• Chet el elementlari
  • Takrorlash uchun savol va topshiriqlar




    Download 7,42 Mb.
    bet118/175
    Sana16.05.2024
    Hajmi7,42 Mb.
    #237523
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   175
    Bog'liq
    To\'plam Web

    Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
    1.Windows kim tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizim?
    2. Windows operatsion tizimining asoschisi?
    3. Windows 10 qachon sotuvga chiqarildi?
    4. Windows XP bilan Windows 11 ning farqi?

    35-MAVZU: WINDOWS OPERATSION TIZIMINI O'RNATISH.
    Reja:
    35.1. Windows-ni o'rnatishdagi vaziyatlar.
    35.2. Windows OT ini o'z kompyuterga o`rnatish
    35.1. Windows-ni o'rnatishdagi vaziyatlar.
    Windows-ni o'rnatish juda qiyin vazifa kabi tuyulishi mumkin, ammo bu juda oson, ayniqsa Windows 10, Windows 8 yoki Windows 7 kabi so'nggi operatsion tizimni o'rnatayotgan bo'lsangiz, oddiy qayta tiklash uchun kompyuteringizni mahalliy mutaxassislarga topshirishning hojati yo'q. - siz Windows-ni o'zingiz o'rnatishingiz mumkin. O'rnatishni rejalashtirgan quyida joylashgan Windows operatsion tizimini toping va keyin har bir OS-ni qanday o'rnatishni tushuntirib beradigan vizual, bosqichma-bosqich qo'llanmalarni bosing.
    35.2. Windows OT ini o'z kompyuterga o`rnatish
    Bugun biz o'z kompyuterimizga Windows OT ining 8.1 versiyasini o'rnatishni ko'rib chiqamiz. Bu usul Windows ning 7, 8, 8.1 va 10 versiyalari uchun bir xil hisoblanadi. Demak, boshladik. Buning uchun bizga Windows operatsion tizimi o'rnatuvchi paketi fleshka disk yoki fleshka kerak bo'ladi. Agar bular mavjud bo'lmasa o'zimiz o'rnatuvchi paketni fleshka yozamiz va bu orqali o'z kompyuterimizga Windows OT ini o'rnatamiz. Bunda bizga Windows o'rnatuvchi paketi (.iso kengaytmasida bo'ladi) va rufus dasturi kerak bo'ladi. Windows OT ining o'rnatuvchi paketini biz Microsoft ning microsoft.com saytidan yoki o'zimiz bilgan boshqa dasturlar saytidan ko'chirib olishimiz mumkin.
    ESLATMA!!! Windows OT ining o'rnatiluvchi paketi hech qachon shunchaki fleshkaga nusxalash bilan yozilmaydi agarda siz uni uyingizga yoki biron joyga olib borib saqlab qo'yish uchun yozmayotgan bo'lsangiz.
    1. Windows OT ning o'rnatuvchi paketi; 2. Rufus dasturi
    Fleshkani kompyuterga ulaymiz va rufus dasturini ishga tushuramiz. So'ng rufus dasturining quyidagi bo'limlari haqida tushunchaga ega bo'lamiz:1. Ulangan fleshkamiz nomi va hajmini ko'rsatadi (Windwos OT ining 7, 8, 8.1 va 10 versiyalaripaketini fleshkaga yozish uchun bizga fleshkaning hajmi 8 Gb dan kam bo'lmagani kerak bo'ladi);
    2. Qanday turdagi sxema va interfeys orqali Windows OT ini kompyuterga yozish turini belgilanadigan bo'lim (bu haqda keyingi mavzularimizda to'liqroq ma'lumot berib o'tamiz, bizga asosiysi qanday sxema va interfeysdan foydalanishni bilib olsak bas). Windows OT ini o'rnatish uchun biz MBR sxemasi va BIOS yoki UEFI-CSM interfeysidan foydalanamiz;
    3. Fayl tizimi ya'ni biz fleshkaga Windows OT paketini yozilganda qanday usulda yozilish kerakligini belgilaymiz. Bu fayl tizimi Windows uchun NTFS bo'ladi (keyingi mavzularimizda bu haqda tushuntirib o'tamiz);
    4. Klaster o'lchami yoki hajmi — bu ham standart Windows OT ini o'rnatish uchun 4096 bayt bo'ladi;
    5. Fleshkamizning Windows OT ini o'rnatuvchi paketi yozilgandan keyingi nomi qanday bo'lishi shu yerda yoziladi;
    6. Bu yerda formatlash sozlamalari keltirilgan.
    E SLATMA!!! Yuqoridagi barcha parametrlar siz Windows ning o'rnatuvchi paketini tanlagan vaqtingiz avtomatik sozlanadi va u yerdagi hech narsani o'zgartirish tavsiya etilmaydi.
