Media Player dasturi rejimlarini sozlash muloqot oynasidagi ikki bayroqcha bilan amalga oshiriladi. Bu oyna o`z vaqtida menyning Edit (Pravka) bandidagi Options (Parametri) buyrug`i bilan ochiladi va quyidagi ko`rinishlarga ega:
Avtoperemotka (Auto Revinel) - multimedia fayli oxirigacha ifodalansin, so`ng avtomatik tarzda qayta g`altaklab qo`yilsin.
Avtopovtor (Auto Repeat) - multimedia fayli uzluksiz tarzda maxsus ko`rsatma bo`lmaguncha, qayta ifodalanaversin.
Bu muloqot oynasining qolgan bandlari multimedia ma'lumotlarini boshqa hujjatlarga uzatishga taalluqli.
Tovushli fayllarni ifodalash
- Ustroystvo (Device) menysida Sekvenser (Sequencer) buyrug`i beriladi;
- Ochilgan muloqot oynasida kerakli faylni tanlab, Otkrit (Open) buyrug`i bajariladi;
- Vosproizvedeniye (Play) tugmasi bosiladi.
MIDI faylini ochish menyning Fayl (File) bandidagi Otkrit (Open) buyrug`i bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Farqi, Otkritiye fayla (Open) muloqot oynasida MIDI Sekvenver (Sequencer) buyrug`i bilan ochiladi. Tanlangan fayllar tipini belgilash uchun Tip faylov (Files of Type) buyrug`iga murojaat qilish kerak.
MIDI faylini ishga tushirish uchun sichqoncha tugmasi bilan uning piktogrammasini ikki marta bosish mumkin. Buning uchun avval mos papkani ochish lozim.
MIDI fayllarining ifodalanishini ta'minlaydigan vositalarni sozlashni Device (Ustroystvo) menysining Cvoystva (Properties) buyrug`i bilan ochiladigan Svoystva MIDI (MIDI Properties) muloqot oynasida bajarish mumkin. O`z vaqtida bu muloqot oynasi multimediaga mansub barcha imkoniyatlarni sozlash Svoystva multimedia (Multimedia Properties) umumiy muloqot oynasining bir qismini tashkil qiladi.
Video va audio fayllari bilan ishlash.
Videofayl o`zida bir qator statik rasmlarni mujassamlashtiruvchi oddiy multiplikatsiyadan farqli o`laroq, raqamlar shakliga o`tkazilgan muayyan shakllarni o`zida saqlovchi fayldir. Bu ikki tushunchalar orasidagi farq nisbiy bo`lib, avvalo kadrlarni hosil qilish uslublari bilan farq qiladi. Ma'lumki, multiplikatsiya yoki animatsiya tez ko`rsatilishi natijasida harakatning sun'iy tarzda tasavvurini hosil qiluvchi bir qator rasmlar to`plamini hosil qilishdan iborat. Real video esa videos'yomka ya'ni videokameraga real voqeani olishdan iborat. Windows videofayllarni tovush bilan tutashtirilgan maxsus formatini ifodalash vositalarini o`zida qamraydi.
Bunday formatdagi fayllar AVI fayllar deb ataladi va mos .AVI kengaytmasiga ega bo`ladi. AVI qisqartmasi (abbreviatura), ya'ni Audio-Video Interleared - audio bilan videoning birlashmasini anglatadi. Muqobil atama FVI Video for Windows.
Videofaylni ochish uchun an'anaviy menyning Fayl (File) bandida Otkrit (Open) buyrug`ini beramiz. Video o`z oynasida ochiladi va unda namoyish etiladi. Agar Media Player dasturi oynasining sarlavha satriga sichqoncha ko`rsatkichini olib borib ikki marta bosish bilan ikki marta kengaytirilsa, u videofayl oynasi bilan ustma-ust tushadi. Videofaylni ham mos papka ochilgandan keyin uning piktogrammasida sichqonchani ikki marta bosish bilan ko`rish mumkin. Bu holda birlamchi ijro Otkrit (Open) buyrug`iga emas, balki Vosproizvesti (Play) buyrug`iga belgilangan bo`ladi. Videofayl oynasi dasturning kengaytirilgan oynasi bilan ustma-ust tushadi.
