• O‘zbek xalq pedagogikasidagi ilg‘or g‘oyalar
  • O‘zbek xalq pedagogikasiga xos xususiyatlar




    Download 104.89 Kb.
    bet5/18
    Sana02.04.2023
    Hajmi104.89 Kb.
    #48282
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    O‘zbek xalq pedagogikasiga xos xususiyatlar – insonparvarlik, ochiq ko‘ngillilik, saxovatlilik, poklik, to‘g‘ri so‘zlik, haqiqatgo‘ylik, rostgo‘ylik, yaxshi qo‘shnichilik, tinchliksevarlik, vatanparvarlik, baynalmilallik kabi fazilatlardan iborat bo‘lib, bu fazilatlar tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy shartsharoitlar bilan belgilanadi va umumbashariy xususiyat kasb etadi. SHu ma’noda xalq pedagogikasi ma’lum davrda yashagan xalq, elat, guruh madaniyati, ma’naviyati, ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlarining tarkibiy qismidir. Uning umumbashariylik xususiyati shundan iboratki, u demokratik yo‘nalishda rivojlanadi, xalqning ezguliklari, orzu niyatlari va g‘oyalarini ifodalaydi.
    O‘zbek xalq pedagogikasidagi ilg‘or g‘oyalar – yosh avlodni aqliy va jismoniy jihatdan etuk, ma’rifatli, bilimli va kasb-hunarlarni egallagan, odob-axloq qoidalarini mujassamlashtirgan, barkamol inson qilib tarbiyalashdir.
    O‘zbek xalq pedagogikasi urf-odat, an’ana va qadriyatlari bir avloddan ikkinchi avlodga og‘zaki tarzda o‘tadi, so‘ngra og‘zaki ijod va yozma adabiyot mahsuli – maqol, masal, topishmoq, ertak, latifa, qo‘shiq, lapar, askiya, dostonlar vositasida ommalashadi. SHu sababli ham, xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot, asrlar davomida yaratib kelingan xalq latifa va qo‘shiqlari, lapar va askiyalari,hikmatlari, maqollar va masallar, ertaklar va dostonlarida o‘zbek pedagogikasining zamini, fundamenti va yagona tarbiya vositasi bo‘lib kelmoqda.
    Har bir jamiyatda yashagan xalq ruhi: do‘stlik, birodarlik, mardlik, vatan va xalqqa sodiqlik g‘oyalari ifodalangan, ulug‘langan; ota-onaning o‘zaro ahilligi, ular bilan farzandning o‘zaro mehr-muhabbati, qadr-qiymati, eng yaxshi insoniy fazilatlari tarannum qilingan.
    «Xalq pedagogikasi - xalq og'zaki ijodida, urf-odatlarida, marosimlarda, bolalar o‘yinlari va o‘yinchoqlarida va hokazolarda saqlanib qolgan pedagogik ma’lumotlar va tarbiya tajribasining majmuasidir»4
    Ma’lumki, o‘zbek xalq pedagogikasida farzandli bo‘lish, o‘z farzandini jasur, botir va barkamol inson qilib tarbiyalash alohida o‘rin tutadi. Masalan, “Oltin beshik”, “Ilimxon”, “Olmos botir”, “Dono qiz” ertaklarida va “Alpomish”, “Rustamxon”, “Murodxon”, “Oysuluv”, “SHirin va SHakar”, “Kuntug‘mish” dostonlarida farzand ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lishlik eng yuksak insoniy orzuhavas ekanligi, u ota-onaga baxt-saodat, quvonch va ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat bag‘ishlashi bayon etiladi.Xalq pedagogikasi tarbiyada oilaning muhim qirralarini ochib beradi. Oilada ota-onaning o`rni, ularga nisbatan farzandlar munosabatlari, bolalarni otalarining qudratiga ishonch ruhida tarbiyalash, onaning beqiyos mehnatlarini qadrlashga o`rgatish, tarbiyada hamma vaqt samara berib kelgan.
