• ichki azolar holatlarini inikos etuvchi hamda retseptorlari ichki azolarida, toqimalarida joylashgan sezgilar, yani interoretseptiv sezgilar;
  • tashqi kuch-quvvatni asab jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya'ni retseptordan




    Download 8,15 Mb.
    bet2/3
    Sana19.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #101228
    1   2   3
    Bog'liq
    Shahrizoda bolalar psixologiyasi

    tashqi kuch-quvvatni asab jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya'ni retseptordan;
    analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog'lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o'tkazuvchi asab yo'llaridan;
    periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po'stlog'idagi qismlaridan iboratdir.
    Boshqacha aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko'z, quloq, teri, burun kabilar), ta'sirotni eltuvchi (affe­rent), javob qaytaaivchi (efferent) nerv tolalari, analiza­torlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorini tashkil qiladi. Jahon psixologiyasi fani so'nggi yutuqlari hamda atamalariga qaraganda sezgilar quyidagicha tasniflanadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko'rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga tegishlidir): 1) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyat­larini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga gavdaning tashqi qismiga joylashgan sezgilar, ya'ni eksterio-retseptiv sezgilar (retseptorlar);
    ichki a'zolar holatlarini in'ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki a'zolarida, to'qimalarida joylashgan sezgilar, ya'ni interoretseptiv sezgilar;
    gavdamiz va tanamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot beruvchi, muskullarda, bog'lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioretseptiv sezgilar.
    Birinchi turkum sezgilarni ko'rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta'm-maza kabi turlar tashkil qiladi. Ko'rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo'lgan tovush to'lqinlaridan iboratdir. Ko'rish sezgilari bosh miya po'stlog'ining orqa bo'lagida joylashgan bo'ladi. Eshitish sezgilari bosh miya po'stlog'ining tepa burmasi qismidan joy egallagan. Teri-tuyush, harakat sezgilari bosh miya po'stlog'ini markaziy burmasi orqa qismidan o'rin olgandir. Endi sezgilarning tavsiflanishi, mohiyati va lining negiziari haqida fikr yiiritamiz. A.R.Luriyaning fikricha, interoretseptiv sezgilar as! ma'nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o'rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo'ladi. Psixologiyada mazkur sezgilarning subyektiv ravishda paydo bo'lishi yetarli darajada chuqur o'rganilmagan, shu bois uiar ,,noma'lum hislar" doirasiga kiritiigan. Ular to'g'risidagi bilimlar bilan tanishish, o'zgarishlarni tekshirish ,,kasalliklarning ichki manzarasi"ni ifodalashda muhim o'rin tutadi. Ichki a'zolarning xastaligida vujudga keluvchi mazkur holatlar ichki kasailiklarni tashxis qilishda alohida ahamiyat kasb etishi turgan gap (A.R.Luriya tadqiqotlaridan).
    Bunday xususiyatli ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyg'onadi, shuningdek, ularning ifodalanishi ham o'ziga xos shakllarga ega. Chunonchi, ular ,,oldindan his qilish" sifatida paydo bo'lib, hatto inson ularni ta'riflab berish imkoniyatiga qodir emas, ko'pincha ushbu kechinmalar tushda ayon berib, qaysidir kasallik xurujidan darak beradi, xolos. Ular insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o'zgarishida ko'zga tashlanadi, shu tufayli bola xatti-harakatining keskin o'zgarishiga sabab bo'ladi. Chunki, bola o'z tana a'zolaridagi ichki holatlarning o'zgarishini anglash, sezish, his qilish uquviga ega emas, shu bois buni undagi xatti-harakatning umumiy o'zgarishidan sezish mumkin. Bu hodisaga misol tariqasida quyidagi voqclikni keltirish mumkin: bola o'z ichki interoretseptiv sezgilarini namoyish qilish maqsadida ,,kasal" bo'lib qolgan qo'g'irchog'ini parvarish qila boshlaydi. Interoretseptiv sezgilarning obyektiv ahamiyati juda yuqori, chunki ular ichki jarayonlarning o'zaro o'rin almashish balansini ta'minlab turish asosi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ular organizmdagi jarayonlarni o'zaro o'rin almashib turishining gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Ichdan paydo bo'ladigan signallar xatti-harakatni vujudga keltiradi, stress, zo'riqish, affekt holatlarini yo'qo-tishga, pasaytirishga, paydo bo'layotgan mayllarni esa qoniqtirishga yo'naltiradi. Oqibatda, tana ichki a'zolari faoliyatining izdan chiqish holati yuz berishi mumkin. Shu sababli tibbiyot psixologiyasida interoretseptiv sezgilar ham muhim o'rin tutadi. Somatik va visperal jarayonlar, ruhiy holatlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish imkonini yaratadi.
    K.M.Bikov, V.N.Chernigovskiylar tomonidan interotseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interotsepsiya bilan birgalikda atroflicha o'rganilgan. Bularning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqqan holda sharhlab berilgan. Proprioretseptiv sezgilar tana dvigatel apparatining va gavdaning fazodagi holati to'g'risida signallar bilan ta'minlab turadi. Ular inson harakatining regulatorini va afferent asosini tashkil qiladi. Periferik retseptorlar muskullarda, paylardava bo'g'imlarda joylashgan bo'lib, maxsus tanacha shakliga egadir. Mazkur tanachalar Puchchini tanachalari deb ataladi. Tanachalarda vujudga keluvchi qo'zg'atuvchilar muskullarning taranglashuvi natijasida va bo'g'imlar holatining o'zgarishida, nerv tolalari yordamida orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqliklarga yetkaziladi. Qo'zg'ovchilar Burdak va Goll yadrosining quyi bo'limlariga yetib keladi va undan po'stloq osti tugunlaridan o'tib, bosh miya katta yarim-sharining qorong'ilashgan zonasida o'z harakatini yakunlaydi. Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.A.Orbeli, P.K.Anoxin (hayvonlarda), N.A.Bern-shteyn (odamlarda) o'rganganlar.
    Psixologik ma'lumotlarga ko'ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik sczgilarda o'z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo'lib, o'zaro bir-biriga perpendikular bo'shliqda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining o'zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi:

    Download 8,15 Mb.
    1   2   3




    Download 8,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    tashqi kuch-quvvatni asab jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya'ni retseptordan

    Download 8,15 Mb.