Keltirilgan usullar bilan nafaqat videofayllar, balki Otkrit (Open) muloqot oynasidagi Tip fayla (Files of type) ro`yxatida kengaytmasi keltirilgan animatsion fayllarni ham ko`rish mumkin. Videofayl namoyish etiladigan oyna o`lchamlari menyning Ustroystva (Device) bandidagi Svoystva (Properties) buyrug`i bilan ochiladigan Svoystva video (Video Properties) muloqot oynasida o`rnatiladi. U multimedia vositalarini sozlash uchun ishlatiladigan Svoystva multimedia (Multimedia Properties) muloqot oynasining qismlaridan biri. Videofayllarni V okne (Window - oynada) yoki Full Vo ves ekran (Screen - to`liq oynada) rejimlarida ko`rish mumkin. Agar oynada rejimi tanlangan bo`lsa, uning o`lchamlarini Size buyrug`i bilan belgilash mumkin.
Tovushli kompakt disklar va WAV fayllar bilan ishlash imkoniyatlari
Dastur videofayllarini ifodalash va ko`rishdan tashqari, universal vosita sifatida audio kompakt disklarni ifodalash hamda tovushli fayllarni tinglash imkonini beradi.
Kompakt diskni ifodalash uchun menyning Ustroystvo (Device) bandidagi Audio kompakt disk (CD Audio) buyrug`ini tanlab Vosproizvedeniye (Play) tugmasini bosamiz. Ushbu natijaga menyning Fayl (File) bandidan Otkrit (Open) buyrug`ini berib, mos Otkrit (Open) muloqot oynasidagi Tip fayla (Files of type) ro`yxatidan Audio kompakt disk (CD Audio) elementini tanlash bilan erishish mumkin. Shunday qilib, Media Player dasturi muhitida audio kompakt disk standart multimedia fayl tariqasida qaraladi.
Bu fayl ochilganidan so`ng menyning Ustroystvo (Device) bandidan Svoystva (Properties) buyrug`i orqali mos muloqot oynasini ochamiz va unda jamlovchilardan birini tanlab tovushning balandligini o`rnatamiz. O`z vaqtida WAV faylini ochish uchun esa menyning Ustroystvo (Device) bandidagi Zvuk (Sound) yoki Fayl (File) bandidagi Otkrit (Open) buyrug`ini tanlab Vosproizvedeniye (Play) tugmasini bosamiz.
Agar WAV fayli ochilgandan keyin menyning Ustroystvo (Device) bandidagi Svoystva (Properties) buyrug`ini tanlasak, mos muloqot oynasi ochiladi va unda videoma'lumotlarni saqlash va ifodalash uchun ajratilgan buferni qisman o`zgartirish mumkin.
Bufer hajmi bevosita sekundlardagi yozuvni ifodalash uzoqligi bilan beriladi. Bunday tahrirlashsiz buferning hajmi 4 sekundga teng. Tovushli fayllar bilan ishlash imkoniyatlari nuqtai nazaridan buferning o`lchovi qanchalik katta bo`lsa, foydalanuvchiga shuncha qulayliklar kiritilgan bo`ladi, aslida bu o`z vaqtida boshqa xotira hajmini kamaytiradi.
Diskni tekshirish (Scan Disk)
Scan Disk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va asosiy diskdagi fayllarning xatoliklarini aniqlaydi. Bu programma Windowsdan noto`g`ri chiqqanda (Puskrabotikompyuter) o`z-o`zidan ishga tushadi.
Pusk/Programmi/Standartnie/Clujebnie programmi qism menysida Proverka diska (ScanDisk) bo`limi nomi sichqoncha bilan 2 marta bosilsa, ekranda dasturning muloqot oynasi hosil bo`ladi. Bu oynada tekshirilishi kerak bo`lgan disk nomlarini tanlash mexanizmi aks ettirilgan. Tekshirish ikki-Standart (Standartnaya) yoki to`laqonli (Polnaya) rejimda bajarilishi mumkin. Bu rejimlardan keraklisi va xatoliklarni avtomatik to`g`rilash (Ispravlyat oshibki avtomaticheski) holati tanlanib Zapusk tugmasi bosiladi.
