• 1. BAHOLASH VOSITALARI BAHOLASH MEZONI
  • Ta’lim muassasasining nomi




    Download 7,42 Mb.
    bet2/175
    Sana16.05.2024
    Hajmi7,42 Mb.
    #237523
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
    Bog'liq
    To\'plam Web

    Ta’lim muassasasining nomi: Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi
    Fanning nomi: Web texnologiyalar

    O’quv yili

    O’zgartirishlar va qo’shimchalar

    Kafedra yig’ilishi bayonnoma raqami va sana, kafedra mudirining imzosi

    Tasdiqlandi:
    Direktori O’IBDO’ o’rinbosari imzosi va tasdiqlangan sana

    2023-2024




    2023 yil 7-oktyabrdagi «_3_» -sonli

    «7» _oktyabr_ 2023 yil







    Palvonov Z_________

    Bazarbayeva N.__________














    Izoh: 1. Kafedra yi’gilishining bayonnomasidan ko’chirma o’quv metodik hujjatlar paketida saqlanadi. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari tasdiqlaydi.


    1. BAHOLASH VOSITALARI
    BAHOLASH MEZONI


    Oraliq (yozma, og‘zaki) nazoratda talaba bilimini baholashda quyidagi talablar qo‘yiladi:



    Baho

    Talaba bilimi va malakasiga talablar

    5

    A’lo

    Savollardagi mavzularning barchasiga asoslangan, ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilmagan holda javoblar beradi, mavzu materiali mohiyatini to‘la tushunib yetgan bo‘ladi, ijodiy fikr yuritadi, mustaqil mushohada qiladi, nazariy bilimlarni amalda qo‘llashga misollar keltira oladi, xulosa va qarorlar qabul qilishda faol bo‘ladi, material bo‘yicha to‘la tasavvurga ega bo‘ladi va talaba ilmiy-uslubiy maqolalar yozishga loyiq bo‘ladi hamda amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi shuningdek mashg‘ulotlarda faol ishtirok etagan deb topilganda.

    4

    Yaxshi

    Savollarning barchasiga to‘liq javob beradi, juz’iy xatoliklarga yo‘l qo‘ymaydi. Material mohiyatni tushunib yetgan bo‘ladi, ijodiy fikr yurita oladi, nazariy bilimlarni amaliy ahamiyatini anglab yetgan bo‘ladi, material bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lsa qo‘shimcha adabiyotlardan mustaqil foydalana olish qobiliyatiga hamda amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlardagi yaxshi ishtirokni inobatga olgan deb topilganda

    3

    Qoniqarli

    Savollarga javoblar yozadi, yo‘l qo‘ygan xatolari juz’iy xatolar bo‘lmaydi, material mohiyatini tushungan bo‘ladi, nazariy bilimlarni amaliy ahamiyatini anglagan bo‘ladi, mavzular bo‘yicha tasavvurga ega bo‘ladi va auditoriya mashg‘ulotlariga to‘liq qatnashgan bo‘ladi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega hamda amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlarda ishtirok etib topshiriqlarni o‘qituvchi yordamida to‘g‘ri bajaradi deb topilganda

    2

    Qoniqarsiz

    Savollarga javob berishga qiynaladi, material mohiyatini tushunmaydi, tasavvuri sayoz bo‘ladi, nazariy bilimlarni amaldagi ahamiyatni anglab yetmaydi, savollarni ko‘pchiligiga javob bera olmaydi va darslarga muntazam qatnashmagan bo‘laydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas hamda amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlardagi topshiriq-larning shartini to‘g‘ri tushunib ularni bajara olmaydi deb topilganda

    Oraliq (test) nazoratda talaba bilimini baholashda quyidagi talablar qo‘yiladi:



    Baho

    Talaba bilimi va malakasiga talablar

    5

    A’lo

    Talaba test savollarining 90%dan yuqorisiga to‘g‘ri javob beradi hamda amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi shuningdek mashg‘ulotlarda faol ishtirok etagan deb topilganda.

