Matematik ifodalaming ko‘p qismini,
klaviaturadan foydalanmasdan,
faqat
Kalkulyator paneli yordamida kiritish mumkin. Masalan,
sin(l/2)
ifodasini hisoblash uchun dastlab
sin knopkasini (yuqorida birinchi)
bosish, so‘ngra paydo bo‘lgan o‘rinto‘ldirgichdagi qavslar ichida 1/2
ifodani terish lozim.
Buning uchun Kalkulyator panelida 1, / va 2
knopkalar ketma-ket bosiladi, keyin esa javobni olish uchun, o‘sha joyning
o‘zida, = knopkasi bosiladi. Ko‘rib turibsizki, Windowsning boshqa ko‘p
ilovalaridagi kabi hujjatlarga matematik simvollarni har xil yo‘l bilan
kiritish mumkin. Foydalanuvchi ulardan istalganini tanlab olishi mumkin.
8.2.3. 0 ‘zgaruvchilar va qiymatni berish operatori
O'zgaruvchi - bu turli qiymatlarni oluvchi kattalikdir. Ko'pincha
ular lotin alifbosidagi x, y, z va sh.k. harflar bilan belgilanadi.
Hozircha bayon qilingan amallar MathCADdan vazifalari to‘plami
kengaytirilgan oddiy kalkulyator sifatida foydalanishni namoyish qildi.
Matematiklami
esa kamida o'zgaruvchilarni kiritish va foydalanuvchi