Qadimgi yunon va rim faylasuflarining tarbiya to‘g‘risidagi fikrlari




Download 5,55 Mb.
bet87/150
Sana27.05.2024
Hajmi5,55 Mb.
#255011
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   150
Bog'liq
Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe

Qadimgi yunon va rim faylasuflarining tarbiya to‘g‘risidagi fikrlari
Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Quyida bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Suqrot (Sokrat) (eramizdan avvalgi 469-399-yillar) o‘zining ijtimoiy kelib chiqishiga qaramay (Suqrot haykaltaroshning o‘g‘li edi) konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta, uning falsafiy va pedagogik qarashlarida o‘z aksini topdi. Suqrot keng maydonlarda so‘zga chiqar, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazar, tinglovchilarni savol-javob yoki u bilan haqiqatni topishga undar edi. Bu «Suqrot metodi»(Evristik) nomi bilan fanga kirgan.
Suqrot — falsafiy dialektikaning asoschilaridan biri. Baxs orqali, ya’ni muayyan narsalarni o‘rtaga qo‘yish va ularga javob topish yo‘li bilan haqiqatni aniqlash mumkin deb uqtiradi faylasuf. Aristotelning yozishicha, Suqrot mavjud haqiqatan umumiy tushunchalarga o‘tishdagi induktiv ta’limotni hamda har bir narsaning mohiyatini bilishning birinchi imkoniyatini beradigan tushunchalarni aniqlashdagi ta’limotni yaratgan. Suqrotning etika sohasidagi asosiy tezislari quyi- dagilardan iborat: ezgulik bilimdir, donishmandlik, ya’ni yaxshilikni biluvchi yaxshilik qiladi; yomonlik qiluvchi esa yaxshilikni yo bilmaydi yoki pirovardida yaxshilikning tantanasi uchun yomonlik qiladi. Suqrotning ta’biricha, aql bilan axloq o‘rtasida ziddiyat bo‘lishi mumkin emas. Ulug‘ faylasuf tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha, axloq faqat imtiyozli «mumtoz»largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo‘lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo‘llarida bo‘lmog‘i kerak deydi.
Aflotun (Platon) eramizdan ilgari (424-347-yillari) yashagan. Qadimgi yu- nonistonning mashhur - idealist faylasufi, Suqrotning shogirdi, obyektiv idealizm nazariyasining asosichisi «g‘oyalar dunyosi»ni birlamchi, his qiluvchi narsalar dunyosini ikkilamchi deb hisobladi. Aflotun olamni hodisalar dunyosi va g‘oyalar dunyosi deb ikkiga bo‘ldi. Uning fikricha g‘oyalar abadiy va o‘zgarmasdir. Uning nazarida, narsalar g‘oyalar olamining soyasidir. Afina aristokratiyasining namo- yondasi bo‘lgan Aflotun, zodagonlarning abadiy hukmronligi nazariyani ilgari surdi. Uning fikricha ideal aristokratik davlat uch xil ijtimoiy guruh: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo‘lishi lozim. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar uni har qanday dushmandan himoya qiladilar, uchinchi guruh esa mehnat qilib, mo‘l hosil yetishtirib, faylasuflar va jangchilarni boqadilar. Uning tasavvuridagi ideal davlatda qullar ham hunarmandlar ham huquqsizdirlar, qanoat va itoatkorlik fazilatlariga xos deb ta’kidlaydi u. Aflotun davlat tomonidan tashkil etilmog‘i va hukmron guruhlarning — faylasuflar va jangchilarning manfaatini ko‘zlamog‘i lozim. Aflotun o‘zining pedagogika tizimida Sparta va Afina tizimining ba’zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi. Aflotunning fikricha, bolalar 3 yoshdan 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo‘yilgan tarbiyachilar rahbarligida maydonchalarda turli o‘yinlar o‘ynash bilan shug‘ullanishlari lozim. Aflotun o‘yinlarni maktabgacha tarbiya vositasi deb hisoblab, ularga katta ahamiyat beradi, shuningdek, bolalarga hikoya qilib beriladigan materiallarni sinchiklab tanlash kerakligini ham uqtirib o‘tadi. U bolalarga yoshlik chog‘idanoq ijtimoiy tarbiya berish tarafdori edi. Aflotun xotin- qizlar tarbiyasi xususida fikr yuritib, Spartadagi usulni ma’qullaydi. Umuman Aflotun tarbiya tizimining butun mazmuni va mohiyati jismoniy mehnatdan g‘oyat nafratlanish ruhi bilan sug‘orilgan. Aflotun g‘oyasiga ko‘ra bo‘lajak faylasuflar va jangchilarni «jismoniy mehnat to‘g‘risida xato o‘ylashlari» ham taqiqlab qo‘yilgan, shuningdek, qullarning bolalarini o‘qitmagan ma’qul. Biroq Aflotun maktabgacha tarbiya to‘g‘risida, davlat tomonidan izchillik bilan olib borilishi lozim bo‘lgan tarbiya tizimi to‘g‘risida bir qancha muhim fikrlarni aytib, ijobiy o‘rnak namunasida tarbiyalashni talab qilgan.
