• Kalit so‘zlar
  • ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
  • ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES) Igi.global.com Wikibooks.org Studysmarter.co.uk
  • Xalqaro media-zamonaviy jurnalistikaning bo‘G‘ini sifatida




    Download 19.42 Kb.
    Sana28.02.2024
    Hajmi19.42 Kb.
    #163823
    Bog'liq
    XALQARO MEDIA TEZIS
    chingiz iakt, ona tili, Art, Alisher Navoiyning Mezon ul avzon -fayllar.org — копия, 11-sinf-ingliz-tili-ish-reja, Fayllar bilan ishlashda . belgisi nimani bildiradi diskdagi b-fayllar.org, 3-lab, 1, Bu dastur O, Amaliyotda ma, O, BOZOR SEGM ENTATSIYASI VA TOVARNI BOZORDA POZITSIYALASHTIRISH, 11-mavzu.ma\'ruza (1), 2-topshiriq1

    XALQARO MEDIA-ZAMONAVIY JURNALISTIKANING BO‘G‘INI SIFATIDA”

    Sevara Eshonqulova Otajon qizi


    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti,
    jurnalistika fakulteti 4-bosqich talabasi
    eshonqulovasevara@56gmail.com

    ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada zamonaviy jurnalistikaning o‘zgachaligi bilan bir qatorda, uning tobora rivojlanishiga turtki bo‘layotgan vositalar, jumladan xalqaro media obyekt sifatida tanlanib, tahlilga tortildi. Bugungi asr mohiyatiga monand ravishda, xalqaro medianing ahamiyati, ommaga ta’sir qilish kuchi muhokama qilindi.
    Kalit so‘zlar: Xalqaro media, raqamli texnologiya, global auditoriya, global axborot
    KIRISH (INTRODUCTION). Bugungi hayot tarzimiz so‘nggi yigirma yillik o‘tmish bilan taqqoslaganda, sezilarli darajada o‘zgardi, deyishimiz mumkin. Avvallari, insonning jismoniy kuchisiz amalga oshirib bo‘lmaydigan ishlarni, bugun robotlar amalga oshirmoqda. Kommunikatsiya vositalarining texnologiya bilan o‘rin almashishi, kasb-hunarlarning ham ayni davr qurilmalariga uzviy bog‘liq bo‘lgan yangi ko‘rinishlari ham paydo bo‘lmoqda.
    Jurnalistika sohasining zamonaviy ko‘rinishi ham, yuqoridagi o‘zgarishlarga va ommaning tobora komfort hayotga intilayotgani sabablidir. Axborotlar “chaqalik gazeta” lar davrida, televizorning kashf etilishi davrida va bugungi global axborot almanishish davrida bir xil bo‘lgan deya olmaymiz. To‘g‘ri axborot nimanidir e’lon qilish, tarqatish va bildirishga tayanadi ammo, uning ilk ko‘rinishlari cheklanmagan, geografik chegaralarni kesib o‘tadigan va inson xohishiga ko‘ra uzatiladigan bo‘lmagan. Natijada, odamlar axborotlarni ham saralab, xohishlaridan kelib chiqib tanlaydigan yoki aksincha, umuman tanlamasliklari ham mumkin. Ular shu qulay va talabdagi axborot uchun haq ham to‘lashadi.
    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Globallashuv jarayonining zamonaviy jurnalistikaga ta’siri natijasida, auditoriya ko‘proq global miqyosdagi siyosiy, ijtimoiy axborotlarni bilishga, o‘rganishga va fikr bildirishga harakat qilmoqda. Nafaqat tahliliy qarashlarni shakllantirish uchun balki ko‘ngilochar mavzudagi materiallar ham ular tomonidan ijobiy qabul qilinishi, fikrimizning dalilidir. Aynan mana shu sabab zamonaviy jurnalistikada xalqaro medianing paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Xo‘sh xalqaro media nima? Xalqaro media – nazariy ma’lumot va axborotlarning, texnologiyalar bilan birlashishi, hisoblanadi. Xalqaro mediani an’anaviy yoki raqamli texnologiyalar orqali tarqatish va qabul qilish mumkin. Uning ustunlik tarafi shundan iboratki, muvaffaqiyatli tayyorlangan xalqaro darajadagi media mahsulotingiz, keng diapazonli bo ‘lib, qorong ‘u yerlardan tortib, cheksiz adirlikkacha bo ‘lgan hududlarga ham kirib bora oladi. Bu esa tarqatuvchi axborot egasining, muntazam auditoriyasi qatlamida nafaqat mahalliy va regional balki mintaqaviy va global auditoriyaning faol oqimini boshqarishi va bu axborot evaziga iqtisodiy tomondan foyda ko ‘rishi ham mumkin.
