213
XI BOB. OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA QISHLOQ
XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISH
11.1. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash.
11.2. Oziq-ovqat sifatini nazorat qilish.
11.3. Oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilaridan
ikkilamchi mahsulot olish.
11.4. GMO ga qarshi kurashish muammolari.
11.1. Aholini oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
muammolari
Oziq-ovqat xavfsizligi xalqaro integratsiyaviy birlashmalar va
butun jahon oziq-ovqat bozori doirasida oziq-ovqat bozori holatini
tavsiflash uchun qo‘llaniladigan, jahon amaliyotida rasmiy qabul
qilingan atamadir. Ushbu atama 1972-1973-yillardagi chuqur don
inqirozidan keyin xalqaro atamalar aylanmasiga kiritildi.
2008-yil boshida BMT, Jahon Banki, Xalqaro valyuta
jamg‘armasi, Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkiloti (FAO) jahon hamjamiyatiga oziq-ovqat inqirozi
xavfi to‘g‘risida e’lon qildi. Ushbu vaqtga kelib, inqiroz 39 ta
davlatni qamrab olgan va boshqa mamlakatlarga tarqalishi
mumkin edi.
Yer yuzi aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash
yoki oziq-ovqat yetishmovchiligi muammosi, asosan, atrof-muhit
bilan bog‘liq. Yer kurrasida aholi soni 7,4 mlrd. ga yetdi. Aholi
soni haftasiga taxminan 1 mln. ga ko‘paymoqda. Bir qator
mamlakatlarda 0,5 mlrd. ga yaqin aholi ochlikka mahkum bo‘lib,
yiliga 10 millionlab kishilar ochlikdan halok bo‘lmoqdalar. Oziq-
ovqatlarni iste’mol qilish turli mamlakatlarda turlicha. Masalan,
go‘sht iste’mol qilish jon boshiga dunyo bo‘yicha o‘rtacha 30 kg.
ni, shu jumladan, Nigeriyada 6 kg, Xitoyda 21 kg, O‘zbekistonda
52 kg, Angliyada 75 kg, AQShda 110 kg ni tashkil qiladi.
Aholi uchun yetishtiriladigan oziq-ovqatlarning 90,11 %i
quruqlikni egallagan ekinzorlardan olinadi. Bundan tashqari juda
214
katta oziq-ovqat resurslarini o‘zida saqlayotgan dunyo okeani ham
mavjuddir.
Oziq-ovqat mahsulotlari olishda olimlar ishonchli va yangi
yo‘llarni izlashmoqda. Sun’iy oqsil, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar
ishlab chiqarish yo‘llari tavsiya etilmoqda. Kraxmaldan shakar olish
usulining yaratilishi buning yaqqol misolidir.
Inson salomatligini himoya qilishning muhim masalalariga
atrof-muhitni himoya qilish bilan birga, u iste’mol qiladigan
ne’matlar sifati hamda ularni gigiyena-sanitariya me’yorlari
talablarida aholiga yetkazib berish masalalari ham kiradi. Bu har ikki
yo‘nalish bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, oziq-ovqat sanoati
mahsulotlari sifatini ekologik masalalardan ajratib o‘rganish mutlaqo
to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Respublikani oziq-ovqat qaramligidan olib chiqish uchun
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘p miqdorda yetishtirishning o‘zi
kifoya qilmasligi yaxshi ma’lum. Bunday mahsulotlarni qayta
ishlovchi sanoatni rivojlantirish yetakchi texnologik jarayonlarini
yo‘lga qo‘yish muammosini hal etishda muhim omil hisoblanadi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi
katta-kichik korxonalar qurilmoqda va qurilishi ko‘zda tutilmoqda.
Biroq yaratilayotgan korxonalarning atrof-muhitga ta’siri masalasini
o‘rganish, bu ta’sirlarning zararsizligini ta’minlash, texnologik
loyihalarning ekologik muammoligiga erishish yana bir muammo
bo‘lib turibdi. Shu sababli bo‘lajak texnolog – oziq-ovqat
mutaxassisining vazifalaridan biri yuqoridagi muammolarni hal etish
malakasiga ega bo‘lishi zarurligidir.
Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sanoatini
rivojlantirishda qishloq xo‘jaligi korxonalari, xususan, ko‘p tarmoqli
fermer va dehqon xo‘jaliklarining roli ortib bormoqda. Aynan
qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi bevosita oziq-ovqat
sanoati va qayta ishlash korxonalarini ustuvor rivojlantirishga zamin
yaratadi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-
fevraldagi PF-4947-son farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATE-
215
GIYASI”da qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal
rivojlantirish borasida quyidagilar belgilab olindi: “ Oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni mahsulotlar bilan to‘ldirish,
aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan
ta’minlash”
22
.
16-jadval
Davlat oziq-ovqat xavfsizligining konseptual modeli
Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi
Mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning mamlakat aholisini, minimal
tibbiy me’yorlarga muvofiq hajm va kaloriyalarda oziq-ovqat bilan ta’minlash
qobiliyati, urush, qurolli mojarolar va boshqa favqulodda hodisalarda
mustaqillikni saqlash
Maqsad
Resurslardan oqilona foydalangan holda oziq-ovqat barqaror ishlab
chiqarilishini ta’minlash
Mezon
Mahalliy ishlab chiqarish hisobiga aholini talab qilingan darajadan kam
bo‘lmagan o‘lchamda oziq-ovqat bilan ta’minlash
Obyektlar:
– oziq-ovqat tovarlarini ishlab
chiqarish va taqsimlash milliy tizimlari
– qishloq xo‘jaligi yerlari, baliq
xo‘jaliklari va h.k.
Subyektlar:
– ishlab chiqaruvchilar
– iste’molchilar
– funksional va tarmoq
vazirliklari va muassasalari
– tarmoq ishbilarmonlari
uyushmalari
– iste’molchilar birlashmalari
Xavflar
– iqtisodiyotning agro oziq-ovqat sektorida boshqaruvni yo‘qotish
– agro oziq-ovqat ishlab chiqarishidagi inqiroz hodisalari
– tashqi ekspansiya
– qishloq xo‘jaligi yerlarining antropogen buzilishi
– dehqonchilikning hududiy tavakkalchiligi
– qishloqda mehnat resurslari salohiyatining yo‘qligi
– aholi xarid qobiliyatining pasayishi
Darhaqiqat, oziq-ovqat sanoatini tubdan rivojlantirish
masalasini bugungi kunning dolzarb va o‘z yechimini kutayotgan
22
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI to’g’risida”gi PF-4947-son
farmoni. 2017-yil 7-fevral.
216
vazifalardan biri sifatida e’tirof etish joizdir. Shu jihatdan, oziq-
ovqat sanoatining rivojlanishi o‘ziga xos tarixiy ahamiyat kasb
etib, bu jarayonni o‘rganish va bu borada ilmiy izlanishlarni
yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekistondagi tarkibiy o‘zgartirishlarning ustuvor vazifasi
sanoat korxonalarining va alohida import o‘rnini bosuvchi ishlab
chiqarishlarning strategik jihatdan muhim bazaviy sohalarini
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.
