I.BOB.Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari




Download 104.89 Kb.
bet4/18
Sana02.04.2023
Hajmi104.89 Kb.
#48282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
I.BOB.Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari
1.1Xalq pedagogikasining metodologik asoslari.
O`zbekiston respublikasi o`z mustaqilligini qo`lga kiritgandan so`ng ma`naviy me`roslarimizni tiklash, o’rganish borasida ham qator ishlar olib borilib, shuningdek ta’lim-tarbiya sohasida, milliy odob-ahloqni qayta tiklash borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an’analarni joy-joyiga qo`yish, milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish xususida juda keskin burilishlar bo`lgani barchaga ayondir. Ijtimoiy tuzum kelajagi bevosita kishilarning turmush-tarzi, fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq bo`lib davlatning buyuk kelajagi, albatta, yoshlarni chuqur bilimli va pokiza axloq-odobli qilib tarbiyalash bilan bevosita bog‘liq ekanini yoddan chiqarmaslik lozim.
O‘zbek xalq pedagogikasi ta’lim-tarbiya sohasida o`ziga xos dorilfunun yaratgan. O`zbek madaniyati, sharqona milliy tarbiya nazariyasi va amaliyoti moziygacha borib yetgan tarixiy ildizlar orqali oziqlanadi.
Etnopedagog G.N.Volkovning ta’kidlashicha, «Наг bir xalqning kuchli va o‘ziga xos jihatlarini ta’kidlovchi stereotip tavsiflar hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas»1
Allomalarimiz «Agar kishiga hayotning o`zi berolmasa ta’lim, unga o`rgata olmas hech bir muallim» deya nasihat qiladilar, bu inson o`z tafakkuri yordamida ta’lim-tarbiya olishi, odob-ahloq normalarini egallashi, o`zi yashayotgan jamiyat, insoniylik xulq-atvoriga xos, ma’naviy-ahloqiy ko`nikma va malakalarni o`zida mujassamlashtirish lozimligini taqozo etadi.
Xalq pedagogikasi-tarbiyaning maqsad va vazifalari borasida ma`lum bir xalq-ning hayot tajribasi hamda turmush tarzida shakllangan amaliy qarashlar majmuidir. Muayyan jamiyatda yashash uchun o`sha xalqning urf-odatlari,odob-axloqi, marosim, an’ana, turmush-tarzi, badiiy ijod, o`yin singari empitik vositalarda namoyon bo`ladi-gan amaliy faoliyatlarni o`rganishi va amal qilishi lozim. Xalq pedagogikasi fanda “etnopedagogika” deb ham yuritiladi.
Pedagogikada xalq pedagogikasiga xos bo`lgan eng muhim belgilardan biri qadimiyligidadir.Har bir xalq mavjud bo`lishi uchun o`zining qiyofasiga ega bo`lishi zarur. Xalq pedagogikasi muyayyan xalqning vujudga kelishi bilan birga dunyoga kelgani uchun ham uning tarixi xalq tarixi bilan tengdir.
Xalq ta`lim-tarbiya jarayoni va uning natijalariga pragmatik nazar bilan qaragani uchun Xalq pedagogikasi gʻoyalar shaklida emas, balki urf-odat, anʼana, amal, udum, xalqona odob namunalari tarzida namoyon boʻladi. Xalq pedagogikasi taʼlim tarbiya haqidagi fikrlar yigʻindisi emas, balki amal qilinishi majburiy boʻlgan va bajarilishi hamma tomonidan nazorat qilinadigan amaliy xulqiy koʻnikmalar majmuidir. Xalq pedagogikasining yana bir xususiyati uning muallifi nomaʼlum ya`ni, anonim pedagogika ekanligidir. Xalq pedagogikasi talablarining yaratuvchisi maʼlum boʻlmaganligi uchun ham muqaddas sanalgan va soʻzsiz bajarilgan. Etnopedagogikaga doyir biror talabning muallifi maʼlum boʻlsa, uning taʼsiri pasayib ketadi. Chunki u, kim boʻlsada, qandaydir bir odamning istagi sifatida qabul etiladi. Anonimlik esa urf-odat, udum, xulq-odatlarga sirlilik, muqaddaslik tusini beradi. Xalq pedagogikasining keyingi belgisi uning sinkretik (qorishiq) xususiyatga egaligidir. Xalq hayotining ko`p qirraliligini inobatga olgan holda xalq pedagogikasini ham qorishiq deb hisoblashimiz mumkin. Xalqning turli yoʻnalishdagi pedagogik tadbirlari sinkretik tarzda birvarakayiga olib borilgani uchun Xalq pedagogikasiga alohidalik emas, umumiylik xosdir. Xalq pedagogikasining navbatdagi belgisi uning keng yoyilganligidir. Xalq pedagogikasiga oid amallar muayyan etnik birlikning hammasiga birday tatbiq qilinadi. Muayyan shaxslarning xohish irodasi qandayligidan qatʼi nazar, xalqning har bir vakili uning tarbiya va yashash tarziga doyir talablariga rioya etishga majbur. Xalq pedagogikasi talablarini bajarishda tarbiyalanuvchining istaklari inobatga olinmaydi. Muayyan etnik birlikning turmush tarzida namoyon boʻlishi Xalq pedagogikasining yana bir xususiyatidir. Xalq pedagogikasi empirik tabiatga ega boʻlib, jamiyat aʼzolari hayotini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan va uning qoidalari muhokama uchun emas, balki turmush mobaynida amal qilish uchundir2.
O‘zbek xalqining yosh avlodni ijtimoiy-maishiy hayotga tayyorlashdagi urf-odati va an’analari, ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p asrlar davomida qo‘llagan usul va vositalari, ibratli tajribalari dostonlar, ertaklar, asotirlar, askiyalar, latifalar, mavsumiy marosim qo‘shiqlar, naqllar, rivoyatlar, afsonalar, maqollar, laparlar, matallar, hikmatlar, aforizmlar, topishmoqlar, tez aytishlar, bolalar o‘yinlari, allalar, to‘y va aza qo‘shiqlari, erkalashlar, ovutmachoqlar, bekinmachoqlar, yalinchoqlar, hukmlagichlar, chorlamalar, cheklashmoqchalar, guldur-guplar; o‘yin-kulgulardan iborat xalq pedagogikasida mujassamlashgandir. Shu jihatdan o‘zbek xalq pedagogikasi – xalq va donishmandlarning yoshlarni davr talablariga muvofiq kishilar qilib etishtirishda, ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirishda qo‘llagan usul, vosita va tajribalar yig‘indisidan iboratdir. CHunki hali maktab bo‘lmagan, pedagogika fan sifatida shakllanmagan davrdayoq qabila a’zolarining yoshlarda mehnatsevarlik, jangovarlik, axloq-odob, nafosat, do‘stlik, mehr-shafqat, insonparvarlik hislatlarini shakllantirish va o‘stirish sohasidagi aql-idroki o‘sha davrdagi hayotiy tajribaning mevasi sifatida bizning davrga qadar etib keldi va xalq pedagogikasi shaklida tarkib topdi.
«Xalqimizning ma’naviy madaniyatidan biri bo‘lgan xalq pedagogikasining eng ilg‘or va eng noyob fikr va mulohazalari, tarbiya borasida qo’lanib kelingan usul, vosita, ko'nikma va malakalar bizning zamonamizda ham o‘z qimmati va ahamiyatini yuqotmagan»3

Download 104.89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 104.89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.BOB.Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari

Download 104.89 Kb.