    4

    Yaxshi

    Talaba test savollarining 89,9%dan 70% gacha to‘g‘ri javob beradi hamda amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlardagi yaxshi ishtirokni inobatga olgan deb topilganda

    3

    Qoniqarli

    Talaba test savollarining 69,9%dan 60% gacha to‘g‘ri javob beradi hamda amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlarda ishtirok etib topshiriqlarni o‘qituvchi yordamida to‘g‘ri bajaradi deb topilganda

    2

    Qoniqarsiz

    Talaba test savollarining 59,9% dan kamiga to‘g‘ri javob beradi hamda amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlardagi topshiriq-larning shartini to‘g‘ri tushunib ularni bajara olmaydi deb topilganda



    Yakuniy(yozma, og‘zaki) nazoratda talaba bilimini baholashda quyidagi talablar qo‘yiladi:



    Baho

    Talaba bilimi va malakasiga talablar

    5

    A’lo

    Savollardagi mavzularning barchasiga asoslangan, ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilmagan holda javoblar beradi, mavzu materiali mohiyatini to‘la tushunib yetgan bo‘ladi, ijodiy fikr yuritadi, mustaqil mushohada qiladi, nazariy bilimlarni amalda qo‘llashga misollar keltira oladi, xulosa va qarorlar qabul qilishda faol bo‘ladi, material bo‘yicha to‘la tasavvurga ega deb topilganda.

    4

    Yaxshi

    Savollarning barchasiga to‘liq javob beradi, juz’iy xatoliklarga yo‘l qo‘ymaydi. Material mohiyatni tushunib yetgan bo‘ladi, ijodiy fikr yurita oladi, nazariy bilimlarni amaliy ahamiyatini anglab yetgan bo‘ladi, material bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lsa qo‘shimcha adabiyotlardan mustaqil foydalana olish qobiliyatiga ega deb topilganda

    3

    Qoniqarli

    Savollarga javoblar yozadi, yo‘l qo‘ygan xatolari juz’iy xatolar bo‘lmaydi, material mohiyatini tushungan bo‘ladi, nazariy bilimlarni amaliy ahamiyatini anglagan bo‘ladi, mavzular bo‘yicha tasavvurga ega bo‘ladi va auditoriya mashg‘ulotlariga to‘liq qatnashgan bo‘ladi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda

    2

    Qoniqarsiz

    Savollarga javob berishga qiynaladi, material mohiyatini tushunmaydi, tasavvuri sayoz bo‘ladi, nazariy bilimlarni amaldagi ahamiyatni anglab yetmaydi, savollarni ko‘pchiligiga javob bera olmaydi va darslarga muntazam qatnashmagan bo‘laydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda


    Yakuniy(test) nazoratda talaba bilimini baholashda quyidagi talablar qo‘yiladi:



    Baho

    Talaba bilimi va malakasiga talablar

    5

    A’lo

    Talaba test savollarining 90%dan yuqorisiga to‘g‘ri javob berganda. Test savollari joriy semestrdagi mavzularning barchasini qambrab olgan bo‘lishi lozim va talaba test materiali mohiyatini to‘la tushunib yetgan bo‘ladi, ijodiy fikr yuritadi, mustaqil mushohada qiladi, nazariy bilimlarni amalda qo‘llaydi, xulosa va qarorlar qabul qilishda faol bo‘ladi, test material bo‘yicha to‘la tasavvurga ega deb topilganda.

    4

    Yaxshi

    Talaba test savollarining 89,9%dan 70%gachasiga to‘g‘ri javob berishi lozim. Test savollari joriy semestrdagi mavzularning barchasini qambrab olgan bo‘lishi lozim va talaba test materiali mohiyatini tushunib yetgan bo‘ladi, test savollariga javob berishda o‘zining fikr va mulohazalariga tayanadi, nazariy bilimlarni amaliy ahamiyatini anglab yetgan bo‘ladi, test material bo‘yicha yaxshi tasavvurga ega deb topilganda

    3

    Qoniqarli

    Talaba test savollarining 69,9%dan 60%gachasiga to‘g‘ri javob berishi lozim. Test savollari joriy semestrdagi mavzularning barchasini qambrab olgan bo‘lishi lozim va talaba test material mohiyatini tushungan bo‘ladi, nazariy bilimlarni amaliy ahamiyatini anglagan bo‘ladi, test material bo‘yicha o‘rtacha tasavvurga ega deb topilganda

    2

    Qoniqarsiz

    Talaba test savollarining 59,9%dan kamiga to‘g‘ri javob berganda. Test savollari joriy semestrdagi mavzularning barchasini qambrab olgan bo‘lishi lozim va talaba test savollarga javob berishga qiynaladi, material mohiyatini tushunmaydi, tasavvuri sayoz bo‘ladi, nazariy bilimlarni amaldagi ahamiyatni anglab yetmaydi, test savollarni kattf qismiga javob bera olmaydi deb topilganda



    Download 7,42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




    Download 7,42 Mb.