    Rasmda ko'rsatilgan tugmani bosamiz. Bizda quyidagicha oyna ochiladi va biz oldindan ko'chirib olgan Windows OT ining o'rnatuvchi paketini tanlaymiz Mana bizning parametrlarimiz avtomatik sozlandi. Endi biz «Старт» tugmasini bosamiz Bizda «fleshkamizda biron ma'lumot mavjud bo'lsa u o'chib ketishi» haqida ogohlantiruvchi oyna ochiladi. Albatta biz agar fleshkamizda kerakli ma'lumot mavjud bo'lmasa «OK» tugmasini bosamiz.Bizda quyidagicha «Готов» yozuvi chiqganda Windows OT ining o'rnatiluvchi paketi yozilgan bo'ladi. Mana endi bizda Windows OT ni o'rnatuvchi paketi yozilgan fleshkamiz mavjud. Endigi galda qiladigan ishimiz bu BIOS ni sozlash. Demak, siz bilan BIOS haqida gaplashamiz.“BIOS” termini IBM firmasi tomonidan kompyuter bilan mos bo’lgan qurilmalarga nisbatan qo’llaniladi. Boshqa firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan kompyuter qurilmalarida “PROM” yoki “Boot” terminlari qo’llaniladi. Agarda siz sotib olgan noutbuk yoki kompyuteringizda windows belgisi bo’lsa, siz qo’rqmasdan “BIOS” terminini qo’llasangiz bo’ladi.
    «BIOS» — bu har bir kompyuter yoki noutbukning tizim osti tizimidir. Ya'ni, siz kompyuteringizga biror bir windows (xp, 7, 8,10) o'rnatmagan bo'lsangiz ham sizning kompyuter/noutbukingizda operatsion tizim mavjud. Faqat uning vazifasiga rasm/video ko'rish, qo'shiq eshitishni ta'minlash emas, foydalanuvchi o'ziga mos Operatsion Tizim (OT) ni o'rnatishini ta'minlab turishdir.
    “BIOS” kompyuterning doimiy xotirasiga o‘rnatilmaydi, shuning uchun operatsion tizimingiz o‘chib ketsa ham BIOS hech ham o‘chmaydi.
    BIOS ga kirish qiyin emas, buning uchun kompyuteringizni yoqasiz (yoki qayta ishga tushirasiz) va monitor tasvir uzatishi bilan quyidagi tugmalarni bosasiz: F2 + Delete tugmalarini birgalikda qayta va qayta bosasiz – bu deyarli barcha kompyuterlar uchun BIOS ga kirishni ta’minlovchi tugmalar kombinatsiyasi hisoblanadi. Lekin, noutbuklarda bu masala biroz chalkashroq. Noutbuklarni ishlab chiqaruvchi firmalar odatda o‘zlarining BIOS ga kirish kombinatsiyalarini kiritadi. Noutbuklarida BIOSga kirish quyidagi tartiblarda biri orqali amalga oshiriladi:
    • F2 – odatda Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun;
    • F2 + delete — agar yuqoridagi yordam bermasa Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun;
    • F2+Fn — agar u ham yordam bermasa Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun;
    • Esc – ayrim Toshiba noutbuklarida F2 ni o'rnida qo'llaniladi;
    • F10 –Hewlett Packard (HP) noutbuklarida, hamda atyrim Dell noutbuklarida qo'llaniladi;
    • F1 – ba'zi Lenovo/IBM noutbuklarida qo'llanilishi mumkin;
    • Agarda sizda kamyob turdagi noutbuk bo'lsa, unda quyidagi kombinatsiyalar-dan birini qo'llab ko'ring: Ctrl+Alt+Esc, Ctrl+Alt+S, Ctrl+Alt+Del, Ctrl+Alt+Ins, Ctrl+Alt+Enter, Fn+F1, Ctrl+Ins BIOS odatda ko’k rangli, zerikarli muhitdir Hozirgi kunda zamonaviy ko‘rinishdagi BIOS lar ham keng tarqalmoqda Windows o’rnatilgan diskovod yoki fleshkani ishga tushirish uchun BIOS ga kiriladi va u yerdan BOOT qismi topiladi. U yerda o’zimga kerakli disk/fleshkani 1-o’ringa qo’yamiz.
    1-o’ringa qo’yish har bir BIOS tizimida uning yangi eskiligi, ishlab chiqargan firmasiga qarab turlicha amalga oshiriladi. Jumladan, eski turdagi BIOSlarda siz 1-o’rinda turga qurilma nomiga bossangiz, u sizga mavjud qurilmalar ro’yxatini ko’rsatadi, siz shulardan o’zingizga keragini birinchi o’ringa qo’yasiz, birinchi o’rinda turgani esa tanlangan qurilmaning o’rnini egallaydi.
    Yangiroq turdagi BIOS larda esa bu amaliyot F5 va F6 tugmalari (yoki boshqa F tugmalarda) amalga oshiriladi. Ya’ni, siz o’zingizga kerakli disk/fleshka nomini belgilaysiz va yo F5 (past) yo F6 (tepa) tugmalarini bosgan holda tartibini o’zgartirasiz.
    Boshqa turdagi BIOS larda (“POST” yoki “Boot”) bu boshqacha tarzda amalga oshirilishi mumkin (F1 va F2; “+” va “-” va boshqacha tarzda) Biz BIOS ni sozlamasini sozladik endi fleshkani kompyuterga ulaymiz va kompyuterni yoqamiz. Qora ekranimiz chiqishi bilan istalgan klaviaturani klavishlaridan biri bir necha bor bosamiz.



    Download 7,42 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   175




    Download 7,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

    Download 7,42 Mb.