Ularni amalga oshirishda oziq-ovqat sanoati muhim ahamiyatga
ega.
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish mexanizmlari
o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlarda
o‘tkazilayotgan sanoat siyosati tamoyillaridan farq qilgan holda,
islohotlarning boshlang‘ich bosqichida davlat ishtirokini saqlab
qolishga ustuvorlik berildi.
17-jadval
Oziq-ovqat xavfsizligi darajalari
Daraja
Muammoni hal
qiluvchi subyekt
Subyekt funksiyalari
Global
BMT va
ixtisoslashtirilgan
organlar (JSST, FAO
Oziq-ovqat xavfsizligi
bo‘yicha qo‘mita, Jahon
banki va h.k.)
Barqaror iqtisodiy
rivojlanishga ko‘maklashish,
ocharchilik bilan
kurashishning uzoq muddatli
dasturlari, oziq-ovqat
zahiralarini yaratish
Submintaqaviy Tegishli organlarga ega
mintaqalararo
tashkilotlar, forumlar
Barqaror iqtisodiy
rivojlanishga ko‘maklashish,
oziq-ovqatning sifat
parametrlarini yaxshilash
Millatlararo
(davlatlararo)
Mintaqaviy uyushmalar
va tegishli boshqaruv
organlari (yaxshi tashkil
etilmagan, YeH bundan
mustasno)
Savdo, narxlar,
standartlashtirish bo‘yicha
bitimlarni tuzish va
birgalikda kelishilgan holda
harakat qilish
Davlat
Hukumatlar, qonunchilik
organlari
Oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlash uchun qonuniy,
me’yoriy-huquqiy va resurs
217
bazasini yaratish, tegishli
jamg‘armalar va ularning
zahiralarini shakllantirish
Oziq-ovqatning sifat
parametrlarini oshirish
yo‘nalishlarini aniqlash
Ichki bozorning talab va
taklif bo‘yicha
muvozanatlashishi uchun
chora-tadbirlar qabul qilish
Mahalliy
Hududiy boshqaruv
organlari (viloyat,
tuman)
Uy xo‘jaliklarida daromad
olish uchun sharoitlarni
yaratish
Oziq-ovqat bilan ta’minlash
Aholi
guruhlari
Daromadlar guruhlari
bo‘yicha uy xo‘jaliklari
Oqilona iste’molni
ta’minlaydigan daromadlarga
erishish
Oila
Uy xo‘jaliklari
Qo‘shimcha daromad
manbayini topish, oziq-ovqat
mahsulotlari va hokazolarni
xarid qilish
11.2. Oziq-ovqat sifatini nazorat qilish
Oziq-ovqat xavfsizligi mezonlari sifatida quyidagilarni keltirish
mumkin:
inson ovqatlanish ratsionini energetik to‘yintirish bo‘yicha
fiziologik ehtiyojlarni qondirish darajasi;
aholining turli qatlamlari uchun oziq-ovqatga ega
bo‘lishning jismoniy va iqtisodiy darajasi;
uy xo‘jaliklari daromadlari va xarajatlarining barqarorligi
va mustahkamligi;
oziq-ovqat va resurs ta’minotining import hisobiga
yetkazib berishlardan mustaqilligi darajasi;
ASM tarmoqlarining barqaror rivojlanish darajasi va
sur’atlari;
218
oziq-ovqat mahsulotlari tezkor va strategik zahiralarining
o‘lchami.
18-jadval
Aholining oziq-ovqat bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari
Guruhlar
Ko‘rsatkichlar
Oziq-ovqat
iste’moli
1) aholi
jon
boshiga
asosiy
oziq-ovqat
mahsulotlarini iste’mol qilish darajasi;
2) aholining to‘lov qobiliyatiga ega talabi
darajasi;
3) fiziologik ehtiyoj darajasi;
4) oziq-ovqat bilan o‘zini o‘zi ta’minlash
darajasi;
5) minimal iste’mol savati
Qishloq xo‘jaligi 1) agroresurslar salohiyati ko‘rsatkichi;
2) iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari;
3) ishlab chiqaruvchi iste’mol savati;
4) ishlab chiqaruvchi daromadlilik darajasi;
5) qishloq xo‘jaligi dotatsiyalari kattaligi;
6) qishloq xo‘jaligidagi o‘rtacha ish haqining
mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqiga nisbati
Sanoat
1) mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
2) mahsulot ishlab chiqarish balansi;
3) tovarlilik koeffitsienti;
4) yo‘qotishlar darajasi;
5) narx nisbatlari darajasi: omil/mahsulot;
mahsulot/mahsulot; omil/omil; ulgurji va chakana
qishloq xo‘jaligi narxlari
Tashqi savdo
1) oziq-ovqat iste’molidagi import ulushi;
2) qishloq xo‘jalik mahsulotini kiritish va
chiqarish balansi;
3) oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish va chiqarish
balansi;
4) ichki va jahon ulgurji narxlarining nisbati;
5)
taqqoslanadigan
mahalliy
va
import
mahsulotlari ulgurji va chakana narxlarining
nisbati;
6) narxlarning yillik tebranishi ko‘rsatkichlari
219
Ekologik-
biologik
1) ovqatlanish tuzilmasining sifat tarkibi;
2) oziq-ovqat mahsulotlarining xususiyatlari;
3) xom ashyo, resurslar va tayyor mahsulot sifati;
4)
ishlab
chiqarish
texnologiyasi
va
standartlashtirish;
5) oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarining
kimyoviy va mikrobiologik ifloslantiruvchilari
(Cd, Pb, pestitsidlar, nitratlar, mikrotoksinlar,
antibiotiklar, xloridlar va h.k.);
6) turli ishlab chiqarishlarda olingan qishloq
xo‘jaligi
mahsuloti
zaruriy komponentlari
tarkibining muvofiqligi;
7) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining atrof-
muhitga ta’sirini baholash: yer, havo, yerosti
suvlari va h.k.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy tahdidlariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
jahonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish
va uning talabi o‘rtasidagi nomutanosiblik;
oziq-ovqat bozorini – iste’molning umumiy hajmidagi
ulushi oziq-ovqat xavfsizligining chegaraviy darajasidan yuqori
bo‘lganda – import xom ashyo va oziq-ovqatlar bilan to‘yintirish;
ichki bozordan mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini siqib
chiqarish;
qishloq xo‘jaligi xom ashyosi va oziq-ovqatlarning ayrim
turlari eksportining asoslanmagan hajmlari;
qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanmasligi;
aholining to‘lov qobiliyati qisman past darajasi va aholi
ovqatlanishi sifatini yaxshilashning yetarli bo‘lmagan sur’atlari;
ASM iqtisodiyoti tuzilmasining deformatsiyasi, uning
xom ashyoga yo‘naltirilganligi;
sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsuloti narxlari o‘rtasidagi
nomutanosiblik (disparitet);
220
umumdavlat maqsadlari uchun mahsulotlar yetkazib
berish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlardan ishbilarmonlik faolligi
darajasining pastligi yoki talabga javob bermasligi;
agro oziq-ovqat bozori, moliyaviy-kredit, soliq, sug‘urta
va bojxona siyosatlarining davlat tomonidan tartibga solishning
yetarli darajada takomillashmaganligi;
agro oziq-ovqat bozori infratuzilmasi rivojlanishining past
darajasi, agrosanoat majmuasi tarmoqlari moddiy texnika
bazasining ma’naviy va jismoniy eskirishi;
mintaqalar rivojlanish darajasidagi notekislik;
agro oziq-ovqat bozori rivojlanishi monitoringi va
prognozi tizimining rivojlanmaganligi.
Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakatni mavjud salohiyatlar,
resurslar bilan ta’minlash va aholini ichki va tashqi sharoitlarga
bog‘liq bo‘lmagan holda ilmiy jihatdan asoslangan tibbiy
me’yorlar darajasida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni
kafolatlashdir.
Oziq-ovqat bilan o‘zini o‘zi ta’minlash davlatning ichki
ehtiyojini oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bilan
ta’minlash, qoplash qobiliyatidir.
Oziq-ovqat xavfidan keladigan iqtisodiy zarar bevosita va
bilvosita yo‘qotishlardan iborat bo‘lib, u quyidagilar bilan bog‘liq:
ta’minlovchi tarmoqlar va agrosanoat majmuasi
tarmoqlari faoliyatlari nisbatining buzilishi;
oziq-ovqat mahsulotlari baholarining oshishiga olib
keluvchi import to‘lovlari;
mehnatga
yaroqli
aholining
kamayishi
hisobiga
mehnatning iqtisodiy samaradorligi pasayishi;
oziq-ovqat qaramliligi va oziq-ovqat mustaqilligi.
Mamlakatda oziq-ovqat qaramliligi shunday holatda vujudga
keladiki, unda jamiyat o‘zining oziq-ovqat xavfsizligini o‘zi
mustaqil hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lmaydi. Oziq-ovqat
qaramliligining paydo bo‘lishi uchun asosiy sharoit davlatning
mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab- quvvatlamasligi va oziq-
221
ovqat mahsulotlari importining haddan tashqari ko‘payib ketishida
ifodalanadi.
Oziq-ovqat mustaqilligi aholini o‘rnatilgan ovqatlanish
me’yorlari bo‘yicha oziq-ovqatlar bilan ta’minlash uchun
energiya, yer resurslari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, moddiy
resurslarning strategik zahiralarining mavjudligidir. Uni amalga
oshirish uchun agrosanoat majmuasi aholining asosiy oziq-ovqat
mahsulotlari turlariga bo‘lgan talabini zaruriy miqdorda va
assortimentda mustaqil ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va
ta’minlashga qodir bo‘lishi kerak.
Oziq-ovqat xavfsizligi strategiyasining asosiy komponentlari:
aholini tashqi bozor tahdidlaridan himoyalashga
qaratilgan proteksionistik siyosat yuritish va aholining ijtimoiy
himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash;
ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va oziq-ovqat
masulotlarini taqsimlashda agroresurslarning qulay balansini
qo‘llab-quvvatlash;
agrosanoat majmuasini energiya va resurslarni tejaydigan
texnologiyalarni qo‘llashga yo‘naltirish;
agrosanoat majmuasi faoliyati mutanosib ta’minotini
ta’minlash.
Oziq-ovqat ta’minoti tizimi oziq-ovqatlar bilan uzluksiz,
miqdoriy, tuzilmaviy va sifat ta’minotini amalga oshirish uchun
zarur va yetarli bo‘lgan kichik tizimlar majmuasi sifatida
shakllanadi. Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi va aholisining oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta’minoti darajasini baholash uchun
quyidagi mezonlar taklif etilgan:
oziq-ovqatlar umumiy hajmining 80-85 %i mahalliy tovar
ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilishi;
aholi kaloriyalik darajasi maqbul bo‘lgan (sutkasiga 3302
kkal) oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishi;
ovqatlanishning oqilona tuzilmasini ta’minlash va
fiziologik asoslangan me’yorlarga muvofiq aholi ehtiyojlarini
to‘liq qondirish;
oziq-ovqat mahsulotlari sifatining texnik reglamentlar
222
talablariga javob berishi;
yillik oziq-ovqat iste’moli hajmining 25 %ga teng
miqdorda to‘ldirib boriladigan sug‘urta zahirasini yaratish;
mamlakat ichida ishlab chiqarilmaydigan yoki yetarli
darajada ishlab chiqarilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlariga
bo‘lgan ehtiyojni import hisobiga qondirishning real imkoniyatlari
mavjudligi;
aholi jon boshiga kamida 1 tonna don yetishtirish.
Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisining asosiy oziq-ovqat
mahsulotlari bilan yetarli darajada ichki imkoniyatlardan
foydalangan holda ta’minlanishini, importga bog‘liqlikni
minimum darajasiga erishishni ifodalaydi. Bu hol MDH va
Sharqiy Yevropadagi o‘tish mamlakatlaridagiga nisbatan
korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushining yanada
yuqoriroq bo‘lishida, ularni rivojlantirishga sarflanadigan budjet
xarajatlarining miqdori, ularning umumiy hajmidagi davlat
investitsiyalarining sezilarli darajadagi ulushi, shuningdek,
eksport-import operatsiyalarining tarkibidagi ulushida o‘z
ifodasini topadi.
Ushbu davrda oziq-ovqat sanoatining ustuvor sohalari va ishlab
chiqarishlarni qo‘llab-quvvatlashning turli usullari va shakllaridan
faol foydalanish, hukumatning mamlakatni qayta isloh qilishning
umumtizimiy ustuvor yo‘nalishlariga aynan o‘xshash bo‘lgan
milliy iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadlari va vazifalarini aniq
tavsiflashga qodirligi, rivojlanishning shu bosqichida o‘zgarish
bosqichiga xos inqirozni jilovlash va keyingi makroiqtisodiy
barqarorlashtirishga erishishning muhim omili bo‘lib xizmat qildi.
Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar orqali
erishilgan natijalari to‘g‘risida to‘xtalar ekanmiz, o‘tgan yilda
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini yanada
oshirish prinsipial muhim ahamiyatga ega ekanini inobatga olib,
bugungi kunda haqli ravishda qishloqda yetakchi bo‘g‘inga –
223
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy kuchga
aylanganligini ta’kidlab o‘tdilar
23
.
Qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlarning uzoq davrli
tajribasida o‘zining samaradorligi, raqobatbardoshligi, bozor
konyunkturasiga tez moslasha olishi kabi xususiyatlarini namoyon
eta oldi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini qayta ishlashga katta e’tibor qaratilib, ushbu
faoliyatning zarur iqtisodiy shart-sharoitlari yaratildi, me’yoriy-
huquqiy asoslari ishlab chiqildi.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida qishloq
xo‘jalik korxonalarining tashkil topishi agrar islohotlarning asosiy
mazmunini tashkil etdi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti
tamoyillariga
to‘la
javob
beradigan
qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlarini qayta ishlash mexanizmini shakllantirish va uni
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini ta’minlash tizimiga alohida
e’tibor qaratildi.
