Rossiya Federatsiyasida auditorlik faoliyatining rivojlanish yo’nalishlari




Download 444,17 Kb.
bet10/55
Sana15.02.2024
Hajmi444,17 Kb.
#157237
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi-fayllar.org

Rossiya Federatsiyasida auditorlik faoliyatining rivojlanish yo’nalishlari

2001 yil avgust oyida Rossiya Federatsiyasi prezidenti tomonidan “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun imzolandi va Rossiyadagi “qonunsiz” auditorlik faoliyatining 14 yillik rivojlanishi tugadi.


Ushbu davrni tahlil qilar ekanmiz, shuni aytish kerakki, normativ boshqarish tizimi asosida amal qilib kelayotgan auditorlik faoliyati auditorlik kasbining Rossiyada va xalqaro miqyosda boshlang’ich rivojlanishini etarli darajada ta’minladi. Birinchi “audit” tushunchasi sobiq Ittifoq Ministrlar Kengashining 13.01.1987 yildagi № 47 Farmonida keltirib o’tilgan bo’lib, unda “qo’shma korxonalarda soliq solish to’g’riligini aniqlashda, ularning moliya-xo’jalik va tijorat faoliyatlarini
tekshirish” lozimligi ko’rib chiqilgan.
Besh yil mobaynida bir nechta farmonlar asosida tartibga solinishi oqibatida auditorlik faoliyati rivojlandi. 1992 yilda Rossiya Federatsiyasining Yuqori Kengashi tomonidan ikki o’qishda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun loyihasi qabul qilindi. Lekin shu payt yuzaga kelgan siyosiy inqiroz oqibatida Qonun Prezident tomonidan tasdiqlanmay qolib ketdi.
1993 yilda Prezident qarori asosida “Rossiya Federatsiyasidagi auditorlik faoliyatining vaqtinchalik qoidalari” amal qila boshladi va uning amal qilishi sakkiz yilga cho’zilib ketdi.
1995 yildan boshlab auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun ustida ishlash yangidan boshlandi va juda sekin - 5 yil davom etdi. Bu vaqt mobaynida audit mustahkamlanib, yirik auditorlik firmalari vujudga keldi, davlat moliya organlarining ularni tartibga solish talabi yuzaga kela boshladi, auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish qoidalari ishlab chiqila boshlandi.
1999 yil o’rtalarida davlat moliya tizimi asosida tayyorlangan qonun loyihasi hech qanaqa muhokamasiz va hech kimning tashabbusisiz yana 2 ta mavhum loyihalar bilan birgalikda Davlat Dumasida edi.
Qonun ustida ishlash faqat, u kelgusida davlatning iqtisodiy dasturlari rivojlanishida muhim deb sanalalgan hujjatlar tarkibiga kiritilgandan keyingina jadallashdi. 2000 yil aprelda qonun loyihasi birinchi o’qishda qabul qilindi.
Rossiya auditorlar kasbdoshlari (mutaxassislar) va auditorlar hamda konsultantlar milliy Federatsiya birlashmalari tomonidan ko’tarilgan qonun muhokamasi butun Rossiya Federatsiyasi bo’yicha davom etdi. Ular auditorlik tashkilotlari va turli auditorlik qatlamlarining fikr-mulohazalarini yig’ib borishdi.
Ular tomonidan yig’ib borilayotgan fikrlar, taklif-mulohazalar va ma’lumotlar internet saytlarida bevosita yoritilib borilardi: http://www.rka.org.ru/ va http://www.nfca.ru/. Ushbu saytlarda, shuningdek, yuqoridagi 2 ta birlashmaning (RAK) va (AKMF), muhokamasida bo’layotgan qonun loyihasiga o’zgartishlar va tuzatishlar kiritish ustidagi ishlari kuzatilib borilardi.
Qonun loyihasiga kiritilayotgan tuzatishlarni umumlashtirish maqsadida, Davlat Dumasi qoshida 200 kishidan iborat Ekspertlar Kengashi tashkil etildi. Lekin ular biror marta ham to’liqligicha yig’ilishmadi. Amaldagi auditorlar va auditorlik birlashmalari vakillari esa, ushbu organ faoliyatiga jalb qilinmas edi. Oqibatda, qonun loyihasi yuzasidan vujudga kelgan taklif va mulohazalar hisobga olinmay qolib ketdi. Rossiya auditorlar kasbdoshlari(mutaxassislar) va auditorlar hamda konsultantlar milliy Federatsiya birlashmalari tomonidan “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunni qayta ishlab chiqish yuzasidan takliflar tushdi. Ushbu Qonunda ko’plab kamchiliklar mavjud edi. Ushbu Qonun Rossiya Federatsisining Fuqarolik kodeksiga, Federal qonunlarga va boshqa normativ hujjatlarga zid edi. Shu bilan birga, Qonunda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan berilgan № PR- 1160,07.06.2000 yildagi xulosasidagi ayrim ogohlantirishlar ham inobatga olinmaganligi aniqlandi. Shuningdek, Qonun loyihasi butun jahon qabul qilgan
mustaqillik va konfidentsiallik tamoyillariga zid kelishini ham aytib o’tish lozim.
2001 yilning 13 iyulda bahorgi sessiyalaridan birida, Davlat Dumasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Federal Qonunni qabul qildi. 20 iyulda Qonun muhokamasi Federatsiya Kengashidan o’tdi va 7 avgustda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan imzolandi. 2001 yil 9 avgustda esa “Rossiya gazetasi” da Qonun rasman bosib chiqarildi.
Qonunning qabul qilinishi davlatning iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bosilib chiqqandan so’ng, endi uning pozitiv tomonlari ko’rina boshlandi.
Shunga qaramasdan, Qonunga ayrim tuzatishlar va aniqliklar kiritish talab etiladi, bu esa Rossiyadagi mustaqil auditorlik institutlarining rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatishi aniq.
Qonunning kamchiliklariga to’xtab o’tadigan bo’lsak:
      1. Qonunning qabul qilinishi cho’zilib ketishi auditorlik faoliyati tamoyillarining ma’naviy eskirishiga olib keldi. Bu vaqt mobaynida ko’pgina rejalar o’zgardi. Shuningdek, moliyaviy hisobotning Xalqaro Standartlariga o’tish dasturi qabul qilindi, Rossiya Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lishliligini e’lon kildi. Shuning uchun, Qonunga kerakli kontseptual tuzatishlar kiritish zarur bo’lib qoldi;


