|
Taqdimotda aks etishi lozim bo‘lgan jihatlar
|
bet | 6/10 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 76,8 Kb. | | #103556 |
Bog'liq Mak.ta.o\'yin tex. 2-kurs (sirtqi ta\'lim)Taqdimotda aks etishi lozim bo‘lgan jihatlar:
2. Esse yozish boʻyicha koʻrsatmalar
Esse 3 qismdan iborat bo‘lib, kirish, asosiy qism va xulosadan tarkib topadi. Esse yozishda fikrning uzviy bog‘liqligi, mavzuni ravon yoritilishi va atroflicha ochib berish talab etiladi. Essening hajmi 300-500 so‘zdan iborat bo‘lishi (kirish 50-100 ta so‘z, asosiy qism 200-300 so‘z, xulosa 50-100 ta so‘z) kerak.
Taqdim etilayotgan esse A4 formatda bо‘lib, sahifaning hamma tomonidan 2 sm joy qoldirilishi, Times New Roman yozuv turida, 14 kegl, 1 interval, 1 sm abzasda bо‘lishi va Pdf (Word) faylda platformaga yuklash talab qilinadi.
AKADEMIK FAOLIYATDAGI TARTIB-QOIDALAR
Xalqaro Nordik universiteti ta’lim jarayonida akademik halollikka katta ahamiyat beradi va plagiat, firibgarlik va boshqa akademik huquqbuzarliklarga qarshi kerakli choralar ko‘rishni nazarda tutadi.
Plagiat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Har qanday manbadan, shu jumladan barcha elektron manbalardan so‘zma-so‘z, iqtibos keltirmasdan, o‘z ishida qo‘llash.
Boshqa muallifga tegishli ilmiy-tadqiqot ishini har qanday shaklda mualliflik huquqisiz taqdim etish.
Har qanday akademik huquqbuzarliklarga imtihonda, testda, topshiriqlarda yoki hisobotlarda aldash, test yoki imtihonda boshqa talabaning o‘rniga kirish, imtihon, test yoki boshqa kurs materiallarini o‘g‘irlik, poraxo‘rlik, til biriktirish yoki boshqa noto‘g‘ri yo‘llar bilan olish kabilar va hokazo.
Yuqorida keltirilgan akademik huquqbuzarliklar sodir etilganida, talabaga nisbatan quyidagi choralar ko‘riladi:
Talaba imtihon, test yoki vazifalardan sodir etgan akademik huquqbuzarlik uchun F (0) baho oladi.
Talaba ikkinchi marta akademik huquqbuzarlik sodir etganda kursdan-kursga oqoldirilishi va transkriptida bu haqida yozib qo‘yiladi.
O‘QITUVCHINING QABUL VAQTI
O‘qituvchining qabul vaqtlari bu talabalar darsdan tashqari murojaat qilishi mumkin bo‘lgan vaqtlar. Talabalar fanni tushina olmayotgan bo‘lsalar yoki o‘zlashtirishlarini yaxshilamoqchi bo‘lsalar – o‘qituvchidan darsdan tashqari vaqt belgilashi va yo‘nalish berishini so‘rab murojaat qilishlari mumkin. Imtihonlar boshlanishiga oz muddat qolishini kutmang, u vaqt hamma uchun juda tig‘iz vaqt hisoblanadi.
QO‘SHIMCHA FIKR-MULOHAZALAR
Talabalarga fanni o‘zlashtirish hamda belgilangan topshiriqlarni bajarish jarayoni haqida kurs davomida batafsil ma’lumot berib boriladi. Bu borada har qanday muammo va masala yuzasidan belgilangan vaqtda fan bo‘yicha biriktirilgan professor-o‘qituvchilarga murojaat qilishlari mumkin.
Darslar va o‘quv materiallari borasida talabalarning ham fikr-mulohazalari muhim. Bu o‘qitilayotgan kursni yanada takomillashtirishga yordam beradi. Shuning uchun LMS tizimida fikr bildirishlari uchun forum ochib beriladi, unda talabalar kurs davomida kursning sifatini oshirish borasidagi fikr-mulohazalarini yozib qoldirishlari mumkin bo‘ladi.
|
| |