    Zamonaviy jamiyatda, turmush tarzi aspektlari - moda, savdo markazlari madaniyati, istirohat bog‘lari, avtomashinalarga egalik qilish, turizm va boshqa geografik jihatdan bir-biridan juda uzoqda joylashgan mamlakatlarda “almashinish” yuzaga keladi. Xalqaro media Entoni Giddensning fikriga ko‘ra: “Global dunyoqarash”ni rivojlantirishga yordam beradi va odamlar global auditoriyani tanib olishlari va ular bilan bog‘lanishlari mumkin. U global o‘ziga xoslikni yaratish jarayonini osmopolitizm deya ta’riflaydi1.
    MUHOKAMA. Xalqaro media dunyoning har bir burchagiga yetib boruvchi keng turdagi ommaviy aloqaning barcha shakllarini qamrab oladi. Masalan, gazeta, radio, televizorning raqamli ko ‘rishi, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy aloqaga xos kompaniyalar va hokazolar.
    Xalqaro media mahsulotlariga, yaqin kelajakdagi yangi va shov-shuvli telekompaniyalar, shuningdek, “Big Brother” , “Who wants to be a millionaire” kabi auditoriyasi butun dunyo bo’lgan shou, ko‘rsatuvlarni ham kiritib o‘tish mumkin.
    Xalqaro media chegaralarni faqat auditoriya talabi uchun buzib o‘tuvchi kuchga egadir. Har bir mamlakatda butun dunyo bo‘ylab ko‘rsatuv va filmlarning istalgan turi va janrini tomosha qilish imkoniyatini beruvchi Netflix ni xalqaro medianing eng yuksak namunasi sifatida keltira olamiz.
    XULOSA. Global ahamiyatga ega bo ‘lgan axborotlar bir qarashda zamon talabi bo ‘lib ko ‘rinishi mukin, ammo u zamonaviy auditoriyaning ham talabidir. Har bir o ‘zgarishning ijobiy va salbiy tomonlari bo ‘lganidek, albatta xalqaro media mahsulotlarining ham, salbiy ta’siri mavjud.
    Giddensning ta’kidlashicha, global media odamlarning o’zlarining an’anaviy qadriyatlari, diniy e’tiqodlari, nikohlari, gender rollari va boshqalarni faol ravishda shubha ostiga qo’yish fenomenini anglatadi. Olim o‘zining qarashlarida, qadriyatlarning o‘zgarishi yoki batamom yo‘q qilinishi, diniy e’tiqodlarni kuchaytirish yoki so‘ndirish, nikohning ham ayni davr ko‘rinishiga o‘zgartirish kabilarni nazarda tutmoqda. Ya’ni xalqaro media mahsuloti bir vaqtning o‘zida ham o‘ldirishi yoki ham qayta dunyoga keltirishi mumkin. Ulrich Beckning qarashicha, global ongning shakllanmasligi sababli, terrorizm, milliy mojarolar, yadroviy urushlar va boshqa global muammolar dunyoning turli mamlakatlarida yashovchi aholiga tahdid soladi. Bu esa, ularda vahima, ortiqcha qo ‘rquv, bir tomonlama tarafdorlik, xolis fikrning tarqoqlashishiga olib keladi.
    ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES)

    • Igi.global.com

    • Wikibooks.org

    • Studysmarter.co.uk



    1 Bu yerda osmopolitizm ga ta’rif keltirilishi kerak.

    Download 19.42 Kb.




    Download 19.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalqaro media-zamonaviy jurnalistikaning bo‘G‘ini sifatida

    Download 19.42 Kb.