Har yili qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy vakili
hisoblangan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun katta
miqdorda moddiy resurs va mablag‘lar ajratilmoqda. Bugungi
kunda ma’lum bo‘ldiki, qishloq xo‘jaligidagi chuqur mehnat
taqsimoti, amaliyoti va unga muvofiq tushuvchi tor
mutaxassislikka ega bo‘lgan xodimlarni tayyorlash tizimi o‘zini
umuman oqlay olmadi. Bu, aksincha, qishloq xo‘jaligi
xodimlarining
yerdan
begonalashuvini
yoki
ularning
mustaqilliklari yo‘qolishini kuchaytiruvchi omillardan biriga
aylandi.
Qishloq xo‘jaligiga esa mahoratli boshqaruvchilarning buyruq
va ko‘rsatmalarini bajaribgina qolmay, balki o‘zlarida ijrochilik va
boshqaruvchilik vazifalarini uyg‘unlashtirgan holda masalalarning
keng doirasi bo‘yicha mustaqil yechimlar qabul qila oladigan
xodimlar darkor.
23
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf
etishning yo’llari va choralari. – T.: “O’zbekiston”, 2009. 22-b.
224
11.3. Oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilaridan ikkilamchi
mahsulot olish
Ma’lumki, oziq-ovqat mahsulotlari ko‘p variantli tekshiruv
usullari yordamida tahlil qilinadi. Oziq-ovqatlar tarkibi infraqizil
spektrlarning diffuzion qaytarilishi yordamida tekshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi oqsillar, yog‘lar,
uglevodlar diffuzion qaytarilish spektrofotometrlari yordamida
aniqlanadi. Bu usul yordamida go‘sht, yog‘-moy, suv va boshqa
mahsulotlar tarkibini ham tekshirish mumkin.
Oziq-ovqat
masulotlari
tarkibini
tekshirish
qadim
zamonlardan beri qo‘llanib kelinadi. Masalan, bundan 360 yil
avval Vavilon shohi oziq-ovqat mahsulotlari sifatini buzgan
kishilarni jazolash to‘g‘risida qaror chiqarganligi tarixdan ma’lum.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi zaharli moddalar
miqdori sanoat va bozor laboratoriyalarida mukammal tahlil
qilinadi, desak noto‘g‘ri bo‘ladi. Buning sababi, eng avvalo,
malakali mutaxassislarning va zamonaviy tahlil asboblarining
yo‘qligidir.
Oziq-ovqat mahsulotlari buzilishining asosiy sababi
yog‘larning oksidlanishi hamda mahsulotlarning tarkibiy
qismlarga parchalanishidir. Bu jarayonni mog‘or va bakteriyalar
ham tezlashtiradi. Hozir yog‘lar va boshqa organik moddalarning
oksidlanishini sekinlashtiruvchi va to‘xtatuvchi moddalar ishlab
chiqilgan bo‘lib, ular antioksidantlar deyiladi.
Meva-sabzavotlar va poliz ekinlarini saqlashda azot, ozon va
uglerod (IV) oksididan foydalanilmoqda. Bu moddalardan
foydalanishda ularning kimyoviy xususiyatlarini nazarda tutish
muhimdir. Masalan, ozonning oz miqdordagi konsentratsiyasi
samara bersa, ko‘p miqdordagisi zarar keltiradi. Azot va uglerod
(IV) oksidi mog‘orni o‘stirmaydi, oksidlanish jarayonini
sekinlatadi, ko‘pgina bakteriyalarni o‘ldiradi.
Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda
konservalash usulidan foydalaniladi. Konservalash tez buziladigan
225
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun ularning fermenti va
mikroorganizmlarga biologik yo‘l bilan ta’sir qilishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
o‘z ma’ruzasida oziq-ovqat sanoatida amalga oshirilgan
o‘zgarishlar va rivojlanish tendensiyalari borasida quyidagi
fikrlarni ta’kidlab o‘tgan edilar: “2015-yilda mamlakatimiz
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ga a’zo davlatlarning oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash sohasida Ming yillik rivojlanish
maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotga sazovor
bo‘lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e’tirof etildi”
24
.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (Food and
Agriculture Organization, FAO)ga 1945-yil 16-oktabrda asos
solingan. Tashkilotga 197 ta davlat (2013-yil 15-iyun holatiga)
a’zo. FAOning faoliyati qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga
ko‘maklashish,
ovqatlanishni
yaxshilash
va
oziq-ovqat
xavfsizligini hal etish yo‘li orqali dunyoda ochlik va qashshoqlik
muammosining keskinligini kamaytirishga yo‘naltirilgan.
O‘zbekistonga ushbu nufuzli mukofotning topshirilishi tarixiy
voqeadir. Holbuki, 25 yil avval, ya’ni mustaqillikka erishish
arafasida mamlakatimiz asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, xususan,
bug‘doy, guruch, yorma, go‘sht, sut mahsulotlari, tuxum,
kartoshka va shakarni chetdan olib kelishga majbur edi. Bugungi
kunda O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan o‘z
ehtiyojini nafaqat mustaqil ta’minlamoqda, balki yurtimizda ishlab
chiqarilgan tovarlarni eksport qilmoqda.
Ushbu yutuqlarga erishish tarixi voqealarga boydir. Mustaqil
taraqqiyot yo‘lini tanlagan mamlakatimiz o‘z umrini o‘tab bo‘lgan
ma’muriy rejalashtirish-taqsimlash tizimidan to‘liq voz kechdi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
rahnamoligida bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish
yo‘li tanlandi. Chunonchi, bu borada fermer xo‘jaliklari tashkil
etildi, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlari takomillashtirildi,
24
http://uza.uz
226
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarishning tashkiliy
tuzilmalari joriy etildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarning huquqiy himoyasi ta’minlandi.
Qulay tabiiy iqlim sharoitida amalga oshirilgan ushbu chora-
tadbirlar samarasida yuqori sifatli sarxil meva-sabzavotlar
yetishtirish imkoniyati kengaydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
ishlab chiqarishning rivojlanishi mamlakatimiz oziq-ovqat sanoati
korxonalari yuksalishiga olib keldi. Pirovard natijada bularning
barchasi aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash masalasini hal etishga
xizmat qilmoqda. Bundan tashqari aholi tomonidan iste’mol
qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligiga,
to‘laqonli ovqatlanish me’yorlariga erishildi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida muayyan tajriba
to‘plagan O‘zbekiston 2001-yilda BMTning Oziq-ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkilotiga (FAO) a’zo bo‘ldi. Shu tariqa mamlakatimiz
xalqaro ilg‘or tajribani o‘rganish, o‘z imkoniyatlarini namoyish
etish, dolzarb masalalarni hal qilish yo‘llarini birgalikda ishlab
chiqish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
Mamlakatimizda FAO bilan hamkorlik samarasida o‘nlab
milliy va mintaqaviy loyihalar amalga oshirildi. Suvni tejash va
suv resurslarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanib,
zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda. Yerga ishlov berish,
seleksiya va urug‘chilik, shuningdek, cho‘llanish va yer
yemirilishiga qarshi kurashishning ilg‘or uslublari hayotga tatbiq
qilinmoqda.