    Shu o`rinda Xalq pedagogikasi tarixiga nazar tashlab o`tish o`rinli. Buyuk pedagoglar ko`proq xalqning pedagogik tajribalariga e’tibor qaratgan. Chunki xalq pedagogikasi tarbiya haqidagi fanni boyitadi va unga tayanch bo`lib xizmat qiladi.
    Buyuk pedagog Ya. A. Komenskiy ham o`zining faoliyatini xalq og‘zaki ijodi, uning urf-odatlari, qadriyatlari to`g‘risida material to`plashdan boshlagan.
    X.X.Niyoziy «Xalq pedagogikasi zamirida pedagogika fani shakllangan, rivojlangan» - deb ta’rif beradi. U yana o`zbek xalqi tarbiya sohasida o`ziga xos tizimga ega ekanini aytib o`tadi. X.X. Niyoziy fikricha xalqni tarixiy tarkib topishida xalq tarbiyasi muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Hamzaning hikoyalarida, dramalarida, pesa va povestlarida xalq pedagogikasi o`z ifodasini topgan. Xalq pedagogikasining asrlar davomida shakllanib, rivojlanib boyib borishining fuqaro, Vatan taqdirida hal qiluvchi rolining boisi, birinchidan uning hayotiyligi, ta’sirchanligi serqirra, serma’noligida bo`lsa, ikkinchidan uning bevosita xalq tomonidan mavjud hayot jarayonida jonli an’analarda yaratilishi, yashashi, hayot inson muammolarini qamrab olishi tarbiyaning eng dolzarb masalalari echimini hal qilishga qaratilgani uchinchidan, umuminsoniy yo`nalishga, umumbashariy g‘oya – maqsadlarga qaratilgan bo`lganligidir.
    Xalq pedagogikasining maqsadi-bo‘lajak komil shaxs ongida milliy va xalqchil tushunchalarni shakllantirish, baynalmilallik tuyg‘ularini tarbiyalash, xalq orzusidagi komil shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishdan iboratdir. Fanning vazifasi esa-mazkur tarbiyaviy sifatlarni shkllantiruvchi pedagogik jarayonga ijobiy ta’sir etish, uning samaradorligini oshirishdan iborat.
    Xalq pedagogikasi tarixan xalqning o‘zi, uning ijtimoiy ongi, tafakkuri, turmush tarzi bilan qorishiq ravishda shakllangan. U xozirgi zamon pedagogikasi ilmining ibtidosi hisoblanadi. Xalqning o‘zi hayot ekan uning pedagogik fikri, o‘z milliy pedagogik qarashlari ham yashayveradi.
    Xalq pedagogikasi orqali, mutafakkir olimlar o`gitlaridan baxra olish va tarbiya jarayoniga tadbiq etish, qadriyatlar, udumlar urf- odatlarga sodiqlik, ilm olish, ustozlar qadriga etish, oila mustahkamligiga erishish, xalqqa muhabbat, hayotni sevish, milliy odob-ahloq ma’yorlariga itoat qilish kabi jihatlarni tarbiyalash amalga oshiriladi.
    Xalq pedagogikasining bosh ob’ekti – yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonidir. Shuning uchun xalq tarbiyaning mohiyatini qanday tushunishi, tarbiya jarayonida qanday metod va usullardan foydalanishi, tarbiyaning asosiy yo‘nalishlarini qanday talqin etishi haqidagi masalalar qiziqarlidir. SHuningdek, xalq asrlar davomida to‘plangan, ilmiy-pedagogik tushunchalar bilan boyib borgan bilimlarni oilaviy tarbiyaga qanday tadbiq etganligini ham tahlil etish zarur.
