|
Xalq hunarmandchiligi tehnologiyasi
|
bet | 64/69 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #129770 |
Bog'liq Hujjat (1)Yaroqsizlik (mazkur kasbga yaroqsizlik). U vaqtincha ham bo`lishi mumkin yoki amaliy jihatdan ro`yabga chiqmaydigan bo`lishi ham mumkin. Kishining salomatligi yomon bo`lganda, u yoki bu sohadagi ishga o`sha kishining soglig`I, vrajlarning nuqtai nazariga qaraganda to`g`ri kelmaydi, deb topilgan hollarda kasbga yaroqsizlik to`g`risida gapirish mumkin.
Tanlangan kasbga sog`liqning to`g`ri kelmasligi xususida biz yuqorida to`xtalib o`tgandik. Lekin tanlangan kasbga faqat sog`liq emas, balki bundan boshqa omillar ham monelik qilishi mumkin. Gap shundaki, butun bir guruhni tashkil etuvchi bir qator kasblar odamda nisbatan juda katta talablar qo`yadi. U kasblarga faqat faqat maxsus qobiliyatga ega bo`lgan kishilargina muvafiq kelishi mumkin. Agar kishida mana shuday maxsus qobilyat yo`q bo`lsa, uning o`rninni xech narsa bilan to`ldirib bo`lmaydi.
Bunday xollarda kishida o`z kasbiga nisbatan mutloqa yaroqli bo`lish talab qilinadi, deb aytiladi.
Bajaradigan ishlar jarayonida odamlarning sog`lig`i va hayoti uchun xafli bo`lgan, kutilmagan vaziyatlar sodir bo`lishi ehtimoli tutilgan kasblar (uchuvchi, dengizchi, konchi, energotizmlar operatori va b) vakillari uchun o`z kasbiga ana shunday mutloqa yaroqli bo`lish sharti qo`llaniladi. San`at bilan bog`liq bo`lgan kasblar to`g`risida ham xuddi mana shu gaplarni aytish mumkin: agar, kishining tasviriy san`at sohasida shlash uchun qobiliyati bolmasa, rassom, arxitektor, haykaltarosh bo`lib yetilishi amri-maholdir.
Yaroqlilik ( u yoki bu kasblar yohud guruhga yaroqlilik). Kasbga yaroqlilikning ushbu dajasi shu bilan ajralib turadiki, bunda biror sohadagi mehnatga nisbatan monelik qilivchi omillar bo`lmaydi. lekin ayni mahalda kishida mazkur kasbga yaqqol ko`zga tashlanib turgan mayllar ham bo`lmaydi. “Siz mana shu kasbni tanlashingiz mumkin. Ajab emas, siz shu sohada yaxshi mutaxassis bo`lib yetisharsiz”- deb tasalli beriladi bu kasbni tanlagan kishilarga. Bu jihatdan kasbga yaroqlilik darajasini ham yuqorigadagi ta`rifdan bilin olish mumkin.
|
| |