|
A.Distervegning didaktik g‘oyalari
|
bet | 89/150 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 5,55 Mb. | | #255011 |
Bog'liq Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi peA.Distervegning didaktik g‘oyalari
Atoqli nemis pedagogi Fridrix Vilgelm Adolf Disterverg 1790-yil Vestfaliyadagi Zigen sanoat shaharchasida huquqshunos oilasida tug‘ildi. Disterverg o‘zi o‘qigan maktabidagi dogmatik ta’limiga umrbod nafrat bilan qaraydi. 1808-yil Disterverg Gerborn universitetiga o‘qishga kiradi, u yerda matematika, falsafa va tarixni chuqur o‘rganadi, so‘ngra Tbigen universitetiga o‘qishni o‘tkazadi va 1811-yili shu universitetni tamomlaydi. Ozgina fursatda o‘z ustida tinmay ishlab falsafa fanlari doktori unvonini oladi. Disterverg talabalik chog‘idayoq Russo,8 Pestalotsining pedagogika sohasidagi g‘oyalari bilan tanishadi. 1813-1818-yillari Frankfurt Mayn shahridagi namunali maktabda o‘qituvchilik qiladi. Disterverg shvetsariyalik olim Pestalotsining ilg‘or pedagogik qarashlariga astoydil muxlis bo‘lib qoladi.
U xalqiga ma’rifat - ziyo nurini tarqatuvchi fidoyi murabbiy, ustoz bo‘lishga qaror qiladi. Dastlab, Myors-Reynda, so‘ngra esa Berlinda o‘qituvchilarni tayyorlash maktabiga boshchilik qiladi. Disterverg pedagogika, matematika va nemis tilidan tayyorlov guruhlariga dars beradi. Boshlang‘ich tajriba maktablarida ham o‘qituvchilik qiladi. 1835-yili «Nemis o‘qituvchilarini o‘qitish uchun qo‘llanma» degan kitobini nashr qildiradi. Matematika, nemis tili, geografiya, astronomiyaga doir yigirmadan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr qiladi.
Disterverg 1827-yildan to umrining oxirigacha «Tarbiya va ta’lim uchun Reyn varaqlari» degan jurnal chiqarib turdi. Shu jurnalda pedagogikaning turli muammolariga bag‘ishlab 400dan ortiq maqolasi nashr qilindi. Boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini tayyorlash ishini tubdan yaxshilash uchun kurashdi. Disterverg umuminsoniy tarbiya g‘oyasini himoya qilib chiqadi, shu g‘oyaga tayanib pedagogika masalarini yuqori pog‘onaga ko‘taradi. Uning fikricha, maktabning vazifasi «chinakam prussiyaliklar» emas, balki insonparvar kishilar va ongli fuqarolarning tarbiyalab yetishtirishdir. Odamlar insoniyatga va o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbat bir-biriga chambarchas bog‘langan holda rivojlanishi lozim.
«Inson - mening nomim, nemis - mening laqabimdir» deydi. Disterverg Pestalotsi singari, tabiyaning eng muhim prinsipi tabiatga uyg‘un bo‘lishidir, deb hisoblaydi.
Disterverg rivojlanib boruvchi ta’lim didaktikasini yaratdi, bu didaktikaning asosiy talablarini ta’limning 33 qonuni va qoidasini bayon qilib berdi. Mustahkam o‘zlashtirishga o‘sha vaqtdayoq ko‘p e’tibor beradi. «O‘quvchilar bilan birga adolatli bo‘lishi shundagina o‘quvchilar orasida obro‘ qozonishi mumkin deydi». Distervergning rivojlantirib boruvchi ta’lim didaktikasi va uning darsliklari boshlang‘ich ta’lim maktablarini taraqqiy ettirishda katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning g‘oyalari XIX asr o‘rtalarida Rossiyada ham keng tarqaldi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida fan va texnika o‘sib bordi va XX asr boshlariga kelib moliya kapitalining hukmronligi o‘rnatildi. Yirik taraqqiy etgan mamlakatlar (AQSH, Angliya, Fransiya, Gemaniyada) maktab ta’limini kengaytirishga va yaxshilashga majbur bo‘ldi, chunki u ishlab chiqarishda ishlaydigan, murakkab mashinalarni ishlata oladigan savodli ishchilarga muhtoj edi. Shu bilan bir vaqtda ishchilarning soni ko‘paya bordi, uning hukmron sinflarga qarshi olib borayotgan tashkiliy kurashi mustahkamlana bordi. Ishchilar sinfi maktab va maorifni xalq manfaatlarini ko‘zlab qayta qurishni zo‘r berib talab qildi. O‘sha davrdagi sotsial-demokratlar davrning ilg‘or kishilarining ta’limotiga amal qilib, mehnatkashlarni ma’rifatli qilish va ularnig bolalariga haqiqiy bilim berish uchun faol kurash olib bordilar.