Aflotun o‘zining axloqiy g‘oyalarini ilgari surar ekan, ustozi Suqrotga ergashib, obyektiv idealizm yo‘lini tutadi.
Arastu (Aristotel) (eramizdan avvalgi 384-322-yillar)da yashagan. Aflotun olamni g‘oyalar va hodisalar dunyosiga bo‘lgan bo‘lsa, uning shogirdi Arastuning aytishicha, g‘oyani shaklga o‘xshatish mumkin. Har qanday buyumda biz uning moddasini va shaklini ko‘rishimiz mumkin. Moddada narsalar bo‘lishi uchun imkoniyatlar bor; modda biron shakl olganidan so‘nggina narsa bo‘lib qoladi. Chunonchi, marmarning o‘zi bir moddadir, ammo unga ma’lum shakl berilsa, haykal tusini olishi mumkin.
Arastu olamda tana va jon bor, tana bilan jon materiya bilan shakl tariqasida bir-biridan ajralmagan holda mavjuddir, deydi. Uningcha, uch xil jon bor: o‘simlikdan tarkib topgan jon oziqlanish va urchib ko‘payishda namoyon bo‘ladi; hayvonotdan tarkib topgan jon, o‘simlik xossalaridan tashqari sezgilarda va istaklarda namoyon bo‘ladi; aqlning ifodasi bo‘lgan jon, o‘simlik va hayvonot xossalaridan tashqari, u tafakkur yoki bilish xislatlariga ega. Insondagi jonning hayvoniy qismi aqlga tobe bo‘lganligi sababli, uni iroda deb atash mumkin.
Arastuning fikricha, jonning mana shu uch xiliga muvofiq uch xil tarbiya - jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyalardir. Tarbiyaning maqsadi aql va irodani kamol toptirishdan iborat. Har bir moddada rivojlanish imkoniyati bor bo‘lganidek, insonga ham tabiat faqat qobiliyatlarning boshlang‘ichinigina beradi, insonda kamol topish imkoniyati mavjud va bu imkoniyat tarbiya vositasi bilan ro‘yobga chiqariladi. Tabiat jonning uch xilini bir-biri bilan chambarchas bog‘lab qo‘ygan, biz ham tarbiyada tabiat belgilab bergan yo‘ldan borib, jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyani bir-biri bilan chambarchas bog‘lab olib borishimiz lozimligini uqtiradi.
Arastuning fikriga ko‘ra, davlatning umumiy bitta oxirgi maqsadi bor, u ham bo‘lsa, davlat hamma fuqarolarga bir xilda tarbiya berilishini ta’minlashi lozim, mana shunday tarbiya berish esa xususiy tashabbusning vazifasi bo‘lmasdan, balki davlatning ishi bo‘lishi lozim.
Oilaviy tarbiya bilan ijtimoiy tarbiya o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozimligini uqtirib, u hatto oilaviy tarbiyaga doir bir qancha tavsiyalar beradi. Ammo Arastu davlat hamma fuqarolar uchun «bir xilda» tarbiya berishi lozim, deb aytganida qullarni nazarda tutmaydi.
Arastu pedagogika tarixida birinchi bo‘lib, yoshni davrlarga bo‘lishga urinib ko‘radi. U insonning yoshlik yillarini uchga bo‘lib o‘rganadi: 7 yoshgacha bo‘lgan davr; 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan davr (jismoniy balog‘at davrining boshlanishi) va jinsiy balog‘at davrining boshlanishidan 21 yoshgacha bo‘lgan davr. Uning fikricha, bunday davrlarga bo‘lish tabiatga mos bo‘lib tushadi.
