|
Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi
|
bet | 112/175 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 7,42 Mb. | | #237523 |
Bog'liq To\'plam Web 31.2. Peyjingli aloqa.
O’zining paydo’bo’lgan vaqtidan boshlab (50-yillarning o’rtalari) bir xil ma’noli bolmagan holda qabul qilindi. Uning foydaliligi, so’zsiz, aloqaning yuqori tezkorligi va narxi pastligi, chastotali resursni samarali ishlatishligidir. Uning еng asosiy kamchiligi shundaki, u shu paytga ham qator aloqaning bir taraflama turi bo’lib, bu uning ishonchliligini sezilarli pasaytiradi. Lekin bu kamchiligiga qaramay, peyjingli aloqa hozirgi vaqtda haqiqatda ommaviy tarqaldi. Peyjingli aloqaning abonentlari soni jahonda o’nlab million odamga etadi; rivojlangan mamlakatlarda peyjingli aloqadan 20% gacha aholi foydalanadi.Peyjing tizimining asosini peyjingli terminal tashkil еtadi, u nazoratchini qabul qilish-uzatish qurilmasidan, retranslyator, boshqarish pulti va antennadan tashkil topgan. Ma’lumotni uzatish uchun telefon, kompyuter, klaviaturadan foydalanish mumkin, qabul qilish uchun еsa jajji UQT-qabul qilgich peyjer (peyjingli tizimlar 146-174 MGc chastotalar diapazonida) ishlatiladi. Har bir peyjerga alohida telefon nomeri mos keladi va u bilan bog’lanish uchun nomerni terish va xabarni uzatish kerak. Yaqin kelajakda ikki taraflama peyjerlarning paydo bo’lishi qutilmoqda, u faqat axborotni qabul qilib qolmasdan, balki ma’lumotlarni qabul qilganligi to’g’risida xabar va qisqa kodlantan javoblar yuborishi mumkin (ko’rgazmalarda shunday peyjer-larning ilk namunalari namoyish qilindi).Texnologiyaning zamonaviy darajasi ixtiyoriy o’lchamdagi peyjing tizimini ofis miqyosidan tortib to’umumdavlat miqyosigacha ko’rish imkonini beradi.
Peyjingli tizim turlari:Bu tizimlarning uchta turi еng harakterlidir: korporativ, lokal va hududiy tizimlar.Korporativ peyjing tizimlari ofis, bino’ichida, alohida korxona va ularga tegishli bo’lgan hududlarda aloqani tashkil еtish uchun mo’ljallangan. Ularni qo’llashning tipik misollari- katta ofis-lar, mehmonxonalar, kasalxonalar, aеroportlar. Ular peyjerga еga bo’lgan ixtiyoriy xodimga uning joylashgan joyidan qati nazar, tezda ma’lumotni uzatish imkonini beradi.Tizim asosi nazoratchi uzatilayotgan ma’lumotni maxsus xabarlarga o’zgartiradi va chiqish quvvati odatda 5 vt gacha bo’lgan kichik quvvatli radiouzatuvchi qurilmani boshqaradi. Axborotlarni kiritish uchun bunday tizimlarda gohida nazoratchiga moslashtirilgan klaviatura ishlatiladi, lekin tonal teriladigan telefonlarning nomertergichlari va shaxsiy kompyuterlar ishlatilishi ham mumkin.
|
| |