Xalqaro tashkilotlar




Download 3,07 Mb.
bet1/16
Sana25.05.2024
Hajmi3,07 Mb.
#253966
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2-Ma\'ruza


http://www.free-powerpoint-templates-design.com
Free Big Data
PPT Templates
Insert the SubTitle of Your Presentation

Xalqaro tashkilotlar

Xalqaro tashkilotlar


Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) 1947-yilda tuzilgan bo'lib, dunyo miqyosida standartlarni rivojlantirish, tasdiqlash va tarqatishda ishtirok etadi.
International Organization for Standardization
Elektr va elektronika muhandislari instituti (IEEE) texnologik innovatsiyalarni rivojlantirishga va energiya, sog‘liqni saqlash, telekommunikatsiya va tarmoqlarni o‘z ichiga olgan turli sohalarda standartlarni yaratish tashkiloti. (Ethernet, WLAN).
Institute of Electrical and Electronics Engineers
Internet muhandisligi ishchi guruhi (IETF) internet protokollarini rivojlantirish va standartlashda ishtirok etadigan yirik xalqaro guruh.
Internet Engineering Task Force
Elektron sanoat alyansi (EIA) tarmoq uskunalarini o'rnatish uchun ishlatiladigan elektr simlari, ulagichlar bilan bog'liq standartlari bilan mashhur.
Electronic Industries Alliance
Telekommunikatsiya sanoati assotsiatsiyasi (TIA) - radio uskunalari, uyali aloqa tayanch stantsiyalari, VoIP, sun'iy yo'ldosh aloqasi standartlarini ishlab chiqadi.
Telecommunications Industry Association
Xalqaro elektraloqa ittifoqi - Telekommunikatsiya standart-lashtirish sektori (ITU-T) aloqa standartlari bo'yicha eng yirik va eng birinchi tashkilotlardan biridir. ITU-T videoni siqish, Internet protokoli televideniyesi (IPTV) va DSL liniyalari kabi keng polosali aloqa uchun standartlarni belgilaydi.
International Telecommunication Union - Telecommunication standardization sector
OSI modeli
Modelning to'liq nomi Basic Reference Model Open Systems Interconnection model “Ochiq tizimlar o'zaro bog’lanishining asosiy etallon modeli“. Model yetti darajadan iborat.
OSI modeli 1970-yillarda ma'lumot uzatish tarmoqlarining arxitekturasi va ishlash tamoyillarini tavsiflash uchun ishlab chiqilgan.
Ma'lumotlarni uzatish jarayoni jo'natuvchi qurilmadan qabul qiluvchi qurilmaga, ma'lumotlarning uzatilishini o'z ichiga oladi. Ma'lumotlarni jo'natish va qabul qilishda yuz beradigan barcha jarayonlar yetti pog’onali OSI modeli asosida tavsiflanadi.
Yettinchi darajada axborot ma'lumotlar ko'rinishida, birinchi darajada - bit ko'rinishida ifodalanadi. Axborotning ma'lumot ko’rinishidan bit ko’rinishiga o'tish jarayoni inkapsulyatsiya deb ataladi. Inkapsulyatsiyaga teskari jarayon dekapsulyatsiya deb ataladi. Yetti darajaning har birida ma'lumotlar protokol ma'lumotlar birliklari - PDU (Protocol Data Unit) degan umumiy nom bilan ataladi.

Download 3,07 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 3,07 Mb.