      2. Qonunda ikkita - “audit” va “auditorlik faoliyati” atamalari aralashtirib yuborilgan va uslubiy jihatdan noto’g’ri yondashilgan. Bular o’z boshqaruv mexanizmlariga ega va butunlay turli iqtisodiy tushunchalardir.


Audit – bu moliyaviy hisobotning to’g’riligini aniqlash maqsadida o’tkazilgan mustaqil tekshiruvdir.


Auditorlik faoliyati esa – bu audit tekshiruvini o’tkazishning tadbirkorlik faoliyatlaridan biri.

      1. Qonunda Federal organ tomonidan tasdiqlangan auditorlik standartlari, qoidalarini qo’llash talab etilgan. Audit ishini rejalashtirish va hujjatlashtirishda, auditorlik hisobotini tayyorlashda va auditorlik xulosasini taqdim etishda ham Federal organ tomonidan tasdiqlangan audit standartlarini qo’llash talab etilgan. Bu Qonunda audit faoliyatini olib borishda auditorlik ish usullarini mustaqil tanlash tamoyili mavjud emas. Shuningdek, Federal organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarni qo’llash oqibatida, auditor yoki mijozga etkazilgan zarar Federal organ javobgarligiga o’tkazilishi keltirilmagan;


      2. Federal organ tomonidan tasdiqlangan auditorlik faoliyati standartlari, qoidalari Xalkaro Buxgalterlar Federatsiyasi tomonidan qabul qilingan va ko’pgina jahon mamlakatlarida qo’llash tavsiya qilingan Xalqaro Auditorlik Standartlari bilan bir qancha tafovutlar mavjud.


Federal organ tasdiqlagan standartlarni qo’llash majburligi, Rossiya auditorlarining chet el korxonalari, qo’shma korxonalarni audit tekshiruvini o’tkazishni cheklab qo’yadi. Oqibatda, chet el korxonalari va qo’shma korxonalar chet el auditorlik kompaniyalariga murojaat qilishga majbur bo’lib qolishadi. Sababi, ular xalqaro normalar doirasida ish olib borishadi.


      1. Federal organ tomonidan ishlab chiqilgan auditorlik standartlarini qo’llash majburligiga ega Qonun normalari “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash haqida”gi Rossiya Federatsiyasining qonuni moddalariga zid keladi. Chunki unda qo’shimcha litsenziya olish talablari keltirilgan bo’lib, “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash hakida”gi Rossiya Federatsiyasining qonunining moddalarini inkor etadi.


      2. Qonunda Rossiya auditorlik standartlari bilan Xalqaro Auditorlik Standartlari o’rtasida o’zaro tafovut muammosi hali ham javobsiz qolmoqda. Chunki Rossiya iqtisodiyoti chet el investitsiyasi oqimi bilan chambarchas bog’liq.




    1. Download 444,17 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Download 444,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rossiya Federatsiyasida auditorlik faoliyatining rivojlanish yo’nalishlari

Download 444,17 Kb.