|
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
|
bet | 117/175 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 7,42 Mb. | | #237523 |
Bog'liq To\'plam WebTakrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1. IRC chatning kengaytmasi
2. IRC 1988 yilda MultiUser Talk dasturining o'rniga ishlab chiqilgan Asosiy spetsifikatsiya bu?
3. IRC protokoli
34-MAVZU: WINDOWS DASTURI.
Reja:
34.1. Windows OS haqida tushuncha.
34.2. Windows operatsion tizimi tarixi.
34.1. Windows OS haqida tushuncha.
Windows — shaxsiy kompyuterlar va ish stantsiyalari uchun Microsoft tomonidan Windows NT oilasi tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizim. Windows 8.1ʼdan soʻng, tizim 9 ni chetlab oʻtib, 10 raqamni oldi, Windows 10ʼning server hamkori Windows Server 2016 hisoblanadi.
Tizim turli xil qurilmalar, masalan, shaxsiy kompyuterlar, planshetlar, smartfonlar, Xbox One pristavkalari va boshqalar uchun birlashtirilgan boʻlishi uchun ishlab chiqilgan boʻlib, unda barcha qoʻllab-quvvatlanadigan qurilmalar bilan birlashtirilgan rivojlanish platformasi va universal dasturlarning yagona doʻkoni mavjud. Windows 10 xizmat sifatida qoʻllab-quvvatlash sikli davomida yangilanishlar bilan taʼminlanadi. Tizim chiqarilgandan keyingi birinchi yil davomida foydalanuvchilar Windows 7, Windows 8.1 va Windows Phone 8.1 ning litsenziyalangan nusxalarini ishlaydigan qurilmalarda Windows 10ʼga bepul oʻtishlari mumkin edi. Muhim yangiliklar qatoriga “Cortana” ovozli yordamchisi, bir nechta ish stoli yaratish va almashtirish qobiliyati va boshqalar kiradi. Windows 10 — bu Windowsʼning soʻnggi “qutidagi” versiyasi, barcha keyingi versiyalar faqat raqamli shaklda tarqatiladi.
Windows 10 foydalanuvchi shartnomasi Microsoftʼga foydalanuvchi, uning Internetdagi faoliyati tarixi, kirish nuqtalari uchun parollar, klaviaturada yozilgan maʼlumotlar va boshqa koʻp narsalar haqida koʻp maʼlumot toʻplash imkonini beradi.W3Schools statistik maʼlumotlariga koʻra, Windows 10 Internetga ulanish uchun ishlatiladigan operatsion tizimlar orasida dunyoda birinchi oʻrinni egallab turibdi.
34.2. Windows operatsion tizimi tarixi.
Windows operatsion tizimining asoschisi Microsoft korporatsiyasi bo’lib,
Ushbu kompaniya 1975 yilda Bill Geyts va Pol Allen tomonidan tashkil etilgan va 1970-yillning oxiridau shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizim(OT)larni ishlab chiqarish bilan shug‘ullana boshladi. MS-DOS operatsion tizimning birinchilaridan edi, uning boshqaruvi buyruq qatori orqali amalga oshirilgan.
Windows 1.0. Microsoft kompaniyasi 1983 yil10 noyabrda grafik qobiqga ega bo‘lgan dastlabki operatsion tizimni taqdim etdi va uniMicrosoft Windows (ingl. "Oyna") deb nomladi DeyarliMS-DOS tarkibida bo‘lgan ushbu operatsion tizimga asosiy ilovalar kiritilgan: kalkulyator, bloknot, Paint grafik muharriri, Write matn muharriri, soat, o‘yinlar va boshqalar.
Tizim bir necha vazifani bir vaqtning o‘zida bajarish imkonini berar edi, biroq ular ekranda bir-birini to‘sib qo‘ygan holatda joylashar edi. Operatsion tizimapparat ta'minotida yuqori talablar va o‘sha vaqtda keng tarqalmagan sichqonlarni sotib olish zarurati tufayli mashhurlikka erishmadi.
Windows operatsion tizimiApple kompaniyasi tomonidanLisa kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan(1983 yildan boshlab chiqarila boshlagan) grafik interfeysli boshqa operatsion tizimining raqobatchisiga aylandi.
Windows 2.0. Kompaniya 1987 yil 9 dekabrda Windows 2 operatsion tizimi taqdim etdi. Natijada uning takomillashgan ko‘rinishlari chiqarila boshlandi. U mukammallashtirilgan interfeys, shuningdek dastur oynalarining yig‘ilishi imkoniyati bilan ajralib turar edi.
Windows 3. 1990 yilning 22 mayida Windows 3 chiqarildi. Uning avvalgilaridan farqi, u 256 xil rangdagi dasturlar (avvalgilarida16 ta rang) ni ishga tushirish imkoniga ega edi, bir qator qo‘shimcha yangiliklarham kiritilgan. 1992 yilda tarmoq ilovalari(Internetga ulana oladigan TCP/IP ham shular jumlasidandir) va rus tilini ishga tushira oladigan Windows 3.1 talqini paydo bo‘ldi.
