Xalqaro auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari




Download 444,17 Kb.
bet9/55
Sana15.02.2024
Hajmi444,17 Kb.
#157237
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi-fayllar.org

Xalqaro auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari

Auditorlik kompaniyalari aslida qanday ehtiyojlarni qondirishi va biznesdagi omadini asosiy omili nima bilan bog’liq ekanligini yaxshiroq tushunish uchun auditning rivojlanish tarixiga nazar tashlash lozim.


Audit, o’zining zamonaviy biznesdagi ma’no va mohiyatida qariyb yuz yildan ko’proq vaqt mobaynida mavjuddir. Auditning yuzaga kelishi kapitalizmning
rivojlanishi, yirik kapitalning paydo bo’lishi va aktsionerlik jamiyatlarining yuzaga kelishi bilan bog’liq. Aynan shu davrda korxonalarni boshqaruvchilari va egalarining manfaatlarini ajralishi ro’y berdi. Shuning bilan hisob yuritilishining to’g’riligini tekshiruvchi va bu xaqida kompaniya egalariga hisobot beruvchi mustaqil hakamga bo’lgan zarurat tug’ildi. Shu tarzda auditorlarning asosiy vazifasi korxonadagi moliyaviy hisob yuritilishining to’g’riligini tasdiqlash orqali mulkdor manfaatlarini himoya qilish bo’lib qoldi. Ammo auditorlar hisobning to’g’ri yuritilishini tekshirish to’g’risidagi bevosita hisobotdan tashqari ushbu hisobotga muayyan nomoddiy aktivni, aniqroq qilib aytganda, o’z mavqeini qo’shadi. Hozirgi kunda yuzlab auditorlik kompaniyalari auditorlik tekshiruvini o’tkazish metodikasiga ega, lekin umum tan olingan etakchilar bor-yo’g’i to’rtta. Ushbu kompaniyalar «Katta to’rtlik» nomi bilan tanilgan bo’lib, ular tarkibiga Pricewaterhouse Coopers, Deloitte, KPMG va Ernst & Young kompaniyalari kiradi. Xo’sh, nima sababli ushbu to’rt kompaniya boshqa auditorlik kompaniyalaridan keskin farq qiladi? Bizningcha, buning ikki sababi bor: birinchidan, bu ko’p yillik tajriba va orttirilgan mavqei; ikkinchidan, bu kompaniyalarning xodimlari soni.
«Katta to’rtlik» kompaniyalarining biznes mavqei o’n yillar davomida shakllangan bo’lib, ba’zilarining tarixi bir yarim asrga borib taqaladi. Pricewaterhouse Coopers kompaniyasi o’zining asosiy mahsulotlaridan biri obro’- e’tibori ekanligini chuqur anglagan holda, «Oskar» mukofotiga nomzodlar hisobini yuritish bo’yicha buyurtmani qo’lga kiritdi va bu bilan audit metodikalarining yangi bozorini ochib berdi. Dunyodagi yuzlab auditorlik kompaniyalari ham «Katta to’rtlik» kompaniyalaridan yomonroq xulosa berishadi deb bo’lmaydi, lekin ko’pchilik mijozlar ularning mavqei uchun ko’proq haq to’lashga rozi bo’lishadi.
Shunday to’xtamga kelish mumkinki, «Katta to’rtlik» kompaniyalarining har biri bo’yicha hisoblangan gudvil summasi bir necha milliard dollarni tashkil etishi muqarrar.
Odatda, uchinchi tomonlar oldida o’z imidjini yaxshilashga uringan korxonalar quyidagi hollarda bunday kompaniyalarga auditni buyurtma qilishadi:

  1. Xalqaro fond bozorlariga chiqish;


  2. To’g’ri investitsiyalarni jalb qilish;


  3. Yangi hamkorlar bilan yaqin aloqalar o’rnatish;


  4. Davlat tenderlarida ishtirok etish;


  5. Yangi bozorlarga chiqish va h.k.


«Katta to’rtlik» kompaniyalarining mavqei bunday buyurtmalarni olishga imkon beradi. Bunda kompaniya mavqeining o’ziga xos doiraviy aylanishi to’g’risida fikr yuritish mumkin. Yirik transmilliy kompaniyalar «Katta to’rtlik» kompaniyalarining mijozlari ro’yxatidan joy olishi bilan ularning mavqeini oshiradi, bu esa yanada ko’proq mijoz orttirish imkonini beradi. Auditorlik kompaniyalari o’z mavqeini o’zining «kichik» byudjetli mijozlariga o’tkazadi. Auditorlik kompaniyasining xodimlari ishdan bo’shaganda kompaniya mavqeining bir qismini o’zlari bilan olib ketishadi. Ushbu doiraviy aylanishda, albatta sifatli tekshiruv sharti bilan, kompaniya mavqei «eskirmaydi» va «amortizatsiyalanmaydi».


Ammo, uchinchi tomonlar kutadigan mustaqillik va ob’ektivlik printsiplaridan har qanday og’ishishlar oqibatida auditorlik kompaniyalari mavqeiga katta putur etishi ham hech gap emas. Buni tasdiqlash uchun «Katta to’rtlik» kompaniyalariga qarshi butun dunyo bo’yicha berilayotgan sud da’volarini keltirib o’tish kifoya.
Bundan tashqari, «Katta to’rtlik» kompaniyalari o’rtasida farqlanishning tobora kamayib borishi sezilmoqda. Bunda har bir mijoz uchun keskin kurash ketishini kuzatish mumkin. Masalan, yirik transmilliy kompaniyalar tender asosida auditorlik kompaniyasini tanlashi mumkin. Chunki, ko’pchilik kompaniyalar uchun aynan PricewaterhouseCoopers yoki Deloitte ning emas, balki «Katta to’rtlik» kompaniyalaridan birining xulosasi kerak.

    1. Download 444,17 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Download 444,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari

Download 444,17 Kb.