Buning
natijasida
g‘allachilik,
paxtachilik,
chorvachilik, bog‘dorchilik va boshqa sohalarda mahsulot hajmi
va sifati oshmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini nafaqat xom
ashyo, balki tayyor mahsulot sifatida eksport qilish borasida
davlatimizning imkoniyatlari kengaymoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
2014-yilda
“O‘zbekistonda
oziq-ovqat
dasturini
amalga
oshirishning muhim zahiralari” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro
konferensiyada ham shu haqda so‘z yuritdi. Konferensiyada
mamlakatimizda har yili 16 million tonnaga yaqin meva va
sabzavot yetishtirilayotgani, aholi jon boshiga qariyb 300
227
kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm
uzum to‘g‘ri kelayotgani va bu optimal, ya’ni maqbul deb
hisoblanadigan iste’mol me’yoridan uch barobar ko‘p ekani
ta’kidlandi. Bundan tashqari O‘zbekiston har yili dunyoning 80 ta
davlatiga 180 dan ortiq turdagi sarxil meva-sabzavot va ularni
qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlarni eksport
qilayotgani ta’kidlandi.
Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari oldiga 2020-yilda meva-
sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirishni 2014-yilga
nisbatan kamida 2,3 marta ko‘paytirish vazifasini qo‘ydi. Buning
uchun qishloq xo‘jaligini isloh etish va modernizatsiya qilish,
yerning meliorativ holatini va irrigatsiya tizimini yaxshilash,
tuproq unumdorligi va hosildorligini oshirishga qaratilgan keng
ko‘lamli ishlarni davom ettirish va chuqurlashtirish zarur. Bu
borada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mamlakatimizda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish uchun yangi bozorlar topish,
ularni saqlash, logistika va iste’molchilarga yetkazib berishning
zamonaviy tizimini shakllantirish ham muhim masalalar sirasiga
kiradi.
O‘zbekiston ushbu istiqbolli vazifalarni inobatga olgan holda,
FAO bilan samarali hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaror
qildi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh
direktori Joze Gratsianuda Silvaning mamlakatimizga tashrifi bu
borada muhim qadam bo‘ldi. Oliy darajada o‘tkazilgan
muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda ushbu xalqaro tashkilotning
vakolatxonasini tashkil etish haqida kelishuvga erishildi
25
.
Buning
natijasida
2014-yilda
FAO
vakolatxonasi
O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi. Mamlakatimiz va xorijiy
mutaxassislarning birgalikdagi sa’y-harakatlari yurtimiz qishloq
xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish, soha xodimlarining malakasini
oshirish, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or jahon tajribasini o‘rganish va
O‘zbekiston tajribasini targ‘ib etishga qaratilgan.
25
http://uza.uz
228
FAOning
Markaziy
Osiyo
bo‘yicha
submintaqaviy
muvofiqlashtiruvchisi va O‘zbekistondagi vakili Yuriko Shojining
so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili 2014-2017-yillarga mo‘ljallangan
mamlakatlar harakat dastur doirasida dasturining imzolangani
O‘zbekistonning
ushbu
xalqaro
tashkilot
bilan
yaqin
hamkorligining muhim yo‘l xaritasiga aylandi. Mazkur dastur
qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish
va chorva mollari salomatligini yaxshilash, zararkunandalarga
qarshi kurashish, baliq yetishtirishni kengaytirish va suv
resurslaridan barqaror asosda oqilona foydalanishga qaratilgan.
Xususan, FAO tabiatga ziyon yetkazmagan holda dehqonchilik
bilan shug‘ullanish va boshqa yangi qishloq xo‘jaligi uslublarini
joriy etish sohasida texnik ko‘maklashmoqda. Saqlash muddati va
eksport hajmini oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekinlarini
ekish, hosilni yig‘ishtirib olish, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha
yangi texnologiyalar hayotga tatbiq etilmoqda.
2014-2017-yillarga
mo‘ljallangan
mamlakatlar
dasturi
doirasida O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
loyihasi ham ishlab chiqilmoqda. Tajriba o‘tkazilayotgan fermer
xo‘jaliklari misolida organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
choralari namoyish etilib, qishloq xo‘jaligi sohasida fermer va
mutaxassislar malakasini oshirish, bu boradagi zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tanishtiruv tadbirlari o‘tkazib
kelinmoqda.
Ushbu chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi mamlakati-
mizga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z
pozitsiyasini mustahkamlab, global oziq-ovqat dasturini amalga
oshirishga salmoqli hissa qo‘shish imkonini beradi. 2015-yilda
butun dunyoda Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishish
yakunlandi. Davlatlar Barqaror rivojlanish maqsadlariga
bosqichma-bosqich o‘tmoqda va ushbu maqsadlarga erishish yer
yuzida ocharchilik muammosini bartaraf etish imkonini beradi.
Oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilaridan – ikkilamchi
resurslardan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ko‘proq
e’tibor berilmoqda. Amalda foydalanilmayotgan konservalash
229
korxonalari chiqindilari hisoblangan danaklar mag‘zidan moy
mahsulotlari olina boshladi. Bu moylardan kamfora moylari,
sitesteron, bioxinal, bismoveron, fillikulin, garmonlar kabi
infeksion eritma va dori-darmonlar, turli kremlar tayyorlanadi.
Oziq-ovqat sanoatining yana muhim masalalaridan biri
qo‘llaniladigan bo‘yoqlarning turli-tumanligi va ularning
zararsizligidir. Hozirgi paytda oziq-ovqat sanoatida ikki xil
polimerlardan sintetik va o‘simlik moddalaridan ekstraksiya yoki
boshqa yo‘llar bilan olinadigan tabiiy bo‘yoqlar ishlatilmoqda.
Sintetik bo‘yoqlar biologik aktivlikka ega bo‘lmaydi va ko‘plari
odam organizmi uchun zararlidir. Shu sababli sintetik
bo‘yoqlardan oziq-ovqat sanoatida foydalanish taqiqlangan. Tabiiy
bo‘yoqlar oziq-ovqat mahsulotlari komponenti sifatida ularni
boyitadi, sifatini yaxshilaydi hamda biologik ahamiyatini
kuchaytiradi.
O‘simlik pigmentlari bilan qadimdan matolar, charm, qog‘oz
va boshqa narsalar bo‘yalgan. Attorlik, kosmetika hamda xalq
tabobatida qo‘llanilib kelingan. Respublikamizdagi keng tarqalgan
tut, boshoqli o‘simliklar, gul va ba’zi yovvoyi tog‘ o‘tlari bunday
pigmentlarga boy hisoblanadi. Hozirgacha ikki mingga yaqin turli
qoplama bo‘yoqlarning olish usullari ishlab chiqilgan. Lekin juda
oz qismigina amaliyotda qo‘llaniladi. Respublikamizda oziq-ovqat
sanoati juda ko‘p tabiiy bo‘yoqlarga muhtoj. Tabiiy bo‘yoqlarni
ishlab chiqarishni tashkil etish, buning uchun ikkilamchi
resurslardan, chiqindi va qoldiq mahsulotlardan foydalanish
muammosini hal etish zarur.
