• Xavflar kvantifikatsiyasi.
  • Xavflar identifikatsiyasi.
  • Xavflarni o‘rganish tartibi uch xil bo‘ladi
  • Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari
  • Xavfsizlikni taminlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish Reja




    Download 36,56 Kb.
    bet4/8
    Sana04.12.2023
    Hajmi36,56 Kb.
    #110605
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Hayot faoliyati havfsizligi mustaqil Xavfsizlikni taminlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish
    1-sinf odobnoma, Mavzu ko`chish hodisalari, yol-harakati-qoidalari-va-harakat-xavfsizligi-asoslari, kredit siyosati, bux ku, examples-1659067337616, 2-3-Amaliy mashg\'ulot-Funksiyaning hosilasi. Funksiyaning ekstremumlari, 4-5-Amaliy mashg\'ulot-Boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral, Mahsulot tayyorlash texnologiyasi amaliy Zargarlik mahsulotlaridagi bezaklarning turlari va ulardagi ramziy ma’nolar, Audit, Xorijiy investisiyalar mustaqil O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari, BOLALAR TAFAKKURI VA INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI (1), 7-Mavzu Korreksion pedagogika va inklyuziv ta’lim asoslari (1), 2 Qutblanish
    Xavflarning nomenklaturasi
    Nomenklatura - muayyan belgi, xususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxatidir. Masalan, tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlar nomenklaturasi birmuncha aniq tuzilgan. Jumladan, antibiotiklarga: tetratsiklin, ampitsilin, oksotsilin, biotsilin, sefozolin va boshqalar kiradi.
    Xavflar kvantifikatsiyasi.
    Kvantifikatsiya - murakkab tushuncha, (ofat, talafot, yong‘in, nurlanish, shamol va hokazo)larning sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishidir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli, darajali, tezlanishli (m/s, m/soat) va boshqa usullari qo‘llaniladi. Jumladan, er silkinishining kvantifikatsiyasi - ballda yoki magnitudada, shamollar - m/s, er ko‘chkilari - m/soat yoki km/soatda, kuyish, nurlanish, buzilishlar - darajali usullari qo‘llaniladi. Xavflarni baholashda esa «tavakkal» qo‘llaniladi.
    Xavflar identifikatsiyasi.
    Identifikatsiya - o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash ma’nolarini anglatadi. Masalan. dorishunoslikda birorta dori-darmonni to‘liq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib bo‘lmaydi. Jumladan, ampitsilin dorisi - uning tarkibi, kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari isbotlanishi kerak.
    Xavflarni o‘rganish tartibi uch xil bo‘ladi: I bosqich - xavflarni oldindan tahlil etish.

    1. bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar "daraxtini"(shajarasini) tuzish.

    2. bosqich - oqibatlarni tahlil qilish.

    Bu usulda "Xavflar daraxti" yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablarni hisobga olgan taqdirda tamom bo‘ladi.
    Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari
    Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari (prinsiplari) ularni amalga oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfga bo‘linadi:

    1. Yo‘naltiruvchi (taxminiy) tamoyil

    2. Texnik tamoyil

    3. Tashkiliy tamoyil

    4. Boshqaruv tamoyili

    Taxminiy tamoyillar o‘zida xavfsiz echimlarni topuvchi yo‘nalishni aniqlovchi metodologik va ma’lumot bazasi bo‘lib, xizmat qiluvchi, asos soluvchi g‘oyalarni taqdim etadi. Bunga quyidagi tamoyillar kiradi: operatorning aktivligi, faoliyatni gumanlashtirish, strukturani o‘zgartirish, operatorni almashtirish, sinflashtirish, xavfni bartaraf qilish va kamaytirish, tizimlilik va boshqalar.
    Texnik tamoyil xavfli omillarning ta’sirini bevosita oldini olishga yo‘naltirilgan. Texnik tamoyillar fizik qonunlarni ishlatishga asoslangan. Bunga quyidagilar kiradi: masofadan himoyalash, ekranlashtirish, qattiqligini oshirish, blokirovkalash (yakkalash), vakuumlashtirish, havo kirmaydigan qilish, passiv zveno kiritish, zichlashtirish, flegmatizatsiyalash va eta olmaslik tamoyillari.
    Boshqaruv tamoyillari deb, xavfsizlikni ta’minlash jarayonining alohida bosqich va etaplari orasida o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni aniqlovchi tamoyillarga aytiladi. Ularga rejali, nazoratli, boshqarmali, majburiyli, qayta aloqali, samarali, javobgarlik, rag‘batlantirish, ierarxik, bir ma`noli, adekvatli tamoyillar kiradi.
    Tashkiliy tamoyillarga xavfsizlik maqsadida mehnatni ilmiy tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi tamoyillar kiradi. Ularga vaqt bo‘yicha himoyalash, ma’lumot berish, rezervlashtirish, normallashtirish, kadrlarni tanlash, ketma-ketlik, ergonomik. mehnatni ratsional tashkil qilish va zidlik tamoyillari kiradi.
    Bir vaqtda ayrim tamoyillar bir nechta sinflarga kiradi. Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari tizimlarni xosil qiladi va bir vaqtning o‘zida har bir tamoyil nisbatan mustaqillik kashf qiladi.

    Download 36,56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 36,56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xavfsizlikni taminlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish Reja

    Download 36,56 Kb.