Diskni Defragmentatsiya qilish (Defrag)
Ma'lum vaqt o`tgandan so`ng ko`pchilik fayllar fragmentlarga ajratiladi va ular diskning har xil bo`laklarida joylashib qoladi, bu esa faylni o`qish va saqlash ishlarini sekinlashtiradi. Fayllarni bir joyga to`plash va ularni siqish jarayoni defragmentatsiya deb yuritiladi va bu jarayon fayllarni yozish va o`qishni tezlashtirish imkonini beradi. Fayllarni defragmentatsiya qilish-Defragmentatsiya diska / Defrag dasturi yordamida amalga oshiriladi. Bu dastur ishlaganda, ekranda defragmentatsiya oynasi ochiladiva defragmentatsiya jarayoni qanday kechayotgani protsentlarda ko`rsatilib turiladi.
2.1- §. Sanoq sistemalari
Odamlar o'rtasida muomala vositasi bo'lmish til kabi sonlarning o'z tili mavjud bo'lib, u ham o'z alifbosiga ega. Bu alifbo raqamlar va sonlami ifodalash uchun qo'llaniladigan belgilardan iboratdir. Masalan, kundalik hayotimizda qo'llaniladigan arab raqamlari 1, 2, . . ., 9, 0 yoki rim raqam-lari I, II, V, X, L, C, M, H, . . ., sonlar alifbosining elementlari hisobla-nadi. Turii davrlarda turii xalqlar, qabilalar raqamlar va sonlami ifodalashda turlicha belgilardan foydalanganlar. Masalan, qadimgi Misrda raqam va sonlami ifodalashda quyidagi belgilardan foydalanilgan: Ma'lumki, harflardan iborat alifboni qo'llashda ma'lum qonun va qoidalarga amal qilinadi. Sonli alifbodagi belgilardan foydalanishda ham o'ziga xos qoidalardan foydalaniladi. Bu qoidalar turii alifbolar uchun turlicha bo'lib, mazkur alifboning kelib chiqish tarixi bilan bog'liq.
Masalan, bir kundalik hayotimizda qo'llayotgan sonlar alifbosi o'nta arab raqamini o'z ichiga olgan bo'lib, uning kelib chiqishida va qo'llanilishida tabiiy hisoblash vositasi bo'lmish qo'l barmoqlarimiz asosiy o'rin tutadi. O'z ichiga o'nta raqamni olganligi uchun ham bu alifbo o'zining barcha qoidalari bilan birgalikda o 'n raqamli sanoq sistemasi deb ataladi.
Qadimda ba'zi xalqlar ishlatadigan sonlar alifbosi beshta (qadimgi Afrika qabilalarida), o'n ikkita (masalan, inglizlarning sonlar alifbosida), yigirmata (XVI—XVII asriarda Amerika qit'asida yashagan atstek, mayya qabilalarida; eramizdan awalgi II asrda G'arbiy Yevropada yashagan keltlarda; fransuzlarda), ba'zilari oltmishta (qadimgi vavilonliklarda) belgini o'z ichiga olgan. Ular mos ravishda besh raqamli (qisqacha beshlik) sanoq sistemasi, o’n ikki raqamli (qisqacha o ^n ikkilik) sanoq sistemasi, yigirmata raqamli (qisqacha yigirmalik) sanoq sistemasi yoki oltmishlik sanoq sistemasi deb nomlanadi.
Soatning oltmishga, sutkaning o'n ikkiga karraliligi, bir yilning 12 oydan iboratligi, inglizlarda uzunlik o'lchov birligi bo'lmish 1 futning 12 dyuymga tengligi, fransuzlarning bir franki yigirma suga tengligi shu kabi sistemalarning qo'llanilishi natijasidir. Inson har bir sistemani ishlatganda ma'lum vositalardan ham foydalangan. Masalan, o'n ikkilik sanoq sistemasi uchun vosita sifatida qo'l barmoqlaridagi bo'g'inlardan foydalanilgan.
Sonlar sistemasidagi raqamlar soni shu sistemaning asosi deb yuritiladi. Sonlar alifbosiga kiritilgan belgilar raqamlar va ular yordamida hosil qilingan boshqa belgilar sonlar deb yuritiladi. Masalan, o'nlik sanoq sistemasida 5, 6, 8 — bu raqamlar, ammo 658 — bu son. O'nlik sanoq sistemasida birliklar, yuzliklar, mingliklar va boshqalar har bin o'ntadan belgilardan iborat guruhlarga bo'lingan. Boshqa asosli sanoq sistemalardagi belgilar shu sistema asosi nechaga teng bo'lsa, shuncha belgilardan iborat guruhlarga ajratiladi.