Arastu o‘g‘il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktabida o‘qishi lozim, deb uqtiradi. Bolalarga aqliy tarbiya berilishi kerakligini aytib, u o‘g‘il bolalar avvalo badantarbiya muallimlarining qo‘liga topshirilsin, deb talab qiladi; bunda u bola­larni haddan tashqari charchatib qo‘ymaslik kerakligini aytadi va ularning jismi mustahkamlanib olguncha yengil mashqlar bilan shug‘ullantirishni tavsiya etadi.
Arastu jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyani bir-biri bilan bog‘langan, deb qaraydi. Boshlang‘ich ta’lim vaqtida, badantarbiyadan tashqari, Yana o‘qish, yozish, grammatika, rasm va musiqa o‘rgatilishi kerakligini alohida uqtirib o‘tadi. O‘smirlar maktabda jiddiy ma’lumot olishlari kerak, ular adabiyot, tarix, falsafa, hisob, falakiyot, musiqani o‘rganishlari shart. Go‘zallikni his qilishni o‘stirish uchun musiqa o‘rganmoq kerak, ammo rasm chizish singari musiqa o‘rganish ham oddiy hunarga aylanib ketmasligini kuzatib turish muhim deydi. U xotin-qizlarning tarbiyasi xususida gapirib, bu erkaklarning tarbiyasiga o‘xshab ketmasligini, chunki ularning tabiati mutlaq erkaklarnikidan farq qilishini aytadi. Arastu o‘z pedagogik qarashlarida iroda, faoliyatni asos qilib olgani holda, aqliy tarbiya sohasida axloqiy ko‘nikmalarga katta ahamiyat beradi. Tabiiy iste’dod, shu bilan birga, ko‘nikma orttirish (matlub harakatlarni o‘rganish, tez-tez takrorlab turish) va aql — bular axloqiy tarbiyaning uch manbaidir,- deydi.
Fazilatlar hosil bo‘lishi uchun ezgu xulq-odatlarini va ko‘nikmalarini tarkib toptiradigan, yaxshi o‘ylab o‘tkaziladigan mashqlar bo‘lishi ham zarur, bunga odatlanish, buning uchun doimiy harakat qilish lozim, odatdan, ko‘nikishdan esa axloqiy xatti-harakat hosil bo‘ladi, deb ta’lim beradi.
Arastu Aflotundan farq qilib, oilani tarbiyadan chetlashtirmaydi, axloqiy tarbiya berish, asosan, oilaning zimmasida bo‘lishi kerak, deydi.
Arastuning qarashlari antik pedagogikaning taraqqiyotiga katta ta’sir o‘tkazadi. Uning «Nikoh axloqi» va «Siyosat» asarlari axloq masalalarini nazariy ishlab chiqishga bag‘ishlangan.
Arastu, axloqning jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, «Tabiat inson qo‘liga qurol — aqliy va axloqiy kuch bergan, ammo u shu qurolni teskari tomonga nisbatan ham ishlatishi mumkin: shu sababli axloqiy tayanchlari bo‘lmagan odam eng insofsiz va yovvoyi, o‘zining jinsiy va did mayllarida eng tuban mavjudot bo‘lib qoladi», - deydi.
Arastu antik davrining boshqa faylasuflariga qaraganda axloqiy munosa- batlarning tabiatini teran tadqiq qila oldi. Uning fikriga ko‘ra, axloqiy fazilat — faoliyat, xatti-harakat demakdir. Barcha axloqiy fazilatlar adolat, do‘stlik, muhabbat, saxiylik, sulhparvarlik, xushfe’llik va hokazolar faqat inson faoliyatida namoyon bo‘lishini asoslab beradi.
Odam jamiyatda yashagani sababli uning axloqiy fazilatlari hech qachon sof, xolis holda namoyon bo‘lmaydi, balki faqat ijitimoiy faoliyatdagina amalga oshadi. Shuning uchun barcha axloqiy fazilatlar ijtimoiydir, deydi Arastu.
Inson tabiatan fazilatlarga ega bo‘lmagani, balki fazilatga o‘rgangani sababli, tarbiyaning (faqat bolalarnigina emas, shu bilan birga barcha aholini tarbiya qilish) roliga katta ahamiyat berib, xususan hissiyotlarni tuyg‘ularda idrokli tarbiyalashga ahamiyat qaratadi. Uning fikricha, bunday tarbiya kishilarning axloqli bo‘lib yashashga o‘rganishlari uchun zarur bo‘lgan mavjud qonunlar yordamida armalga oshiriladi. Mutafakkir fazilat deganda, hamisha ota-ona o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan davlatga xizmat qilishni nazarda tutadi.
