagi ma’lum bir qurilmalar uchun drayverlarni o’rnatishga ruxsat so’raydi
    • Biz ulardan keraklisini tanlab olib O’rnatamiz
    • Ammo bularni rad etib keyinchalik o’zimiz ishongan manbalardan foydalanishimiz mumkin

    Ishni to’liq yakunlash

    • Barcha amallar yakunlangach komputer avtomatik tarzda o’chirilib-yoqiladi.
    • Bunda yana o’sha o’rnatuvchi diskka komputer murojaat etishi mumkin. Lekin biz unga e’tibor bermasdan C:\ diskni tanlaymiz
    • Shunda yangi o’rnatilgan Operatsion Tizim biz bilan muloqotga kirishadi va Ishchi stoli paydo bo’ladi

    Dasturlar

    Dasturlar

    Shundan so’ng o’zimizga kerak bo’ladigan boshqa dasturiy ta’minotni o’rnatamiz.

    • O’rnatish paytida Windows faqat bitta O’rnatuv amalini bajarishi mumkin.
    • Ayrim dasturlar o’rnatilgandan so’ng komputer Qayta yuklashni so’raydi. Albatta bu kerakli amal.
    • Barcha kerakli dasurlar o’rnatilganda ularni birma-bir ishga tushirib ko’rishimiz lozim, chunki qaysidir dasturlar mavjud OT bilan birga ishlay olmasligi mumkin.
    • Shunday qilib endi o’z Shaxsiy kompyuterimizdan bemalol foydalana olamiz!

    E’tiboringiz uchun rahmat!!!

    E’tiboringiz uchun rahmat!!!


    Download 10,44 Mb.




    Download 10,44 Mb.