Inson hayotida keng tarqalgan sanoq sistema — bu o'nlik sanoq sistemasidir.
Bunda raqamlar o'zi turgan o'rniga ko'ra turiicha miqdomi anglatadi. Masalan: a) 9(to'qqiz) - birlik; 90(to'qson) - o'nlik; 900(to'qqiz yuz) - yuzlik.
Biror arab raqamining chap yoki o'ng tomoniga boshqa arab raqamini yozsak, hosil bo'lgan sonda dastlabki raqamlar miqdori (va demakki mazmuni) o'zgaradi.
Shu bois ham bu sistema raqamlari opoutsiyasi (tutgan o 'mi) ga bog’liq bo’lgan sistema deb ham yuritiladi.
Demak, sanoq sistemalar shu xislatga ko'ra raqamlarining poytsiyasiga bog'liq bo'lgan va raqamlarining poutsiyasiga bog'liq bo'lmagan sanoq sistemalarga (qisqacha pouitsiyali va poutsiyali bo'lmagan sanoq sistemalarga) bo'linadi.
Sonlarning bu kabi tasniflanishi ular ustida arifmetik amallar bajarish imkonini beradi.
Shuning uchun ham, ajdodlarimiz raqamlar va sonlami aniq bir shaklar tizimiga keltirish masalasiga katta e'tibor qaratganlar. Yurtdoshimiz al-Xorazmiy arab (to'g'rirog'i, hind) raqamlarining sondagi o'rniga bog'liq holda amallar bajarish tartibini yagona tizimga birlashtirdi. Xorazmiy hind raqamlari asosida o'nlik pozitsiyali sistemada sonlaming yozilishini batafsil bayon qilib, bunday yozilishdagi quiayliklar, ayniqsa, nolning ishlatilishi ahamiyatini va sonlaming martabalarini, ya'ni razryadlarini (sondagi o'rni) e'tiborga olish lozimligini ta'kidlaydi.
Pozitsiyali va pozitsiyali bo'lmagan sanoq sistemalari
Sanoq sistemalarida qo'llaniladigan qoidalar turlicha bo'lsa-da, ular bir xil tamoyil asosida qurilgan. Mazkur tamoyilga ko'ra ixtiyoriy Asonini rasosli sanoq sistemada ifodalash mumkin. Masalan, o'nlik sanoq sistemasidagi 98327 sonida 7 raqami birlikni, 2 raqami o'nlikni, 3 raqami yuzlikni, 8 raqami minglikni, 9 raqami o'n minglikni ifodalaydi. Sonlarni boshqacha usul va qoidalar asosida shakllantiriladigan sanoq sistemalar ham mavjud. Bunday sistemalar jumlasiga rim raqamlari sistemasi kiradi. Mazkur sistemada raqamlar va sonlarni ifodalovchi ,maxsus belgilar to'plami bo'lib, ixtiyoriy son ana shu belgilar yordamida tuziladi. Bunda ishlatilayotgan belgilar raqam va sonlar guruhiga bo'linmaydi hamda shu belgi sonni ifodalovchi raqamlar ketma-ketligining qaysi o'rnida turishidan qat'i nazar o'z miqdorini bildiraveradi. Masalan, rim raqamlari sistemasida ma'lum belgilar mavjud bo'lib, ular quyidagilarni ifodalaydi:
1 raqami «I» belgi bilan;
5 raqami «V» belgi bilan;
10 soni «X» belgi bilan;
50 soni «L» belgi bilan;
100 soni «C» belgi bilan;
500 soni «D» belgi bilan;
1000 soni «M» belgi bilan ifodalanadi.
Ular orasidagi boshqa sonlar miqdor jihatdan katta bo'lganidan ma'lum sonni ayirish yoki miqdor jihatdan kichik bo'lganiga biror sonni qo'shish ko'rinishida belgilanadi. E'tibor qilgan bo'lsangiz, biror sondan boshqa sonni ayirish kerak bo'lsa,
ayiriladigan son ayriluvchidan chapda, qo'shiladigan bo'lsa, uning o'ng tomoniga yoziladi.
