bloki ikki xil qiymatlar to'plamini sinab ko'rib, kamida bittasi to'g'ri yoki
yo'qligini aniqlash uchun ishlatiladi. Va oxirgi
kod bloki sinovdan
o'tkazilayotgan shart noto'g'ri (to'g'ri emas) yoki yo'qligini
aniqlash
uchun ikkita qiymatni baholashga imkon beradi.
Ushbu uchta kod bloki bilan qanday ishlashni
yaxshiroq tushunish
uchun keling, ba'zi misollarni ko'rib chiqaylik. Quyida ko'rsatilgan
birinchi misol - yashil bayroq tugmasi har bosilganda bajariladigan
skript. Bu sodir bo'lganda, Countga tayinlangan qiymat 50 ga teng
qilib o'rnatiladi. Keyin, Countga tayinlangan qiymatni
tahlil qilish uchun
boshqaruv kod bloki ishlatiladi. Agar Count 100 dan kichik va 10 dan
katta bo'lsa, boshqaruv blokiga kiritilgan yakuniy operator bajariladi.
Biroq, agar sinovdan o'tkazilayotgan ikkala shart ham noto'g'ri bo'lsa,
u holda kod bloki bajarilmaydi.
Quyidagi misol avvalgisiga juda o'xshaydi, lekin, ikkala shartlar rost
deb baholanishiga ishonch hosil qilish o'rniga, skriptlardagi
shartlardan faqat bittasi rost bo’lsa ham kod bloki ishlashi mumkun.
Rasm 8.6 Ushbu kod bloklaridan foydalanib, siz
murakkabroq
taqqoslash operatsiyalarini bajarishingiz mumkin.
Oxirgi misolda ikkita qiymat teng yoki yo'qligini tekshirish o'rniga,
ularning
teng emasligini tekshirib, salbiy
sinovni amalga oshiradigan
skript ko'rsatilgan. Natijada, agar Countga berilgan qiymat 50 bo'lmasa,
boshqaruv blokiga kiritilgan kod bloki bajariladi.