Xalqaro munosabatlar




Download 432,27 Kb.
bet2/2
Sana01.04.2020
Hajmi432,27 Kb.
#9596
1   2

Ruminiyada kommunistik rejimning qulashi jiddiy harbiy to‘qnashuv oqibatida yuz berdi. 1989-yil dekabrda Timishoara shahrida aholining N. Chaushesku rejimiga qarshi tinch namoyishi Ruminiya maxfiy xizmati xodimlari tomonidan o‘qqa tutilishi mamlakat bo‘ylab qo‘zg‘olonning boshlanishiga olib keldi. Armiya qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tdi. Bir nccha ming kishilik olomon tank qismlari yordamida Davlat kengashini qamal qildi. Qo‘zg‘olon N. Chaushesku va uning rafiqasini sud qilish, sudning hukmiga ko‘ra otib tashlash jarayoni bilan tugadi. Qo‘zg‘olonda mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi. Hokimiyat qo‘zg‘olon kunlari tashkil qilingan Milliy qutqarish fronti qo‘liga o‘tdi. Qo‘mita raisi bo‘lgan Ion Iliyesku 1990-yilgi saylovlarda mamlakat prezidenti etib saylandi.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng muhim voqealardan biri Germaniyaning birlashishi bo‘ldi. 1980-yillar oxirida Germaniya Demokratik Respublikasida ijtimoy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz avj olib,1989-yil noyabrda ikki nemis davlatini ajratib turgan Berlin devorining qulashiga olib keldi. Bu amalda ikki Germaniya o‘rtasidagi chegaraning ochilishi edi. 1990-yil sentabr oyida Moskvada ikki nemis davlatini bitta Germaniya Federativ Respublikasiga birlashtirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Sharqiy Yevropa mamlakatlari X X asr oxiri — X X I asr boshlarida. Asosan tinch yo‘l bilan amalga oshirilgan demokratik inqiloblar natijasida Sharqiy Yevropa davlatlari rivojlanishning iqtisodiy va siyosiy yo"nalishi qilib Yevropa Ittifoqini tanladi. Sharqiy Yevropaning ko‘pchilik davlatlari NATOga a’zo bo‘ldi.

Bozor iqtisodiga jadal o‘tish bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Inflatsiya darajasi va ishsizlikning oshishi, turmush darajasining pasayishi, jamiyatning boylar va ko‘p sonli o‘ta kambag‘allarga ajralishi kuzatildi. Natijada, islohotlar uchun javobgar bo‘lgan hukumatlarni aholi qoilamay qo‘ydi. Polshada ijtimoiy muhitning o‘zgarishi natijasida 1990-yillarning eng mashhur siyosatehilaridan biri Lex Valensa prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchradi. Kuchli mafkuraviy bosimga qaramasdan, so‘llar Litvada, keyinchalik Albaniyada hokimiyatga keldi.



O`zgarishlar boshqa Yevropa mamlakatlaridagiga nisbatan Yugoslaviyada biroz murakkab kechdi. Oltita respublikadan tashkil topgan Yugoslaviya Federativ Respublikasida sotsialistik tuzumning qulashi millatchi va ayirmachi kuchlarning faollashuvi uchun imkoniyat yaratdi. Oqibatda 1991 — 1992-yillari Yugoslaviya
Download 432,27 Kb.
1   2




Download 432,27 Kb.