Arastu axloqiy fazilatlar bilan bir qatorda inson uchun muhim bo‘lgan aqliy fazilatlarga—bilim, donishmandlik, fahmlash va boshqalarga ham katta ahamiyat beradi. Ammo axloqiy fazilatlarni aqliy fazilatlarga bo‘ysundirgan holda ifodalaydi.
Arastu faqat aql faoliyatini tan oladi. Shu sababdan u baxt idealini haqiqatan intellektual mushohada etishda deb biladi.
Umuman antik faylasuflar Suqrot, Aflotun, Arastular o‘zlarining nazariyalarida har bir narsada me’yor bo‘lmog‘i lozimligini uqtirib o‘tganlar. Ular axloqni insonning baxtga erishish vositasi deb qaraganlar.
Demokrit (eramizdan avvalgi 460-370-yillar) qarashlari qadimgi yunon falsafasining cho‘qqisidir. U atomizm nazariyasini yaratgan materialist faylasufdir. Demokrit o‘z asarlarida yuqorida nomlari qayd etilgan mutafakkir faylasuflar kabi tarbiya masalalariga katta e’tibor beradi. U o‘z nazariyasida tabiat qonunlariga, xurofotni va qo‘rquvni yemirib tashlaydigan chinakam bilimlarga murojaat qiladi.
Demokrit tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo‘lib ilgari surdi. «Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o‘xshaydi» deb yozadi u. Demokrit «ta’lim mehnat asosidagina go‘zal narsalarni hosil qiladi», deb, tarbiya ishida mehnatning roli juda katta ekanligini ta’kidladiU doimo mehnat qilib turishni talab qildi, mehnatga odatlana borgan sari, mehnat yengil bo‘lib boradi, deydi. U yomon o‘rnakdan ehtiyot bo‘lish kerak, deb ta’kidlaydi va yaxshi hulq hosil qilishda mashqning ahamiyati katta, deb hisoblaydi.
Demokrit axloqni odamning o‘z tabiatidan kelib chiqib, asoslashga harakat qiladi. Bilish nazariyasida Demokrit moddiy olamni bilish va haqiqatga erishish mumkinligini ta’kidladi, bilish jarayonida sezgi va tafakkur rolini ko‘rsatdi. Uningcha sezgilarimiz orqali olingan bilim «qorong‘i»; u olamning mohiyatini ochib berolmaydi; aql orqali olingan bilim «yorug‘«, haqiqiy bilimdir. Tabiat sirlarini faqat fikrlash yo‘li bilan bilib olish mumkin.
Demokritning axloqiy va pedagogik qarashlari diniy qobiqdan xoli edi. Shuning uchun ham u o‘z g‘oyalari bilan o‘zidan keyingi faylasuf olimlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ayniqsa, ularning inson kamolotidagi nazariy qarashlari, tarbiyaning roliga bergan katta ahamiyatlari pedagogika tarixi nazariyasini yaratishda asosiy zamin bo‘lib xizmat qildi.
XII asrlarda Rossiyada pedagogik asarlarning nashr etilishi
XI-XIII asr pedagogika adabiyoti yodgorliklari «Viladimir Monomaxning bolalarga o‘gitlari» XI-XII asrlarda tarjima qilingan va mavjud maqolalar to‘plamlarida iborat bir qancha va ko‘p yozma kitoblar vujudga keladi. Bunday maqolalar orasida pedagogika mazmunidagi maqolalar va fikrlar bor edi.