Fransuz sotsialisti P. Lafarg Parij komunasini ishchilarning birinchi hukumati deb va uning maorif sohasidagi tajribasini qizg‘in tabrikladi. U proletariatning dushmani bo‘lgan ideoliglarga qarshi, dinga qarshi maktab ta’limini to‘a ravishda dunyoviylashtirish uchun, xalq bahramand bo‘ladigan maktab uchun butun hayoti davomida kurashdi. Germanya sotsial-demokratlaridan biri bo‘lgan A.Bebel ham ishchilarning ilm olishini qattiq himoya qilgan. Bebel nazariyaga juda katta ahamiyat berib, ishchilarga chinakam ilmiy asosda keng va chuqur ilm berishni talab qildi va insoniyatning ma’lum qismi bo‘lgan xotin-qizlarning ham manfaatini himoya qildi. Atoqli sotsial-demokratiyasining mashhur arbobi Klara Setkin XIX asirning 80-yillaridan boshlab ishchilarni bilimli bo‘lishi uchun xotin-qizlarni kapitalizm kishilaridan qutqarish uchun yangi maktab uchun otashin kurashdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida burjua pedagogik nazaariyalari juda xilma-xil bo‘lsa ham, lekin bu nazariyalarning hammasining ham vazifasi bir tomondan, ommaga ta’lim berish ishlarini burjuaziyaning manfaatlariga muofiqlashtirishni asoslab berishdan, ikkinchi tomondan esa hukmron sinf bolalariga jamiyatda va davlatda rahbarlik mavqeini egallashlariga yordamlashishdan iborat bo‘ldi. Yirik burjuaziyani qanoatlantiradigan maktablar vujudga keltirish maqsadida yangi maktablar deb ataluvchi pedagogik oqim paydo bo‘ldi va keng yoyildi. Jenvada «Yangi maktablarning» xalqaro birlashmasi tuzildi va Angliya, Fransiya, Belgiya, Shveysariya, AQSH hamda boshqa mamlakatlarda ochilgan shu tipdagi maktabga nisbatan qo‘yiladigan umumiy talablarni tariflab berdi. Internat tipidagi o‘quv yurti bo‘lgan bu yangi maktablar xususiy kishilar burjua pedagogika tashkilotlari tomonidan ochilmoqda edi Yangi maktablarnig xarajati va ularga to‘lanadigan haq odatda juda katta bo‘lganligi uchun, bu haqni to‘lash uchun faqt badavlat kishilargina qodir bo‘lar edi. Bu maktablarda ta’lim va tarbiyaning yangi»erkin va aktiv «qo‘llanilar edi. Yangi maktablarning mashhur nazaryachisi bo‘lgan Shveysarilik pedagog A.Fererning aytishicha «yangi maktablar» amaliy pedagogikaning labarotoriyasidir. Bu maktablarda bolalarning yodlab olingan bilimlar bilan to‘ldirish o‘rniga, ularning fikrlash qobilyatini umumiy o‘stirish yo‘li bilan ta’lim berishga harakat qilinadi. Ferer yangi maktablarda o‘quvchilarnig yosh xususiyatlarini sinchiklab hisobga olib borish, har bir o‘quvchiga individual ta’lim va tarbiya berish uning ijobiy sifatlarini topish va bu sifatlarini o‘stirish zarur deb hisoblaydi. Ammo bu maktablarda mavjud tartib oldida bo‘ysunishga, shovinizmga o‘rgatdilar nodon xalq uchun din kerak, diplomsiz yashash mumkin emas deb ta’lim beradilar.
XIX asrning 90-yillarida AQSH da pragmatizm falsafasi degan yangi falsafa dunyoga keldi va keng rivojlandi Pragmatizmning nazariyachilari bizning falsafamiz idealizmdan ham materializmdan ham yuqori turadi obyektiv haqiqat yo‘q va odam unga yaqinlasha olmaydi deb davo qildilar.
