Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirish. Mundarija Kirish i-bob. Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari




Download 104.89 Kb.
bet8/18
Sana02.04.2023
Hajmi104.89 Kb.
#48282
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Non tishlatdim bolamga, mardikordan qaytsin deb, Zolimlarni qarg‘adim, Ilohi, er yutsin, deb.
Yоki; mahalliy xalqning bosqinchilarga nisbatan nafrati quyidagi qo‘shiqda yanada kuchliroq ko‘zga tashlanadi.
So‘k oshini ichmayman, Hech haqimdan kechmayman. Etigimni echmayman, Mardikorga olgan Niqolayni Qorda qarag‘ay kesganman, Taxtdan yiqitmay qo‘ymayman.
SHuningdek, zulmkor mahalliy hukmdorlarga nisbatan nafrat ruhini ug‘otuvchi quyidagi qo‘shiqlar ham e’tiborga loyiqdir:
Isfandiyor zolimliging bildirding, Non o‘rniga kunjarani edirding, ...
Haddan oshding, zolim, yoning so‘qilsin, Boshing kesilsinu, qoning to‘qilsin! va boshqalar.
Ko‘rinib turibdiki, XX asr arafasida tarixiy qo‘shiqlarga ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurash ruhi kirib kela boshlagan. Bosqinchilik va zulmga nisbatan nafrat ruhi targ‘ib etilgan, milliy ozodlik orzusi vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari kuchaya borgan.
Sho‘rolar tuzumi davrida etnopedagogika manbalarini to‘plash, yozib olish, nashr etishga etibor kuchaygan bo‘lsada, mavjud tuzum ruhiga mos kelmagan manbalarni o‘qish, ulardan foydalanish o‘tmish va din sarqiti nomi bilan taqiqlab qo‘yildi.
Faqat milliy istiqlol tufayli xalq pedagogikasi manbalaridan keng miqyosda foydalanish imkoniyati tug‘ildi. Xalqning madaniy merosini, tarixiy haqiqatni qayta tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Biroq, etnopedagogika Respublikamizda alohida fan sifatida endigina shakllanish arafasidadir. Uning manbalarga g‘oyat boy tarixiy taraqqiyot yo‘lini ilmiy pedagogik jihatdan puxta o‘rganish va tizimga solish ishlari o‘z tadqiqotchilarini ko’tib turibdi.



Download 104.89 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Download 104.89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirish. Mundarija Kirish i-bob. Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari

Download 104.89 Kb.