Bunday to‘plamlar «Pechla» Izamragd» (Yangi zumrad) «Sbornik Svyatoslava (Ya’ni Svyatoslava to‘plami), «Zlatostruy» Zlatoust» deb atalar edi (grek cherkov yozuvchisi va va’zxoni Ioanni Zlatoust taxallusidan olingan) Unda Demokrit Aristotilning bildirgan fikrlari va maqolalari e’lon qilingan edi. Svyatoslav «to‘plami»ga masalan, Aristotelning matematikaga oid asrlari va kiyevlik kishining o‘qish metodikasi to‘g‘risidagi mavjud pedagogika asarlari kiritilgan edi. O‘sha davirdagi tarbiya masalasiga bag‘ishlangan maqolalarda bolalarni insof-tavfiqli qilib tarbiyalash to‘g‘risida, ota-onalarni o‘zlaridan kattalarni hurmat qilish to‘g‘risida ota-onalarga bolalarni jismoniy o‘sishini axloqiy va aqliy rivojlanishini qanday qilib ta’minlash ularni qattiq ushlash, agar bolalar gapga quloq solmaydigan bo‘lsa, ularni kaltaklashga ruxsat berilar edi. Viladimir Monomaxning bolalarga o‘gitlari XII asr oxirlaridagi pedagogikaga oid adabiyotlarning ajoyib yodgorliklaridir. Davlatni oqillik bilan idora qilgan Viladimir Monomax o‘z bolalariga qanday yashash yo‘lini ko‘rsatib maslahatlar beradi. U bolalarni vatanga muhabbat qo‘yishga vatani dushmanlardan himoya qilishga serharakat, mehnatsevar botir kishilar bo‘lishga da’vat qiladi .
U bolalarni qahramonlik jasurlik va shu bilan birga insonparvarlik kishilarga jonkuyarlik ruhida tarbiyalash zarurligni alohida ko‘rsatib o‘tadi. Viladimir Monomax, yetim-yesirlar va beva-bechoralarning homiysi bo‘lmog‘i kerak, kuchlilarning kishini halok qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Katta kishilarni hurmat qilmoq tengqurlar bilan xushmomala bo‘lmoq kerak. Xudoni tarki dunyo qilish ro‘za tutish yo‘li bilan emas, balki garchi andakkina bo‘lsada, savobli ishlar bilan ro‘za qilmoq kerak deb yozgan edi. Viladimir Monomax, bolalarga murojaat
qilib ularga o‘qishni maslahat beradi. O‘zni otasini misol qilib uni chet tillarni bilganini aytadi.
Mo‘g‘ul - tatar istilolari davrida uchta mustaqil xalq -velikoruslar ukranlar belaruslarga bo‘linib ketgan yagona qadimgi xalqlarning zo‘r berishi tufayli Kiyev davlatida maorif va o‘qitish ishlari yuqori darajaga ko‘tarildi.
Kelib chiqish birligini tarixiy va madaniy birligni anglash bu xalqlarda XIV- XVII asrlarda maorif maktab va pedagogikaga oid fikrning rivojlanishini ma’lum daraj ada belgilab beradi.
Odatda to‘rtta fakultetdan tuzilgan bo‘lib, bular tayyorlov fakulteti, ridik, medisina va teologiya (din aqidalari) fakultetlaridan iborat edi. Tayyorlov fakulteti talabalari yuqorida aytilgan triviumga, kvadrivium tarkibiga kirgan fanlarni o‘qir edilar. Tayyorlov fakultetida o‘qish muddati 6-7 yilgacha, asosiy fakultetlarda esa 5-6 yilgacha cho‘zilar edi. Universitetlarda o‘qitish metodlari ma’ruza, cherkov tomonidan tasdiqlangan darslik va asarlarni yodlash va disput (munozara)lardan iborat edi. Universitetlarda o‘qish faqat lotin tilida olib borilar edi.
I.G.Pestolotsining didaktik qarashlari
Pestalotsi avval boshlang‘ich maktabda, so‘ngra lotin maktabida o‘qib ilm oldi. Pestalotsi o‘rta maktabni tamomlagach, ko‘proq gumanitar fanlar o‘qitiladigan oliy o‘quv yurtiga - kollegiumda, uning filologiya va falsafa bo‘limlarida o‘qidi. Pestalotsi kollegiumni tamomlamay turib, xalqning ahvolini yaxshilash to‘g‘risida o‘zining azaldan orzu qilib kelgan niyatini amalga oshirishga qaror qildi. 1769-yilda Pestalotsi o‘zining ijtimoiy tajribasini boshladi. U pul qarz olib, kichikroq qo‘rg‘on va yer sotib oldi, bu yerga «Neygof» («yangi qo‘rg‘on») deb nom berdi va tevarak-atrofdagi dehqonlarga o‘z xo‘jaliklarini unumdor xo‘jalikka aylantirishni o‘rgatish maqsadida, bu yerda namunali ferma tashkil qilmoqchi bo‘ldi. Tajribasiz va xo‘jalik ishlaridan bexabar bo‘lgan Pestalotsi oradan ko‘p o‘tmay sindi va u xalq foydasini ko‘zlab yana yangi yo‘llar qidirishga majbur bo‘ldi.