Pragmatizm yunonchada «ish, amal, tajriba» so‘zidan olingan bo‘lib, amaliyot falsafasi demakdir. Pragmatizm materializmni ham idealizmning ham metafizikasini masxara qilib kuldi, tajribani va faqat tajribani ko‘klarga ko‘tarib maqtadi, birdan bir kiriteriya deb tajribani oladi umuman pozitizm oqimini asos qilib oladi. Pragmatistlar haqiqatning kriteriyasi maydoni deb foydani tan oladilar shu bilan birga foydaning ahamiyati ichki qanoatlantirish yoki o‘z-o‘zini qanoatlantirish bilan belgilanadi deb ta’kidlaydilar. Djon Dyui (1859-1952) amerikalik filosof hozirgi zamon progmatizm oqimlaridan biri bo‘lgan instrumentalizmning ko‘zga ko‘ringan namoyandasidir. Dyuining pedagogika masalalaridagi qarashlari uning butun umri davomida bir necha marotaba o‘zgargan bo‘lsada, lekin uning asosi o‘zgarmasdan qolaverdi. Dyuining XIX asr oxiridagi maktabni tanqid qilib aytgan gaplarini ko‘p kishilar umuman burjua maktabiga nisbatan opazitsiya deb pedagogika sohasiga jumladan mehnat asosiga qurilgan tarbiya va maktabni turmush bilan bog‘lash sohasidagi yangi fikr deb yurdilar. Dyuining fikrlaridan ba’zilari 30-yillar boshigacha bo‘lgan sobiq sho‘ro maktabining tajribasida qo‘llanildi. Dyui bolaning o‘sishida irsiyatga katta ahamiyat beradi. Uning so‘zi bilan aytganda, indivi- dumdagi aqliy va jismooniy xususiyatlarning majmui irqning o‘ziga xosdir va nasldan naslga o‘taveradi degan qoidani irsiyat nazariyasi hamma e’tirof qilgan qoidaga aylantirdi. Djon Dyuining ta’kidlashicha tarbiya irsiyatga suyanishi hamda bolaning manfaatlaridan va amaliy tajribasidan kelib chiqishi lozim.
Tarbiya shu tajribaning kengayib chuqurlashib borishidir. Tarbiya markazidagi figura bolaning o‘zidir u bamisoli quyoshdirki pedagogik jarayon uning atrofida aylanadi. Hamma gap bolaning o‘zidadir. Uning kuchi ro‘yobga chiqishi qiziqishlari qondirilishi qobiliyati esa mashq qildirilishi kerak. Dyuining pedagogik jarayonda bolaga ko‘proq e’tibor berilishi va o‘qishni faqat bolaning manfaatlarini ko‘zda tutgan holda yo‘lga qo‘yishga dav’at etishi oqibati natijasida sistematik ta’limdan voz kechishga, bolalarni tarbiyalashda ularni jiddiy va muntazam bilimlar bilan qurollantirishga qarshi chiqishga olib keldi. Dyui sistematik bilimlarga yetarlicha ahamiyat bermay biror ish qilish vositasi bilan o‘qitshning o‘zini bolalarning turmushi bilan bog‘lashi mumkin deb hisobladi. Mehnat bilan shug‘ullanish deydi Dyui maktab hayotining ochiqdan-ochiq markazi bo‘lib qolmoqda. Madomiki turmushda mehnat xilma-xil ekan deydi Dyui o‘quvchilar ham mehnatning xilma- xil formalari bilan tanishishlari lozim. Ularning ishlari xilma-xil bo‘lishi polizda, bog‘da, oshxonada zamonaviy mashinalar bilan uskunalangan turli sanoat ustaxonalarida bajarilishi lozim. Mashg‘ulotlarni biror topshiriq bilan masalan, kichikroq uy qurish ishi bilan bog‘lab olib borishi kerak, bunday sharoitda bolalar dastlab mashtabga qarab plan chizish bilan shug‘ullanadilar arifmetika darslarida shu uyni qurish ucun kerakli materialning qiymatini hisoblab chiqadilar til darsida uyga taalluqli so‘zlarning imlosini organadilar rasm solish va loydan turli buyumlar yasash darsida har xil buyumlar yasaydilar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida pedagogika sohasida bir qancha nazariyalar, paydo bo‘ldi, bu nazariyalar g‘arb mamlakatlaridagi pedagoglarga o‘z ta’sirini XX asrning dastlabki o‘n yillarida ham o‘tkazib keldi. Djon Dyuining fundamental g‘oyalariga bugungi kunda ham ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda tayanilmoqda.
|
| |