Oziq-ovqat sanoatida zarur bo‘lgan bo‘yoqlar qizil atirgul,
lavlagi, qovun, piyoz, sabzi, qovoq va boshqa o‘simliklardan
olinadi. Pasta sifatida foydalaniladigan bunday bo‘yoqlar karamel
ishlab chiqarishda, marmelad tayyorlashda va boshqa sohalarda
qo‘llaniladi.
Qizil lavlagi sharbati bug‘latilishidan qolgan bo‘yoq suvchan
bo‘lib, undan lavlagi hidi keladi va shirin mazaga ega. Bunday
qizil bo‘yoq arzon bo‘lganligi uchun ko‘plab ishlatiladi.
Qulupnay, chetan, chermuxa, olchalarning bo‘yoqlari ham qizil
230
bo‘lib, qandolatchilik sanoatida qo‘llaniladi. Oziq-ovqat sanoatida
qo‘llaniladigan bo‘yoqlarni ko‘paytirishning birdan bir yo‘li
konserva sanoati chiqindilarini ishga solishdan iborat.
Oziq-ovqat muammosini hal etishda qoldiq mahsulotlar,
ikkilamchi resurslarni ishga solish katta samara beradi. Meva,
sabzavot, sut, yog‘ kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
buzilishdan saqlash, xom ashyodan oqilona foydalanilgan holda
mahsulot tayyorlash, oziq mahsulotlarini kompleks qayta ishlash
zarur vazifa bo‘lib qoldi.
Xom ashyoni kompleks ishlash orqali uning barcha tabiiy
qismlarini ishga solish bilan ba’zi taqchil va sanoat uchun juda
zarur bo‘lgan mahsulotlarni olish imkoni tug‘iladi. Masalan, chigit
va uning shiroti o‘simlik “izolyatorlari”ni tayyorlashda asosiy xom
ashyolardan hisoblanadi. O‘zbekiston FA o‘simlik moddalari
himoyasi institutida chigit shirotidan oqsil va fitan olish
texnologiyasi yaratildi. Bu moddalar ajratib bo‘lingach, shirotning
muhim birikmasi – rafinoza ajratib olinadi.
Sanoatda fermentlardan foydalanish ko‘p samara beradi.
Sanoat chiqindilarini gidrolizga uchratish orqali qator mahsulot
olish mumkin. Paxta sanoati chiqindilaridan yiliga 560-720 ming
tonna qandli modda olish mumkinligi aniqlanadi. Shu bilan birga,
million tonna oziq oqsili ham olinadi. Gossipol, lizin, pektin,
fosfotid, mentodin va shu kabi boshqa mahsulotlar ham ishlab
chiqarish mumkin. Birgina gossipoldan agar kauchuk sanoatida
qo‘llanilsa, qo‘shimcha ikki million so‘m foyda olish mumkinligi
ma’lum bo‘ldi.
Konserva sanoatida olma sharbati olingach, qoldig‘idan
endilikda meva kukuni olinib, qandolatchilikda qo‘llanila
boshlandi. Chunki uning tarkibida fruktoza, mineral moddalar va
tuz saqlovchi moddalar borligi ma’lum bo‘ldi.
Respublikamiz
urug‘chilik
xo‘jaliklarida
ikkilamchi
resurslarning faqat 3 %idan jem, murabbo, meva qiyomi va qovun
qoqi tayyorlanadi. Yiliga yetishtirilayotgan 30 ming tonna tarvuz,
20 ming tonna qovunga nisbatan bu raqam juda oz. Hozir tarvuz
tuzilmasi, qovun qoqisi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish
231
texnologiyasi yaratilgan. Bu texnologiyalar loyihasining amalga
oshirilishi, qo‘shimcha foyda keltirishga va muammolardan birini
hal etishga yordam bergan bo‘lar edi.
Guruchning tashqi qismidagi po‘stloq ostida aleyoron qavati
joylashgan. U oqsil va lipidlar konsentratidan tashkil topgan
bo‘lib, oqsil miqdori 11.5-17.2 %ga boradi. Guruchda lizin,
gistadin, arginin, glitserin, alinin kabi aminokislotalar bor. Lipidlar
miqdori esa 12-16.8 %ni tashkil etadi. Shuning uchun ham
Braziliya, Yaponiya, AQSh, Birma, Hindistonda guruchdan moy
olinmoqda. Guruch vitaminlarga boy xom ashyo hisoblanadi.
Guruch tarkibidagi sellyuloza va gemitsellyuloza aralashmasi ham
oziq ratsionida katta ahamiyatga ega. Bunday aralashmadan
semirib ketish, rak bo‘lish, oshqozon va boshqa kasalliklarni
davolashda foydalanilmoqda. Guruchda mineral komponentlar
8%dan oshadi. Bug‘doy unining 25 %ini guruch uni bilan
aralashtirib foydalanilganda yaxshi samaraga erishish mumkinligi
isbotlangan. Biroq bizning hududlarimizda guruchning bu
xususiyati hozircha yaxshi o‘rganilgan emas.
11.4. GMO ga qarshi kurashish muammolari
Qayta ishlovchi sohalarni texnik qayta jihozlash, ularni
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, sifatli
raqobatbardosh oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha
yakunlangan to‘liq davrni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga
oshirildi. Qishloq xo‘jaligi resurslarining muhim turlari – paxta,
ipak, kanop, meva-sabzavot va uzumchilik mahsulotlarini chuqur
qayta ishlanishini ta’minlashga, yengil sanoat sohalarining o‘xshash
bo‘lgan ishlab chiqarishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berildi.
Quruq mevalar, kishmish, quritilgan sabzavotlarni ishlab
chiqarishni sezilarli darajada oshirish ko‘zda tutildi. Bolalar oziq-
ovqatini ishlab chiqarishni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida oziq-ovqat mahsulotlarining
yangi ishlab chiqarish quvvatlari o‘zlashtirildi, bu esa oxir-oqibatda
232
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, valyuta mablag‘larining
tejalishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning import xom
ashyoga bog‘liqligi pasayishi hisobiga ishlab chiqarilayotgan oziq-
ovqat mahsulotlari raqobatbardoshligining oshishini
ta’minladi.
Islohotlarning ikkinchi bosqichida oziq-ovqat sanoatini tarkibiy
qayta o‘zgartirishning belgilangan ustuvor yo‘nalishlarini amalga
oshirishning hal qiluvchi mexanizmlari bo‘lib quyidagilar xizmat
qildi:
iqtisodiyotning oziq-ovqat sanoati korxonalarida
institutsional qayta o‘zgartirishlarni jadallashtirish, xususiylashtiri-
layotgan korxonalar reyestrining kengayishi va korxonalarni
aksionerlashtirish jarayonlari sifatining oshishi. Bu davrda
oldingisidan farq qilib, oziq-ovqat sanoatidagi o‘rta va yirik
korxonalarning, asosan, ochiq aksionerlik jamiyatlariga aylantirilishi
hisobiga ommaviy xususiylashtirishga o‘tish ta’minlandi;
1998-yilga kelib, bu va iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi
ko‘pchilik korxonalar qayta o‘zgartirildi va endilikda aksiyalarning
aksariyat qismi davlatga emas, balki xususiy shaxslarga va nodavlat
tashkilotlarga tegishli bo‘ldi.