U 1774-yili «Neygof»da «Kambag‘allar muassasasi»ni ochib, yetim va boqimsiz bolalardan 50 ga yaqin kishini shu muassasaga to‘pladi. Pestalotsining fikricha, bolalarning o‘zlari ishlab topgan pullar shu yetimxonaning xarajatini qoplashi kerak edi. Yetimxonada tarbiyalanayotgan bolalar dalada ishlar, shuningdek, to‘quv va yigiruv dastgohlarida ip yigirib, mato to‘qir edilar. Pestalotsining o‘zi bolalarga o‘qish, yozish va hisob o‘rgatar, ularni tarbiyalash bilan shug‘ullanar edi. Hunarmand ustalar esa bolalarga ip yigirish va to‘qishni o‘rgatardilar. Shu tariqa, Pestalotsi o‘z muassasasida bolalarni o‘qitishni ularni unumli mehnatga o‘rgatish bilan qo‘shib olib borishga urindi.
Pestalotsi boshlagan ish tezda barbod bo‘ldi, chunki siyosiy hokimiyat va moddiy mablag‘larning egalari uni qo‘llab-quvvatlamadilar. Bolalar ming mashaqqat bilan mehnat qilishi tufayli o‘zlari yashab-ishlab turgan yetimxona xarajatlarini ko‘tara olar edilar, lekin gumanist va demokrat Pestalotsi o‘zi tarbiyalayotgan bolalarni bunday og‘ir sharoitda yashashini istamasdi va bunga yo‘l qo‘ya olmasdi. U bolalar mehnatini, avvalo, bolalarning jismoniy kuchlarini aqliy va axloqiy qobiliyatlarini o‘stirish vositasi, deb bildi. Bolalarga faqat hunar o‘rgatibgina qolmasdan, balki ularni keng ravishda mehnatga o‘rgatishga intildi.
Pestalotsi Neygofda o‘tkazgan tajribaning pedagogika uchun ahamiyati katta bo‘Idi. Tajribani davom ettirish uchun mablag‘ bo‘lmaganligi sababli oradan ko‘p vaqt o‘tmay yetimxona yopildi. Lekin bu miivaffaqiyatsizliklar uni, xalqqa yordam berish maqsadidan qaytara olmadi.
Pestalotsi 1798-yil Shveysariya inqilobi natijasida yetim qolgan 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan 80 bolaga mo‘ljallangan Yangi yetimxona ochdi.
«Ertalabdan to kechgacha ularga yakka o‘zim hamroh edim! Mening qo‘Ilarim ularning qo‘lida, ko‘zlarim ularning ko‘zlarida edi. Ular yig‘lasa, men ham yig‘lar, kulsa kular edim! Ular nima yesa, men ham shuni yer, nima ichsa, shuni ichardim. Mening o‘shalardan boshqa uyim ham, do‘stim ham, xizmatchim ham yo‘q edi!», deb yozgandi keyinchalik bu haqda Pistalotsi.
Afsuski, urush harakati boshlangandan keyin yetimxona yopildi. Keyingi o‘n sakkiz yil davomida Pestalotsi o‘sha davrning eng muhim masalasini: dehqon xo‘jaliklarini qanday qilib tiklash, ularning turmushini yaxshilash, mehnat- kashlarning axloqiy va aqliy holatini qanday qilib o‘zgartirish masalasini hal qilishga jamoatchilik e’tiborini tortishga intilib, adabiy faoliyat bilan shug‘ullandi. U «Lingard va Gertruda» (1781—1787) degan ijtimoiy-pedagogik roman yozib, bu romanda xo‘jalikni oqilona, usulda olib borish va bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash vositasi bilan dehqonlarning turmushini yaxshilash to‘g‘risidagi o‘z g‘oyalarini olg‘a surdi.
XIX asrning boshlaridayoq Pestalotsining «Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi», «0nalar kitobi yoki onalar uchun o‘z bolalariga kuzatish va gapirishni qanday o‘rgatish haqida qo‘llanma», «Kuzatish alifbesi yoki o‘lchash haqida ko‘rsatmali qo‘llanma», «Son to‘g‘risida ko‘rsatmali ta’lim» degan kitoblari bosilib chiqdi. Bu kitoblarida boshlang‘ich ta’limning YAngi usullari bayon qilingan edi.