    Xalq hamisha yosh avlod tarbiyasi mohiyatini to‘g‘ri talqin etgan. Bu yo‘ldagi qiyinchiliklar va quvonchlarni, uning bebaho ish ekanligini to‘g‘ri anglab etgan. Shuning uchun: “Tarbiya – bebaho boylik” deganlar. Turkmanlar: “Bola-aziz, odobi undan aziz” desalar, o‘zbeklar: “Aql bahosiz, tarbiya esa chegarasiz” deb bejiz aytmagan. Chunki tarbiya jarayoni tarkibiga ko‘plab yo‘nalishlar kiradi. Ammo, bunda eng muhim yo‘nalishni aqliy tarbiya tashqil etadi. SHuningdek, tarbiya jarayoni g‘oyat murakkab ish, u alohida e’tibor, bilim va malakani talab etadi. Xalq inson tarbiyasini ona qornidayoq boshlash zarurligini allaqachon anglab etgan. Agar bola tarbiyasida vaqt o‘tkazib qo‘yilganbo‘lsa, yoki tarbiya noto‘g‘ri olib borilgan bo‘lsa, qayta tarbiyalash zarurligi xalq pedagogikasi manbalarida alohida ta’kidlangan.
    Xalq pedagogikasi manbalarida bola tarbiyaviy sifatlarining shakllanishi bevosita ota-onaga bog‘liq ekanligi alohida ta’kidlangan. Chunonchi: “Bolaning qadami oiladan boshlanadi”, “Yomon o‘g‘il uchun ona, yomon nabira uchun buvi javobgar”, “Sababi otada, natijasi bolada”, kabi maqollar shular jumlasidandir.
    Buyuk mutafakkir Ibn Sino ham bola tarbiyasida ota-onaning tutgan o‘rnini yuqori baholab, “Tadbiri manozil” asarida: “Agar oila tarbiya metodlaridan to‘g‘ri foydalansa, u hayotda baxtga erishadi. Oilada bosh tarbiyachi – otadir, onaning yumshoq ko‘ngilliligi bola harakterini bo‘zadi”, - deydi.
    Xalq bola tarbiyasida ijtimoiy muhitning ahamiyatini ham hayratlanarli darajada to‘g‘ri tushunadi. SHuning uchun yomon xislatli bolalar muhiti bola tarbiyasini bo‘zib qo‘yishi mumkinligi quyidagiga takidlanadi: “qovun-qovundan rang oladi”, “Oriyatsiz odamdan qoch!” “YOmon bilan yursang qolarsan uyatga, yaxshi bilan yursang etarsan murodga”, “Qozonga yaqinlashsang qorasi yuqor” kabilar. SHuning uchun Ibn sino pedagogik jarayonni yaxshi xulqli bolalar jamoasida olib borishni tavsiya etib: “Barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlarini jamoada olib borish zarur. Chunki bolalar jamoa muhitida do‘stlashadilar, bir- birlarini hurmat qilishni o‘rganadilar, yaxshi xislatlarni ham bir- birlaridan o‘rgandilar”-degan edi. (“Tadbiri monozil” asaridan).
    Bola tarbiyasida yomon tomonga og‘ish yuz berishi ham mumkinligini to‘g‘ri his etgan xalq, ularni qayta tarbiyalashga oid qator metodlarni tavsiya etadi: “Buyumni suv bilan, insonni o‘rgatish bilan tozalashadi”. Lekin, Rudakiy ta’kidlaydiki: “Agar kim olmasa hayotdan ta’lim, unga o‘rgatolmas hech bir muallim”. Yoki: “Tarbiyasizlikning davosi bor, axmoqlikning davosi yo‘q.”, “Toptalgan o‘tloqda ham gul unadi” va boshqalar shular jumlasidandir.