Mamlakatimizning ichki va tashqi bozorlarida xaridorgir
bo‘lgan raqobatdosh yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot
mahsulotlarini eksportga yetkazib berish hajmlari va turlarini
ko‘paytirish
masalalari
borasida
yildan
yilga
dolzarb
islohotlarning amalga oshirilayotganligi aynan oziq-ovqat sanoati
sohasida o‘tkazilayotgan islohotlarni amalga oshirish va bu sohani
jadal rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-sonli “Meva-
sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha
tashkiliy
chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi
qaroriga
asosan
“O‘zmevasabzavotuzum sanoat-xolding” kompaniyasi
“O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasiga aylantirilib, konserva
sanoati korxonalari o‘z faoliyatini mustaqil xo‘jalik subyektlari
sifatida amalga oshirishi belgilandi.
233
Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari oldiga 2021-yilda meva-
sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirish uchun qishloq
xo‘jaligini isloh etish va modernizatsiya qilish, yerning meliorativ
holati hamda irrigatsiya tizimini yaxshilash, tuproq unumdorligi va
hosildorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni davom
ettirish va chuqurlashtirish zarur. Bu borada xorijiy
investitsiyalarni jalb etish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarni sotish uchun yangi bozorlar topish, ularni saqlash,
logistika va iste’molchilarga yetkazib berishning zamonaviy
tizimini shakllantirish ham muhim masalalar sirasiga kiradi.
O‘zbekiston ushbu istiqbolli vazifalarni inobatga olgan holda,
FAO bilan samarali hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaror
qildi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh
direktori Joze Gratsianuda Silvaning mamlakatimizga tashrifi bu
borada muhim qadam bo‘ldi. Oliy darajada o‘tkazilgan
muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda ushbu xalqaro tashkilotning
vakolatxonasini tashkil etish haqida kelishuvga erishildi
26
.
Buning natijasida 2014-yilda FAO vakolatxonasi O‘zbekistonda
o‘z faoliyatini boshladi. Mamlakatimiz va xorijiy mutaxassislarning
birgalikdagi sa’y-harakatlari yurtimiz qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini
rivojlantirish, soha xodimlarining malakasini oshirish, ushbu
yo‘nalishdagi ilg‘or jahon tajribasini o‘rganish va O‘zbekiston
tajribasini targ‘ib etishga qaratilgan.
FAOning Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy muvofiqlash-
tiruvchisi va O‘zbekistondagi vakili Yuriko Shojining so‘zlariga
ko‘ra, o‘tgan yili 2014-2017-yillarga mo‘ljallangan mamlakatlar
xararkatlar dasturining imzolangani O‘zbekistonning ushbu xalqaro
tashkilot bilan yaqin hamkorligining muhim yo‘l xaritasiga aylandi.
Mazkur dastur qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiya qilish,
ishlab chiqarish va chorva mollari salomatligini yaxshilash,
zararkunandalarga qarshi kurashish, baliq yetishtirishni kengaytirish
va suv resurslaridan barqaror asosda oqilona foydalanishga
qaratilgan.
26
http://uza.uz
234
Xususan, FAO tabiatga ziyon yetkazmagan holda dehqonchilik
bilan shug‘ullanish va boshqa yangi qishloq xo‘jaligi uslublarini
joriy qilish sohasida texnik ko‘maklashmoqda. Saqlash muddati va
eksport hajmini oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekinlarini
ekish, hosilni yig‘ishtirib olish, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha
yangi texnologiyalar hayotga tatbiq etilmoqda.
2014-2017-yillarga
mo‘ljallangan
dasturi
doirasida
O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihasi ham
ishlab chiqilmoqda. Tajriba o‘tkazilayotgan fermer xo‘jaliklari
misolida organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish choralari
namoyish etilib, qishloq xo‘jaligi sohasida fermer va mutaxassislar
malakasini oshirish, bu boradagi zamonaviy texnologiyalarni joriy
etish bo‘yicha tanishtiruv tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Ushbu chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi mamlaka-
timizga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z
pozitsiyasini mustahkamlab, global oziq-ovqat dasturini amalga
oshirishga salmoqli hissa qo‘shish imkonini beradi. 2015-yilda
butun dunyoda Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishish
yakunlandi. Davlatlar Barqaror rivojlanish maqsadlariga bosqichma-
bosqich o‘tmoqda va ushbu maqsadga erishish yer yuzida
ocharchilik muammosini bartaraf etish imkonini beradi.
19-jadval
Oziq-ovqat sanoati tarmoqlari tarkibi
27
Alkogolsiz ichimliklar
Go‘shtchilik
Vinochilik
Pivochilik
Konditerlik
Meva-sabzavotchilik
Konserva
Parrandachilik
Makaron
Baliqchilik
Yog‘-moy
Shakarchilik
Yog‘-pishloq
Tuzchilik
Sutchilik
Spirtchilik
Un-sulichilik
Non yopish
27
Manba: Artiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. – T., 2012.
235
Oziq-ovqat sanoati tayyor yoki yarimtayyor mahsulotlarni
ishlab chiqarishda qayta ishlash texnologiyalari orqali qishloq
xo‘jaligi xom ashyolarini qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni
realizatsiya qilish majmuasi hisoblanadi.
Dunyo miqiyosida ekologik toza mahsulotlarga bo‘lgan talab
yildan- yilga ortib bormoqda. Shu jihatdan bugungi kunga kelib
jahon miqiyosida organik mahsulotlar yetishtirish va uni
iste’molchilarga yetkazib berish davr talabiga aylandi.
Ma’lumotlarga qaraganda Xalqaro organik qishloq xo‘jaligi
tadqiqotlari instituti tahlillariga ko‘ra hozirda dunyodagi 250 dan
ortiq mamlakatning 172 tasi organik qishloq xo‘jaligi yetishtirish
bilan shug‘ullanmoqda. 90 dan ortiq mamlakat organik qishloq
xo‘jaligi sohasida me’yoriy-huquqiy aktlarga ega. Organik qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun dunyo bo‘yicha 43,7
million gektar yer maydonida 2,3 million fermer xo‘jaligi bandligi
aniqlangan.
O‘zbekiston nafaqat paxta tolasi bilan, balki butun sifatli
ekologik jihatdan toza turli mevalari, uzumlari, sabzavot va poliz
mahsulotlari bilan dunyoga mashhur. Ularning ko‘pgina turlari va
navlari boshqa mamlakatlarda uchramasligi bois O‘zbekistonda
yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari jahon qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari bozorida yuqori darajada raqobatbardoshdir.
Xususan, O‘zbekistonda yetishtiriladigan uzum navlari
tarkibidagi shakar moddasi 18–30 foizni tashkil etadi. Pomidor
tarkibidagi quruq moddalar miqdori esa 5,5 foizdan oshadi. Bu
ko‘rsatkichlar yevropalik ishlab chiqaruvchilarning shunday
mahsulotlaridagidan ancha yuqori bo‘lib, shunisi bilan xaridorni
o‘ziga tortadi.