Pestalotsining ijtimoiy-pedagogik va falsafiy qarashlari. Pestalotsi o‘z xalqini oyoqqa turg‘azishni orzu qildi, u mehnatkashlarni o‘qitish va tarbiyalash yo‘li bilan ularning turmushini o‘zgartirish mumkin, deb o‘yladi. U xalq boshiga tushgan kulfatlarning manbai iqtisodiy sharoit emas, balki ma’rifatning yo‘qligi deb bildi.
Pestalotsi hamma odamlar tarbiya va ilm olish huquqiga ega bo‘lishi lozim, maktablar jamiyatni ijtimoiy jihatdan o‘zgartirishning muhim vositalaridan biri bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, har bir kishining haqiqiy insoniy kuchlari harakatga kelib, mustahkamlangandagina eng muhim ijtimoiy masalalar hal qilinadi. Bunga tarbiya yo‘li bilan ham erishish mumkin.
Mehnat odamni tarbiyalashning eng muhim vositasidir, mehnat odamning jismoniy kuchlarinigina emas, aqlini ham o‘stiradi.
Bilish sezgi organlari orqali idrok qilishdan boshlanadi va tasavvurlarni qayta ishlash yo‘li bilan g‘oyalar darajasiga ko‘tariladi, g‘oyalar esa, garchi ravshan bo‘lmasa ham odamning ongida tarkib toptiruvchi kuch tariqasida mavjud, lekin o‘zining namoyon bo‘lishi va jonlanishi uchun sezgilar yetkazib beruvchi materialga muhtojdir.
Pestalotsining dunyoqarashi insonparvarlik va demokratik intilishlar ruhi bilan sug‘orilgan hamda ba’zi bir materialistik davolarni va dialektik qoidalarni o‘z ichiga olgan edi.
Tarbiyaning maqsadi va mohiyati. Pestalotsining fikricha, tarbiyaning maqsadi odamning barcha tabiiy kuclilarini va qobiliyatlarini o‘stirish, o‘stirganda ham har tomonlama va bir-biriga uyg‘un ravishda o‘stirishdir. Tarbiyaning bolaga ko‘rsatayotgan ta’siri uning tabiatiga uyg‘un bo‘lishi lozim.
Pestalotsi tarbiyaning mohiyati to‘g‘risidagi tasavvurga asoslanib, insonning kuchini inson tabiati bilan muvofiqlashtirib, o‘stirishga yordam beradigan metodlarni yaratishga intiladi.
Bolani tarbiyalashni,- deydi u, - tug‘ilgan kunidanoq boshlash lozim: «Bola tug‘ilgan soat — unga ta’lim berishning birinchi soatidir». Chinakam pedagogika onani to‘g‘ri tarbiyalash metodlari bilan qurollantirishi kerak. Pedagogika san’ati esa shu metodikani har bir ona, jumladan, oddiy dehqon ayoli ham egallab oladigan qilib soddalashtirib berishi lozim. Oilada tabiatga muvofiq tarzda boshlangan tarbiya maktabda ham davom ettishi lozim.
Barcha insoniy kuchlar va imkoniyatlar eng oddiy narsalardan rivojlana boshlaydi va asta-sekin murakkab darajaga ko‘tariladi. Tarbiya ham ana shu yo‘ldan borishi lozim.
Har bir bolaga xos bo‘lgan tug‘ma kuch va qobiliyatlarni tabiiy tartibga muvofiq holda o‘stirish kerak.
Elementar ta’lim nazariyasi. Pestalotsining elementar ta’Iim nazariyasi jismoniy tarbiyani, mehnat tarbiyasini, axloqiy va estetik tarbiyani hamda aqliy tarbiya va o‘qitishni o‘z ichiga oladi. Tarbiyaning mana shu jihatlarini Pestalotsi bir-biriga bog‘lab olib borishni taklif qildi, mana shunday tarbiyalash natijasidagina insonning hamma jihatlari bir-biriga uyg‘un bo‘Iib kamol topishini ta’minlash mumkin, dedi.
Jismoniy tarbiya va mehnat tarbiyasi. Pestalotsi bolaning barcha jismoniy kuchlari va imkoniyatlarini o‘stirishni ularni jismoniy jihatdan tarbiyalashning maqsadi deb, bolaning harakatga, o‘ynashga, bir joyda o‘tirib qolmaslikka, hamma narsaga yopishishga, hamisha harakatda bo‘lishga majbur qiluvchi tabiiy intilishini jismoniy tarbiyalashning asosi, deb hisobladi.