Windows NT. 1993 yilning 27 iyulida Windows NT operatsion tizimi paydo bo‘ldi, u serverlar bozori (kompyuter tizimini ta'minlovchi kompyuter-lar) va ishchi stansiyalar (statsionar kompyuteralar) ga yo‘naltirilgan edi. U odatiy Windows operatsion tizimdan alohida ishlab chiqilgan, barcha zamonaviy Windows’larning asosiga aylandi.
Windows 95. 1995 yilning 24 avgustida shaxsiy kompyuterlar uchun Windows 95 operatsion tizimi chiqarildi, unda(Start) tugmachasi paydo bo‘ldi, 16 bitli to‘liq palitra(65 mingdan ortiq ranglar) ishga tushirildi va interfeys elementlari joyi o‘zgartirildi, bu joylashuvWindows 8 paydo bo‘lguniga qadar saqlanib qoldi. Windows 95 Microsoft vaIBM-PC kompyuterlariga bozorda Apple’dan o‘zib ketish va yetakchilik qilish imkonini yaratdi.
Windows 98. 1998 yilning 25 iyunida Windows 98 operatsion chiqarildi. Windows 95’ning rivojlantirilgan talqiniUSB qurilmalari va katta hajmli qattiq disklardan foydalanish, internet, jumladan-Internet Explorer va Outlook Express’dan foydalanishda yanada yaxshilangan imkoniyatga ega edi.
Windows ME. 2000 yilning 19 iyunida Windows 9x - MilleniumEdition platformasidagi so‘nggi operatsion chiqarilgan. U uyda fodalanish uchun mo‘ljallangan, tomosha qilish, videolarnitahrir qilish va boshqa bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Turli OAV va ekspertlar uning ishonchlilik darajasipast ekanligini bir necha bor tanqid ostiga oldilar.
Windows XP. 2001 yilning15 avgustidaWindows XP operatsion tizim savdolari boshlandi, u operatsion tizim tarixidagi eng mashhurlaridan biriga aylandi. Texnik yordamga chek qo‘yilishi va viruslarga nisbatan nozik bo‘lishiga qaramay, NetMarketshare tahliliy saytining ma'lumotlariga qaraganda, u hozirga qadar dunyodagi barcha kompyuterlarning11,68 foizida o‘rnatilgan.
W indows Vista. 2006 yilning30 noyabridaWindows Vista paydo bo‘ldi. Asosiy yaxshilangan tomonlari orasida viruslarga qarshi himoya vaAero grafik interfeysini qayd etish mumkin. Mazkur OTni operatsiyalarni sekin amalga oshirishi, doimiy ravishda parolni kiritish va kompyuter qaroqchiligi huquqidagi murakkab tizim tufayli tanqid qilishgan.
Windows 7. 2009 yilning 22 oktabridaWindows NT oilasiga mansub Windows 7 operaysion tizimi taqdim etildi. Unda Vista’dagi kamchiliklar bartaraf etilgan va interfeys yaxshilangan. Mocrisoft tomonidan ushbu operatsion tizimni bepul qo’llab quvvatlash 2020 yil 14 yanvar kuni to’xtatilgan. Xozirda ushbu operatsion tizimni qo’llab quvvatlash pullik bo’lib buham 2023 yil 10 yanvarda to’xtatilishi belgilangan.
Windows 8. 2012 yilning 26 oktabrida Microsoft Windows 8 operatsion tizimini ishga tushirdi. Unda“Pusk” tugmasidan voz kechish va foydalanuvchi interfeysini butunlay qayta ishlab chiqib, ekrandagi“plitka” elementlari ko‘rinishida "Metro" muhitiga almashti-rishga qaror qilindi.
M azkur talqin oddiy kompyuterlarga qaraganda planshetlar uchun mo‘ljallangan deya tanqid ostiga olingan. Kamchiliklarning bir qismi Windows 8.1 da bartaraf etildi.
Windows 10. 2015 yilning 25 iyulida yangi talqin Windows 10 sotuvga chiqarildi. U barcha platformalar– serverladan tortib, mobil telefonlar uchunyagona tizimga aylandi. O‘zgartirilgan elementlar orasida shaxsiy kompyuterlar uchun"Pusk" menyusi va tugmasining qaytishini alohida ta'kidlab o‘tish mumkin.
W indows 11. Windows 10 operatsion tizimining davomchisi hisoblanib Microsoft tomonidan Windows NT oilasiga mansub bo’lgan shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizimdir. Uningilk taqdimoti 2021 yil 24 iyunda bo’lin o’tdi. Ushbu tizim“Microsoft Fluent Design” deb nomlanuvchi yangilangan foydalanuvchi interfeysiga ega. Butun tizim shaffoflik, soyalar va yumaloq burchaklarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Qayta ishlangan Ishga tushirish(«Pusk») menyusi joriy etildi, u vazifalar paneli oʻrtasida joylashgan(lekin uni avvalgidek joylashtirish mumkin), jonli plitkalar mavjud emas. Vazifalar paneliham markazlashtirilgan va soddalashtirilgan. Windows 10ʼda ilgari taqdim etilgan Vazifalarni koʻrish funksiyasi yangilangan dizayn asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek yangi tizim ikonkalari, tovushlar va vidjetlar qoʻshilgan.
|
| |