Qishloq xo‘jaligida eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uni qayta ishlaydigan sanoatni
yetakchi o‘ringa ko‘tarish qishloq xo‘jaligida barqaror iqtisodiy
o‘sishni ta’minlaydi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifatini hamda uni qayta
ishlaydigan korxonalarning samaradorligini oshirishni, ichki va
tashqi sotish bozorlarini yanada kengaytirishni talab qilmoqda.
236
Shu bois qishloq xo‘jaligi ekinlarining mintaqalar tuproq-iqlim
sharoitiga moslashtirilgan yangi istiqbolli navlarini yaratish
bo‘yicha aniq maqsadli ishlar olib borilmoqda, bu esa, oxir-
oqibatda, ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
eksport qilish imkoniyatini oshiradi.
2020-yil 18-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev tomonidan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining
sifat
va xavfsizlik
ko‘rsatkichlari
xalqaro
standartlarga
muvofiqligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” gi farmoni qabul qilindi. Farmonga binoan,
“O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi
tasdiqlandi. Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xalqaro
standartlarga muvofiqligi
ta’minlanadi.
Organik
qishloq
xo‘jaligiga o‘tkazilgan yer uchastkalarida ekinlarni joylashtirishda
davlat aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi” deb belgilab quyildi
28
.
Ushbu farmon bilan O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligi
va organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish
konsepsiyasi va konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l
xaritasi» tasdiqlandi. Shu bilan birga, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
farmonga ko‘ra, organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul
qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasidagi barcha
manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga
solish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Organik mahsulotlar yetkazish jarayoniga to‘xtaladigan
bo‘lsak, organik dehqonchilik bu – qishloq xo‘jaligi usuli bo‘lib,
uning maqsadi tabiiy moddalar va jarayonlardan foydalangan
holda oziq-ovqat ishlab chiqarish hisoblanadi. Organik
dehqonchilik atrof-muhitga cheklangan ta’sir ko‘rsatadi, chunki u
quyidagilarni rag‘batlantiradi:
28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va
xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir qo’shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni. 2020-yil 18-may.
237
energiya va tabiiy resurslardan mas’uliyat bilan
foydalanish;
biologik xilma-xillikni saqlash;
mintaqaviy ekologik muvozanatni saqlash;
tuproq unumdorligini oshirish;
suv sifatini saqlash.
Organik qishloq xo‘jaligi — jahon trendi hisoblanadi. 2019-
yilda organik qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro bozorlardagi
savdo aylanmasi 96,7 mlrd. yevroni tashkil etib, 71,5 mln. gektar
maydonda 2,8 mln. ishlab chiqaruvchi ushbu faoliyat turi bilan
shug‘ullangan. Ekspertlarning baholashiga ko‘ra, dunyo organik
mahsulotlari bozorida so‘nggi 5 yil davomida yiliga o‘rtacha 15
foizdan o‘sishga erishilib, 2022-yilda savdo aylanmasi 212 mlrd
AQSh dollari (jahon qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi umumiy
hajmining 20 foizi) ni tashkil etishi prognoz qilingan.
Organik qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari instituti (FiBL) va
Organik qishloq xo‘jaligi harakati bo‘yicha Xalqaro Federatsiyasi
(IFOAM)ning Jahon organik qishloq xo‘jaligi statistikasi bo‘yicha
2019 yildagi nashrida O‘zbekiston Respublikasi meva yetishtirish
bo‘yicha qulay sharoitga ega bo‘lgan dunyodagi 10 ta davlat
qatoriga kiritilgan va respublikamiz organik meva ishlab chiqarish
uchun qulay yer maydonlariga ega ekanligi qayd etilgan.
Respublikada Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari
talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish, tartibga solish va
muvofiqlashtirish tizimlarini rivojlantirish, qishloq va o‘rmon
xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini
yaxshilash, eksport geografiyasini kengaytirish, shuningdek,
mamlakatimizning
organik
mahsulot
ishlab
chiqarish
salohiyatidan to‘liq foydalanish imkoniyatini oshirish belgilandi.
GLOBAL G.A.P. – yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining xavfsizligini hamda ularning mavjud sifat va
texnik talablarga mos kelishini ta’minlash uchun tan olingan
xalqaro standartlar tizimidir. GLOBAL G.A.P. standarti GHP,
GMP va HACCP talablari asosida yaratilgan. Ko‘rsatilgan
standartga muvofiq, sertifikatlash ixtiyoriy hisoblanadi, lekin
238
uning milliy standartlardan asosiy farqi shundan iboratki,
sertifikatlash nafaqat yakuniy mahsulotning sifatiga baho
berishida, balki ishlab chiqarishning butun davrini qamrab
olishidadir.
Hozirda GLOBAL G.A.P. tizimi tomonidan dunyoning 124
dan ziyod mamlakatlaridagi ishlab chiqaruvchilar sertifikatlangan,
ushbu sertifikatga ega xo‘jaliklarning umumiy soni 170 000 dan
oshadi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, sertifikatlangan xo‘jaliklarning
umumiy sonidan o‘simchilik mahsulotlar (shu jumladan, meva va
sabzavotlar) ulushi taxminan 75 foizni, chorvachilik mahsulotlar
ulushi 15 foizni, akvaekinlar ulushi 10 foizni tashkil etadi.
Global G.A.P. standartning asosiy elementlariga quyidagilar
kiradi:
ishlab chiqarishdagi xavflarni tahlil qilish;
mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish sanitariyasi;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
mahsulotlarni kuzatib borish va qaytarish tartibotlari;
ekin materialining kelib chiqishi va sifati;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun
tuproqning yaroqliligi;
tuproqni tahlil qilish va tuproqni o‘g‘itlash uchun ishlab
chiqilgan tizimning mavjudligi;
suv, pestitsidlar va qattiq materiallar qoldig‘i, mikroflorani
tahlil qilish;
o‘simliklarni himoya qilishning integratsiyalangan tizimini
joriy etish va qo‘llash;
mahsulotlarni yig‘ib olish, qayta ishlash va saqlash
bo‘yicha tadbirlarni olib borish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlash maqsadida GLOBAL G.A.P. standarti quyidagilarni
qat’iy belgilaydi:
bog‘dorchilikda organik o‘g‘itlarni daraxtlar gullagunga
qadar qo‘llash mumkin;
sabzavotchilikda – yig‘im-terimdan kamida 60 kun oldin;
239
ko‘katlarni yetishtirishda ekishdan keyin, organik
o‘g‘itlardan foydalanish agar yetishtirish davri 60 kundan o‘tsa
ham, man etiladi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-
ovqat mahsulotlari, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti,
oziq-ovqat sanoati va ularning turlari.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qanday yo‘llari
mavjud?
2. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning qanday
afzalliklari mavjud?
3. Qishloq xo‘jaligi tarixi va rivojlanishi haqida nimalarni
bilasiz?
4. O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi resurslaridan
foydalanishni izohlang.
5. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash muammolari
kabi masalalar nimadan iborat?
6. Qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlash
muammolariga siz qanday e’tibor berardingiz?
|