|
Xalqaro Nordik universiteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
|
Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 82,15 Kb. | | #135194 |
Bog'liq sog\'lom , To\'g\'ri ovqatlanishni tashkil etish
Xalqaro Nordik universiteti
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
1-kurs talabasi
Mo’minova Shoiraning
Maktabgacha ta’limda sog’lom ovqatlanish texnologiyasi fanidan
Bajargan 2-topshirig’i
Bolalarni to’g’ri ovqatlantirish xususiyatlari
Men ushbu esseni yoritar ekanman birinchi topshiriq yuzasidan olgan bilmlarim va darslarda o’zlashtirgan axborotlarimdan foydalangan xolda , hayotimdagi farzandlarimga bajaradigan amalyotlarim bilan ochib bermoqchiman . bizning kelajagimiz bo’lmish yosh avodlarimizni jismonan sog’lom , ma’nan yetuk, aqilli, bilmli va har tamonlama kamol topishlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’rni beqiyos deb o’ylayman. Sababi biz tarbiyachilar bolalarimizning kunlik faoliyatining 80 foizi tashkilotda o’tadi deb hisoblasak ularning nafaqat ta’lim tarbiya jixatdan, dam olishi, uyqu, ovqatlanishi, o’yin o’ynash kabi mashg’ulotlariga ham alohida e’tibor berishimiz kerak deb o’ylayman. Bizga ma’lumki bolalarni to’g’ri ovqatlantirishda DMTT tashkilotlari uchun nafaqat bog’chalar balki barchamiz uchun ham kerakli bo’lgan SaNQva N- Sanitariya Qoidalari va Normalari kabi qonun xujjati bekorga ishlab chiqilmadi va o’rganishga tadbiq etilmadi. Bu normalar bilan tanishib chiqar ekanman nafaqat to’g’ri ovqatlanish, ovqat ratsioni, maxsulotlarning taxlili va taomlar va oziq ovqat maxsulotlarini qanday saqlash kabi tushunchalar barchasi yoshma yosh ko’rsatib berilganligining guvoxi bo’ldim.
Biz farzandlarimizga to’g’ri va kerakli maxsulotlarni, sifatli va kaloriyali normadagi taomlarni berishimiz lozim bo’ladi. Ularning kunlik yosh jixatdan xisobga olib sarf etadigan kaloriyalariga mos ravishda ovqat ratsionini tashkil etishimiz maqsadga muvofiq deb o’ylayman. Bizga universitetimiz tamonidan beriladigan darslardan olgan bilmlarimni bir biri bilan bog’lagan xolda Sog’lom ovqatlanish va Yosh fiziologiyasidagi topshiriqlar yuzasidan bu jadvallarni yaxshi o’zlashtiridim. Bu nafaqat ish jarayonimda balki farzandlarimga beradigan taomlar va etiborlarimni ham kuchaytirdi. Bolalar 1-7 yoshgacha qay darajada o’sishiyu ularga qanday maxsulotlar necha gramlarda berish kerakligi haqidagi bilamlarimni orttirdim.
Farzadnlarim 2-4-5 yosh oralig’ida bo’lib ularning kunlik ertalabki ratsionlarini va kaloriyasini hisobga olgan xolda nonushta tayyorlashga o’rgandim. Farzandlarimizga bir kunda o’rtacha 4 maxal taomnoma tashkil etar ekanmiz uning 15-20 foizi ertalabki nonushtada . 40-45 foizi tushlikda 5-10 foizi 2-tushlikda ochlikni bildirmaslik, 15 foizlari esa kechki ovqatni tashkil etishi kerakligi haqida nisbiy axborotlarni oldim. Bu degani farzandlarimga kerakli maxsulotlar taxlilino tushungan xolda ertalab uyqudan turishi bilan kuchli ovqat emas kalsiyga oqsilga boy maxsulotlar, qaynatilgan tuxum, sut, tvarog, saryog’ shaker choy kabi maxsulotlardan foydalanishni o’rgandim. Tushlikda suyuq va quyuq taom qatiq bilan, salat bilan istemol qilishlariga e’tibor beradigan bo’ldim. Ikkinchi tushlik esa bolajonlarimizni ochliklarini bildirmaslik uchun tashkil etiladigan bo’lib bunda bulochka, sharbat, brinza, sir berishimiz yoki meva berishimiz maqasdga muvofiq deb o’ylayman. Kechqi ovqat kuchli emas yotish jarayonida qiyinchilik uyg’otmasligi uchun yingilroq va kam kaloriyaga ega bo’lgani maqul ekanligini bilib oldim. Sanpin qoidalarini kuzatar ekanman maxsulotlarni qanday saqlash va bolajonlarimizga torish jarayonida tozalik va estetik did muhimligiga alohida e’tibor qaratishimiz lozimligini bildim. Sababi bolajonlarimiz har biri biro lam. Ularning ishtaxalarini yaxshi bo’lishi va taomlanishda chiroyli o’tirishi bizning beradigan maxsulotlarimizning sifati va chiroyli bezatilganligiga ham bog’liq. Masalan men ertalab qaynatilgan tuxum bersam boshida farzandlarim yer edilar va ketma ket berilganda ularning medalariga tegib qoldi. Olgan bilmlarim davomida esa endi birkun qaynatilgan bulsa ikki kundan keyin qovurilgan (sir bilan amlet, yoki un bilan quymoq) tarzida berdim. Bezatilgan xolda berganimda bolajonlarimning ko’zlaridagi quvonch esa mening eng birinchi va muxim vazifam deb bilaman . xozirda uyda farzand tarbiyasi bilan shug’illanar ekanman bugungi kunda oladigan bilmlarimni yaxshi o’zlashtirishim va ish jarayoniga qaytganimda esa buni amalda qo’llashim uchun o’zimga rejalar ham tuzib bormoqdaman . bizga jonkuyar ustozimiz bergan tushunchalarni barchasini amalyotda qo’llashga xarakat qilmoqdaman . katta farzandlarim qiz ularga stol ustida serverovka qilishni o’rgatdim, kanserva bankalar ochishda undan chiqadigan ovozga e’tibor beradigan bo’ldim.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam farzandlarimizga to’g’ri ovqatlanishni tashkil etish orqali biz eng avvalo ularni sog’lom o’sishlarini ta’minlashimiz e’tibordan chiqarish mumkin emas deb o’ylayman . ularning yoshiga mos holda taomlanishni o’rgatish esa bizning vazifamiz. Axir kattalar orasida ham borku oldin iqtisod keyin siyosat – to’g’rimi. Men bu darslar davomida juda ham ajoyib axborotlarni oldim buning uchun ustozimga tashakkurlar aytaman . bergan ilmlaringiz uchun raxmat , farzadnlarimizni siz bergan bilmlar yordamida sog’lom ovqatlanishlari va sog’lom kelajak ni voyaga yetkazishda o’simning hissamni qo’shaman . tavsiyalarim esa barchaga o’z ustimizda doim ish olib borishimiz va bolajonlarimizga sifatli va tog’ri ovqatlanishni tashkil etishimiz bugunning vazifasi deb o’ylayman. Ming bor tashakkur ustoz. Fikrlarimni qo’ldan kelgancha yoritishga harakat qildim.
|
| |