XALQARO ONLAYN ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA MATERILLARI TO‘PLAMI
94
qiziqarli bo‘ladi va emotsional holatni uyg‘otadi, bu esa bolalar ishlarining sifatiga yaxshi ta’sir etadi.
Mashg‘ulotlarda o‘yinli holatlarni tashkil etish yaxshi natijalar beradi. Bolalar bunday mashg‘ulotlarda
erkin harakat qiladilar. O‘yin usuli barcha guruhlarda qo‘llaniladi. Bu usul yordamida yengil, quvnoq
muhit yaratadi. Bolalarning mashg‘ulotga
qiziqishi ortadi, tasviriy faoliyatida ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘ladi. O‘yin shaklida o‘tadigan mashg‘ulot bolalar e’tiborini qamrab oladi, ulaming
estetik, axloqiy jihatdan tarbiyalanishlariga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Rasm, loy, qirqib yopishtirish kabi mashg‘ulorlar o‘yin bilan bog‘langan bo‘ladi. O‘yinchoqni
chizish, yasash, qirqib-yopishtirish barcha yosh guruh bolalarida zavq uyg‘otadi, o‘yinchoqlarni
tasvirlash bo‘yicha mashg‘ulotlar yil davomida bir necha bor o‘tkazilishi mumkin. Lekin
ularning
shakli turlicha bo‘lishi zarur. Bolaning hayotida mazmunli-rolli o ‘yinlar muhim o‘rin egallaydi.
Shuning uchun tasviriy faoliyatning o‘yin bilan bog‘lanishi bolalar tarbiyasida katta ahamiyatga ega.
Mazmunli-rolli o‘yinlarni mashg‘ulot mazmuniga kiritish bolaning tasvirlash faoliyatga qiziqishini,
bajarayotgan ishining sifatini yaxshilaydi.
Bolalarning tasviriy faoliyatlarini tasviriy san’at asarlari bilan uyg‘unlashtirib olib borish muhim
ahamiyat kasb etadi. Bolalar tasviriy san’at namunalarini kuzatib borar ekanlar,
ular rassomlaming
ijodi bilan kengroq tanishib qolmay, surat chizishda mazmun, rang, shakl tanlashda muhim
ko‘nikmalarni egallab oladilar, san’at go‘zalligini, boyligini ko‘ra bilishga o‘rganadilar. Shunday qilib,
maktablarda ta’lim muassasasida tasviriy faoliyatni boshqa faoliyat turlari bilan qo‘shib
olib borish
bolalar dunyoqarashini o‘stiradi va tarbiyaviy ish samaradorligini yanada oshiradi. Yana bir muhim
tomoni shundaki, o‘yinlarda, zal va guruh xonalarini bezashda bolalarning mehnati ham kerak, ya’ni
bolalarning bu jarayonda ishtirok etishi ijobiy ahamiyat ega.
Maktablarda ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyatning rasm, applikatsiya, loy
ishlari kabi ta’limiy jarayonlarida bolalar
fikr yuritishning taxlil, sintiz, takrorlash, konkretlashtirish
kabilarni o‘rganadilar. Shuningdek, bu jarayolarda
bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini
o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysindirishga o‘rganadilar. Bolalar bog‘chasida tasviriy faoliyat
mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Bular: topshiriqni tinglash va yodda tutish ma’lum vaqt orasida bajarish, o‘z ishini rejalashtirish
va baholashga, boshlangan
ishni oxiriga yetkazishga, xato va kamchiliklarini topishga va uni
tuzatishga, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan resurslar hamda ish joyini tartibda saqlash va boshqalar.
Pedagoglarning olib borgan tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki bolalar bog‘chasida ta’lim-
tarbiyaning bunday tizimi bolalarni maktabga tayyorlashga ta’sir ko‘rsatadi
Bugungi kunda jahon maktablarda ta’lim tizimida italiyalik mashhur pedagog Mariya
Montessorining o‘z davridagi butun insoniyatga quyidagi murojaati mavjud: “Bizda shunday muammo
bor, kattalar rivojlanishning diqqat markazida turadi. Agar hokimiyat e’tiborini bolalarga, ularning
qalbiga qaratsa, biz tinchlik hukm suradigan dunyoni quramiz. Bilim – tinchlik qurolidir” .
Maktablarda ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni bolalarning qobiliyati va layoqatini
har tomonlama o‘stirish, ularning shaxsini shakllantirishga qaratilgan holda tashkil etish bola faolligini
oshiradi, har tomonlama rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Mazkur jarayonning mahsuldorligi esa
pedagogning bolalarni yaxshi bilishi, ta’lim va tarbiyaning xilma-xil zamonaviy metodlarini
qo‘llashiga bog‘liq.