• 5. 5. Ta‘limda o‘quvchi (talaba)ga xos xususiyatlarni hisobga olish va moslik qoidasi.
  • O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar




    Download 5,55 Mb.
    bet28/150
    Sana27.05.2024
    Hajmi5,55 Mb.
    #255011
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   150
    Bog'liq
    Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe

    O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
    1. Didaktika nimani o‘rganadi va uning lug‘aviy ma‘nosi nima?
    2. Didaktikaning predmeti nima?
    3. Markaziy Osiyoda didaktik ta‘limning tashkil topishi va rivojiga kimlar hissa qo‘shganlar?
    4. Ta‘lim jarayonining ikki yoqlama xususiyati (xarakteri) deganda nimani tushunasiz?
    5. O‘zbekiston Respublikasi «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon qabul qilingan?
    6. Kadrlar tayyorlash milliy dasturing maqsadi nimalardan iborat?
    7. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy komponentlariga nimalar kiradi?
    8. Uzluksiz ta‘lim tizimiga asoslangan ta‘lim turlarini sanab o‘ting?
    9. Ta‘limning mazmunini izohlab bering?


    5–Ма’ruza. O‘qitish jarayoni yagona tizim sifatida. Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari.


    Reja:

    5. 1. Ta‘lim qonuniyatlari haqida umumiy tushuncha.

    5. 2. O‘qitishning yetakchi qoidalari.

    5. 3. Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan bog‘liq bo‘lish qoidasi.

    5. 4. Ta‘limda ko‘rsatmalilik qoidasi va uning ijobiy xususiyatlari.

    5. 5. Ta‘limda o‘quvchi (talaba)ga xos xususiyatlarni hisobga olish va moslik qoidasi.


    Adabiyоtlar: 7, 13, 14, 16, 22.
    Tayanch iboralar: ta‘lim berish, qonuniyat, o‘qitish qoidalari, ta‘limning ilmiy, tizimli va izchil bulishi, tarbiyalovchilik xarakteri, onglilik, faollik va ko‘rsatmalilik, tushunarlilik, ta‘limning moslik qoidasi, ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi;
    5. 1. Ta‘lim qonuniyatlari haqida umumiy tushuncha.
    Ma‘lumki, o‘qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u ta‘limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllaridan umumiy didaktik printsip (qonuniyat) larni qanchalik to‘g‘ri amalga oshirishiga bog‘liq. Qonuniyat deganda, bu barqaror, zaruriy, u yoki bu hodisalar va jarayonlar o‘rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Demak, ta‘lim jarayonida ta‘lim berish, tarbiyalash va o‘quvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur.
    Ta‘lim qonuniyatlari bu - o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan talablar yig‘indisidir. Ta‘lim printsip (qonuniyat) lari deb, ta‘limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o‘qitish uchun asos bo‘ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz. Ta‘lim qonuniyatlari o‘quvchi va o‘qituvchi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi.
    O‘qitishning printsiplaridan uning qoidalari kelib chiqadi va ular u yoki bu printsiplarning xususiy qoidalarini aks ettiradi. Har bir o‘qituvchi shuni anglab yetishi muhimki, o‘quv jarayonini samarali qurish – bu, ishda o‘zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, didaktik qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni hal qilishda ijodiy foydalangan holda, ulardan butunlay va o‘zaro aloqada foydalanish demakdir.
    O‘qitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun butun qonuniyatlar birligini va didaktik qoidalarini e‘tiborga olish zarur.
    Ta‘lim printsiplariga o‘tmishda mashhur allomalarimiz ham katta e‘tibor berganlar. Masalan, Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sinolar ushbu printsiplar xususida o‘z asarlarida bayon qilganlar. Jumladan, qomusiy olim Ibn Sino asarlarida ham didaktikaning printsiplariga, xususan ko‘rsatmali o‘qitishga qiziqish bilan qaragan. Olim inson haqiqatdan mavjud narsalarni yoki ularning tasvirini ko‘rib idrok etishi tufayli unda ob‘ektiv voqelikni to‘g‘ri aks ettiradigan tasavvur shakllanishini o‘qtirgan.
    O‘qitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni o‘qitish qoidalari deb ataydilar. O‘qitish qoidalarini bilish o‘qitishning zarur usullarini yanada ishonchliroq tanlashga imkon beradi.
    Pedagog olimlarning yuqoridagi fikr-mulohazalarini umumlashtirib xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, o‘qitish printsiplari yosh avlodga ta‘lim va tarbiya berish maqsadlariga muvofiq o‘qitishning xarakterini belgilaydigan asosiy yetakchi qoidalardir.

    Download 5,55 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   150




    Download 5,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

    Download 5,55 Mb.