Bu sistemaning qoidasiga ko'ra, sonning miqdori osha borgan sari undagi belgilar soni ko'payib boradi. Bu hoi noqulaylikka olib keladi. Shuning uchun ham mazkur tizimda belgilar sonini kamaytirish maqsadida maxsus usullardan foydalaniladi. Tanlangan belgilar orasidagi sonni ifodalashda unga eng yaqin belgi asosiy belgi etib belgilanadi. Masalan, biz 49 sonini XXXXIX ko'rinishda ham yozishimiz mumkin edi. Ammo belgilar sonini kamaytirish maqsadida miqdor bo'yicha teng, ammo yozuvi qisqa ko'rinishda bo'lgan IL shaklini qabul qilamiz.
Ma'lumki, bu sistemada sonlar ustida arifmetik, algebraik amal bajarish juda qiyin. Buning uchun biror mexanizm yoki vositadan foydalanishning imkoni yo'q.
Qadimdan qo'llanilib kelayotgan cho'tda rim raqamlarini ifodalab bo'lmaydi. Bo'lgan taqdirda ham pozitsiya tushunchasi mayjud bo'lmaganligi uchun bu raqamlarda biz qo'llaydigan arifmetik amallarni qo'llash mumkin emas. Quyida arab raqamlari yordamida yozilgan sonlami rim raqamlari yordamida ifodalaymiz.
Web-saytning resurslaridan foydalanib, masofadan mashg‘ulotlar o‘tish quyidagi to'rt xil usulning birida olib boriladi:
Power Point namoyish etish redaktori bilan Microsoft NetMeeting dasturlari vositasida;
Power Point namoyish etish redaktori yordamida;
Tayyor elektron qo‘llanmalardan foydalanib Intranetda dars o‘tish;
Internet tarmog‘i orqali dars o'tish.
^ Birinchi usul Internet/Intranetga asoslangan mashg‘ulot(amaliy faoliyat)lar o‘tkazish texnologiyasi asosida amalga oshiriladi.
^ Ikkinchi usul- Microsoft Power Point redaktoridan foydalanib masofadan turib ma'ruzalar o‘tishda quyidagi amallar bajariladi:
masofadan ma'ruzaga qatnashuvchi kompyuterlar ishga tushiriladi;
kompyuterlar orasidan yetakchi (bosh) kompyuter tanlanadi. Bu kompyuterda Microsoft Power Point redaktori ishga tushirilib, unda masofadan uzatilishi kerak bo‘lgan elektron qo‘llanma ochiladi;
qolgan kompyuterlarda ham Microsoft Power Point redaktori ishga tushiriladi;
bosh kompyuterda o‘qituvchi yoki operator tomonidan quyidagi amallar bajariladi:
"Сервис" menyusidan "конференция" komandasi ishga tushiriladi, natijada "Мастер конференции" nomli muloqot darchasi ekranda namoyon bo‘ladi. Bu muloqot darchasida boshqa kompyuterlar bilan ulanish uchun 6 xil turdagi (начало, докладчик или слушатель, вид связи, информация о связи, детали связи, готово) bosqichlar mavjud bo‘lib o‘qituvchi yoki operator tomonidan shu bosqichlar bajariladi. "Мастер конференции" nomli muloqot darchasining ko‘rinishi 1-rasmda keltirilgan.
Muloqot darchasidagi "Начало" bo‘limidan "Далее" tugmasi bosilib, keyingi "Докладчик или слушатель" bosqichiga o‘tiladi.
bu bo‘limdan "Докладчик" komandasi tanlanib, "Далее" tugmasi bosiladi. Natijada "Вид связи" muhitiga o‘tiladi;
1-rasm
"Вид связи" muhitidan "Далее" tugmasi yordamida "Информация о связи" muhitiga o‘tiladi.
"Далее" tugmasi yordamida "Детали связи" muhitiga o‘tiladi. Bu muhitdagi "Имя компьютера или IP адрес" nomli darchaga masofaviy ma'ruzada ishtirok etmoqchi bo‘lgan kompyuterlarning nomlari (masalan: Akademiya, Master, ...) yoki kompyuterlarning IP adreslari (Masalan 120.0.0.200 xuddi Net Meetingniki kabi. ... ) kiritiladi. Bu yerda kiritilgan ro‘yxatlar(kompyuterlar yoki IP adreslar)ni saqlab qo‘yish ham mumkin. Buning uchun "Сохранить список" tugmasidan foydalaniladi.
"Детали связи" muhitidan "Далее" tugmasi yordamida oxirgi "Готово" holatiga o‘tiladi va ro‘yxatga kiritilgan kompyuterlar bilan aloqaga o‘tish uchun "Готово" tugmasi bosiladi.
