• Chet el elementlari
  • Android OTning afzalliklari




    Download 7,42 Mb.
    bet120/175
    Sana16.05.2024
    Hajmi7,42 Mb.
    #237523
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   175
    Bog'liq
    To\'plam Web

    36.1. Android OTning afzalliklari.
    Ko’pchilik Androidning ko’p tarmoqli imkoniyatlari va yashirin funksiyalari borligini taxmin qilsalar kerak, lekin iste’molchi Androidning sirlaridan uni boshqarish jarayonida smartfon yoki planshetning qo’shimcha imkoniyatlaridan foydalanilgani kabi xabardor bo’lib, foydalana olmasliklari mumkin. Chunki mavjud muloqot oynalaridan foydalanishning qulayligini oshirish hamda qurilmadan estetik zavq olinishini ta’minlash maqsadida ayrim funksiyalar yashirin tarzda berilgan. Android dasturining afzalliklari: - Android operatsion tizimida ishlovchi mobil qurilmalar Gmail, Google Docs, Maps va boshqa Google kompaniyasining xizmatlari bilan to‘liq ishlay oladi. - Android market hozirgi kunda eng zo‘r dasturiy ta‘minot Web-saytlaridan hisoblanadi va Android uchun juda ko‘p bepul dasturlar mavjud. - Android kommunikatorlari yordamida xohlagan mobil aloqa operatorini tanlash imkoniyati mavjud. - Android platformasi paydo bo‘lganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa ham, u bir qancha imkoniyatlarni taqdim etadi va shunga yarasha Androidda ishlaydigan qurilmalarning narxi ham unchalik baland emas. - Android bu to‘liqligicha ochiq operatsion tizim hisoblanadi. - Android ko‘p jarayonli operatsion tizim, ya‘ni unda bir vaqtning o‘zida bir necha dasturlar ishlash imkoniyati mavjud. - Android qurilmalarini hammasida virtual klaviatura mavjud. Ba‘zi Android qurilmalarida ham virtual, ham haqiqiy klaviatura mavjud bo‘ladi. - Android operatsion tizimi faqatgina kommunikatorlarda emas, balki planshet kompyuterlar, netbuklar va boshqa gadjetlarda ham ishlay oladi. Androidning imkoniyatlari, asosan, yosh va o’rta yoshli foydalanuvchilarga mo’ljallangan. Usta foydalanuvchilarning menga bu kerak emas, bu qiziqarli emas degan fikrga borishlari noto’g’ri. Chunki qurilmalarning sirlarini anglangan sari yangi imkoniyatlari ochilib boraveradi. Kimki bu yo’lni bosib o’tgan bo’lsa oldinga qarab boraversin Android operatsion tizimining qulayliklari shundan iboratki: 1. Kontaklar ro’yxatiga murojat qilish. Androidda telefon qo’ng’irog’ining qulaylik darajasi OC Symbianga nisbatan kamroq. Lekin bu masala ancha tez hal bo’lishi mumkin. Ko’p telefon qilinadigan obyektni ish stoliga chiqarib qo’yish kerak. Buni quyidagi tartibda bajaramiz. a) Ish stolining bo’sh joyini yangi muloqot oynasi hosil bo’lgunigacha bosib turamiz. b) “Добавить ярлык” ni bosamiz. s) Keyin bizga nima kerakligini tanlab olamiz. So’ngra “Прямой набор номера”, “Персональное сообщение” ni tanlaymiz. “Прямой набор номера” tugmasi bosilganda to’g’ridan-to’g’ri kerakli obonentning raqami teriladi va qo’ng’iroq qilish mumkin. “Персональное сообщение”da esa –xat yozish imkoniyati tug’iladi. Kontakt- tugmasini bosganda kerakli obonentga qo’ng’iroq yoki xat yozish mumkin bo’ladi. 2. Ovoz bilan raqam terish yoki mavjud ro’yhatdan izlash. Ish stolining birida Androidning Google tugmasi o’rnatilgan. Klaviaturada esa mikrafon rasmchali tugmacha bor. Qidiruv haqida hamma narsa ayon. Mikrafon esa odam ovozini yozma ravishda aks etishi uchun ximat qiladi va ekranda tanlangan tilda aks etadi. 3. Android funksiyalariga tezda kirish. Buning uchun ekranning yuqori qismini bosgan holda qo’lni uzmay pastga qarab harakatlantirishning o’zi kifoya, shunda funksiya menyusi ochiladi. Wi-Fi, Bluetooth, ovoz funksiyasi yoki 3Gga ishlashni GPRS almashinuvini sozlanadi ya’ni, ayni funksiya rasmchasini bir marta bosish orqali u yoqiladi, ikkinchi marta bosish orqali esa, o’chiriladi. Xilma-xillik soni aniq mualliflik qurilmasi yoki jihoz turiga bog’liq. 4. Ish stolining miqdori. Android OSli jihozning foydalanuvchisi o’zi qancha ish stoli bo’lishini boshqara oladi. Bir nechta ish stoli yaratish uchun ish stolini bo’sh joyini menyu chiqgunga qadar uzluksiz bosib turamiz. So’ng ish stolining miqdorini aniqlash uchun “Настройки начального экрана” bo’limini tanlaymiz va “Допольнительные параметри”buyrug’ini beramiz. Ish stolining sonini o’zgartrishning yana boshqa usullari ham bor. 5. Ochilgan dasturlarni yopish. Ravshanki, agar foydalanuvchi ochilgan dasturdan to’g’ridan-to’g’ri chiqsa, uni yopmaydi balki olib qo’yadi. Bu foydalanish resurslari sistemasini dastur fon rejimida ishlagani uchun amalga oshiradi. Foydalanuvchining o’zi ishni o’chirish uchun quyidagi harakatni amalga oshirishi mumkin. “настройки” ga kirib keyin “приложение” ni bosamiz so’ng “Управление приложений ” ga va keyin “Запушенные” keraksiz programmani yopamiz. Принудительное завершение bu ishlarni bajarish yoqmayotgan bo’lsa shunchaki TASK Killer bossangiz hammasi o’z-o’zidan yechiladi. Garchi bu sistema ancha vaqt yechilmagan programmalar bo’lsa ham yechish imkoniyatiga ega. 6. Ochilagan programmalar. Ro’yxatdagi ochilgan programmalarni ko’rish uchun “домой” tugmasini muddatli bosish kifoya. 7. Ish stoli. Agar foydalanuvchi bir necha ish stoli o’rnatgan bo’lsa va smartfonni ochgan paytda ko’z oldida aynan birini bo’lishini istasa, menyuning tahrirlash bo’limiga kirib asosiy ekranni tanlab qo’yadi. Shuningdek ish stoli “домой” tugmachasini bosishda paydo bo’ladi. 8. “Google” xizmatlari. Iste’molchi yangi kontakt yoki kalendarga yangi yozuv, sistema axborotlarini saqlashni so’rashi mumkin. Bunda qurilma “Google” akkauntini ochishni so’raydi. Bu qurilma internetga ulangan holda odatdagi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Agar iste’molchi yangi kontakt yaratsa yoki kalendarga yangi yozuvni kiritsa, sistema ma’lumotni telefonda yoki Google akkauntiga saqlashni so’raydi. Yana bir android siri - bu internet trafikni boshqarishdir.

    Download 7,42 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   175




    Download 7,42 Mb.