    Muslihiddin Shayx Sa’diy bolani oilada yoshlikdan tarbiyalash zarurligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, bolani yoshligida istalgan maqsad yo‘nalishida tarbiyalash mumkin. Chunki, bola yoshligida ho‘l novda singari tarbiyaviy ta’sirga tez beriladi. SHuning uchun: “Ho‘l novda egilar qay holda egsang, qurigach to‘g‘rilar uni o‘t-otash,”-deydi Shuningdek, u hatto: “Temirchining bolasi o‘qisa bo‘lur olim”-deb ta’kidlaydi.Xalq pedagogikasi manbalarida ta’kidlanganidek: “Bir otaning bolalari ham har xil bo‘ladi”, “Beshta barmoq teng emas” kabi maqollar mazmuniga tayanab ish ko‘rgan.
    Xalq pedagogikasida tarbiya jarayonida uning mezonlariga amal qilish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan, kattalarning o‘rnak bo‘lishi, o‘z-o‘zini tarbiyalash singari metodlar ham e’tibordan chetda qolmagan. SHuningdek, tarbiyada bolaning ruhiy va yosh xususiyatlari ham inobatga olingan: jumladan: “Bola tarbiyasini beshikdaligidan, buzoqnikini qoziqdaligidan boshla!,-” maqoli ushbu fikrning isboti bo‘la oladi.
    Jamiyatning ma’naviy etukligi, ijtimoiy ong teranligi, inson kamolotini ta’minlashda etnopedagogika asarlarning ahamiyati beqiyosdir. SHuning uchun o‘zbek xalq pedagogikasining tarixiy taraqqiyot yo‘lini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

    O`zbek xalqi bugungi mustaqillikni qo`lga kiritgan bir davrda ota- bobolar, ajdodlar erishgan yutuqlardan faxrlangan holda ularning boy tajribalarini chuqur tahlil va tadqiq etish puxta o`rganish zarur. Bu esa yoshlarda bobolar ishlaridan, nasl-nasabidan faxrlanish tuyg‘ularini vujudga keltiradi va ular o`tmish an’analariga sodiq bo`lishga harakat qiladilar.


    Tarbiya – doimiy va izchil takrorlash, ishontirish mevasidir. Boshqacha aytganda doimiy va izchil takrorlash, dalillar asosida tushuntirish ishonch tuyg‘ulari hosil qilinadi.
    SHunday qilib, oliy o`quv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalar o`zbek xalq pedagogikasini quyidagi maqsadlarda o`rganish imkoniyatiga ega bo`ladi. birinchidan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida milliy mafkura tamoyillarini egallaydi. Ikkinchidan, mutaxassis sifatida yosh avlodga milliy g‘oya va milliy mafkura mohiyatini tushuntira olish ko`nikmasini hosil qiladi. Prezidentimiz aytganlaridek, biz kelajagimizni bugungi yoshlarga ishonib yashayapmiz. Bugungi talaba ertangi rahbardir. U qanchalik ma’naviy barkamol, qo`li, dili, vijdoni pok bo`lsa, kelajagimiz shu qadar buyuk bo`ladi. bu esa Siz bilan bizga, bo`lg‘usi rahbarlarning tarbiyachilariga ko`p jihatdan bog‘liq.
    Har bir shaxs, xalq va millatning o`ziga xos orzu-umidlari va ma’naviy qarashlari bo`ladi. Ular orasida ta’lim va tarbiyaga bo`lgan ehtiyoj alohida o`rinni egallaydi. CHunki har bir sog‘lom insonda tinmay bilim olib turish ehtiyoji mavjud. Aslida fikr doirasi keng va tarbiyali insongina o`zini erkin va baxtli his qiladi.
    Har qanday davlat o`z xalqining taraqqiyot bosqichiga mos ijtimoiy tuzumni tanlab oladi. Davlatning ma’rifat tizimi jamiyat tanlab olgan tuzumning ijtimoiy buyurtmasini bajarishga yo`naltirilgan bo`ladi.
    Bizning bugungi maorif tizimimiz demoqratik davlat va bozor munosabatlariga asoslangan bo`lishi zarur.


    Download 104.89 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 104.89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbek xalq pedagogikasiga xos xususiyatlar

    Download 104.89 Kb.