U inson shaxsini kamolotga yetkazishda jismoniy tarbiyaga juda katta ahamiyat beradi va uni bolalarning o‘sishiga kattalarning oqilona ta’sir ko‘rsatish, deb hisobladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, o‘qitishni unumli mehnat bilan qo‘shib olib borish Pestalosining pedagogik tajribasi va nazariyasidagi asosiy qoidalardan biri bo‘ldi.
Axloqiy tarbiya. Pestalotsi tarbiyaning asosiy vazifasi — kelgusida ijtimoiy hayotda qatnashib foyda yetkaza oladigan va hamma jihatlari uyg‘un bo‘lib kamol topgan inson yetishtirishdir, deb biladi. Bolani boshqalarga foyda keltiradigan ishlarda muttasil jalb qilish yo‘li bilan uning axloqi voyaga yetkaziladi. Pestalotsining fikricha, bola organizmning kundalik ehtiyojlarini qondirish asosida bolada onaga nisbatan tug‘ilayotgan mehr-muhabbat axloqiy tarbiyaning eng oddiy elementidir. Bolaning axloqiga oilada asos solinadi. «0ta-onaning uyi, — deydi Pestalotsi, — axloq maktabidir!». Bolaning onaga bo‘lgan muhabbati asta-sekin oilaning boshqa a’zolariga ham o‘tadi.
Aqliy ta’lim. Pestalotsining aqliy ta’lim to‘g‘risidagi ta’limoti boy va mazmunli ta’limotdir. Pestalotsi insonning hamma jihatlarining bir-biriga uyg‘unlashib kamolga yetishi to‘g‘risidagi asosiy g‘oyasiga tayanib, aqliy ta’limni axloqiy tarbiya bilan bog‘lab olib borish kerakligini talab qiladi. Har qanday ta’lim kuzatishga va tajribaga asoslanishi hamda xulosalar va umumlashmalar darajasiga ko‘tarilishi lozim, deydi. Pestalotsi kuzatishlar natijasida bolada ko‘rish, eshitish sezgilari va boshqa sezgilar hosil bo‘ladi, bu sezgilar bolada fikrlash va so‘zlash ehtiyojini tug‘diradi, deydi.
Odamning sezgi a’zolari yordamida tashqi dunyo to‘g‘risida hosil qilgan tasavvurlari dastlab ravshan va aniq bo‘lmaydi. Ta’limning vazifasi ham shundan iboratki, u mana shu tasavvurlarni tartibga solishi va aniqlashi, ravshan tushunchalar darajasiga yetkazishi, «tartibsiz tasavvurlarni ravshan tasavvurlarga va ravshan tasavvurlarni ochiq ko‘rinib turgan tasavvurlarga» aylantirishi kerak. Ta’lim, birinchidan, o‘quvchida o‘zining sezgi a’zolari vositasi bilan hosil qilgan tajribalar asosida bilimlar zaxirasini to‘plashga yordam beradi, ikkinchidan, bolaning aqliy qobiliyatini o‘stiradi.
Pestalotsi ta’limni soddalashtirishga va psixologiya negiziga qurishga intilib, narsalar va bular to‘g‘risidagi har qanday bilimning eng oddiy elementlari bor, odam shu elementlarni o‘zlashtira borib, o‘z atrofidagi olamni bilib oladi, degan fikrga keldi. U son, shakl va so‘zni mana shunday elementlar deb hisobladi. Pestalotsi o‘z zamonidagi boshlang‘ich maktabda o‘qitishning mazmunini tubdan o‘zgartiradi, o‘qitiladigan darslar qatoriga o‘qish, yozish, arifmetikani va geometriyaning boshlang‘ich qismlarini, o‘lchash, rasm chizish, ashula, gimnastika, geografiya, tarix va tibbiyotga doir eng zarur bilimlarni kiritdi. Shunday qilib, Pestalotsi boshlang‘ich maktabning o‘quv rejasini ancha kengaytirdi va bu maktabda o‘qitishning yangi metodikasini vujudga keltirdi. o‘qitish metodikasi bolalarni bilimlar bilan boyitishga hamda ularning aqliy kuchlarini va qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.

Download 5,55 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   150




Download 5,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qadimgi yunon va rim faylasuflarining tarbiya to‘g‘risidagi fikrlari

Download 5,55 Mb.