Bosh kompyuterda oxirgi bosqichni amalga oshirishdan oldin, bosh kompyuter bilan aloqaga o‘tish kerak bo‘lgan barcha kompyuterlarda "Power Point" dasturi ishga tushirilib, ularda quyidagi bosqichlar bajarilgan bo‘lishi shart. (bu amallar o‘qituvchi yoki operator tomonidan amalga oshiriladi).
"Сервис" menyusidan "Конференция" komandasi ishga tushiriladi, natijada "Мастер конференции" nomli muloqot darchasi ekranda nomoyon bo‘ladi. Bu muloqot darchasidagi "Далее" tugmasi bosilib, keyingi "Докладчик или слушатель" bosqichga o‘tiladi;
bu bo‘limdan "Участник конференции" komandasi tanlanib "Далее" tugmasi bosiladi, natijada "Способ подключения" muhitiga o‘tiladi;
"Способ подключения" muhitidagi "Локальная или корпоративная сеть" va "связь по Интернет" bo‘limlaridan "Локальная или корпоративная сеть" bo‘limi tanlanib, "Далее" tugmasi faollashtiriladi va natijada "Детали связи" muhitiga o‘tiladi;
"Детали связи" muhitidan "Далее" tugmasi yordamida "Готово" muhitiga o‘tiladi va bu kompyuterlar bosh kompyuter bilan aloqaga o‘tishlari uchun har bir kompyuterda "Готово" tugmasi bosiladi.
Har bir kompyuterda yuqoridagi bosqichlar bajarilgandan so‘ng bosh kompyuterdan ham "Готово" tugmasi bosiladi va ma'lum vaqt o‘tgach kompyuterlar orasida aloqa o‘rnatiladi.
Aloqa to‘liq o‘rnatilgandan so‘ng bosh kompyuter ekranida ma'ruzani namoyish etish uchun qurolu-vositalar paydo bo‘ladi. Bu vaqtda qurolu-vositalarning ekrandagi joylashishi 2-rasmdagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu qurolu-vositalardan foydalanib ma'ruzachi masofadan ta'lim berish vaqtida ma'ruzaga o‘zgartirishlar kiritib, ma'ruzani tushuntirishi yoki xohlagan slaydga o‘tishi va shunga o‘xshash amallarni ma'ruza davomida amalga oshirishi mumkin.
Bosh kompyuter ekranidagi ma'ruza va undagi bo‘layotgan tushuntirishlar u bilan aloqada bo‘lgan barcha kompyuter ekranlarida namoyon bo‘ladi. Masofadan o'tilgan ma'ruzada qatnashuvchilar bosh kompyuterdagi ma'ruzachi tomonidan namoyish etilayotgan ma'ruzani o‘z kompyuterlari ekranida ko‘rib, ma'ruzani oxirigacha kuzatib boradilar.
2-rasm
Ma'ruza ishtirokchilari o‘z kompyuterlaridan turib ekrandagi ma'ruzani o‘zgartira olmaydilar, buning uchun ularga ruxsat etilmaydi. Masofaviy ta'limni olib borayotgan ma'ruzachi masofadan dars o‘tayotgan vaqtda boshqa ishtirokchilarga nisbatan yoki ma'ruza davomida o‘zining tanbeh(zamechaniya)larini maxsus muloqot darchasiga yozib borishi mumkin. Masofaviy ma'ruza so‘ngida Power Point dasturi, o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan tanbehlarni xohlagan redaktor(masalan, Microsoft Word matn redaktori)ga o‘tkazib, hujjat ko‘rinishida tayyorlab beradi. Masofaviy ma'ruza oxirida bosh kompyuterdan turib "Zavershit" komandasi yordamida ma'ruza yakunlanadi, ya'ni qolgan kompyuterlar bilan aloqa uziladi. Lekin masofadan uzatilgan ma'ruzaning nusxasi har bir masofaviy ma'ruzada ishtirok etgan ishtirokchining kompyuteri ekranida qoldiriladi. Bu ma'ruza nusxasini har bir ishtirokchi o‘z kompyuteriga saqlab qo‘yishi va keyinchalik undan o‘z mashg‘ulotlarida muntazam ravishda foydalanib borishlari mumkin bo‘ladi.
|