Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1. HTML, CSS va JavaScript yordamida ajoyib veb-saytlar va veb-ilovalarni yaratish uchun bepul veb-platforma bu..?
2. ASP.NET veb-ilovalarni yaratish uchun uchta platformani taklif etadi va ular?
3. ASP.NET SignalR-bu..?
5-MAVZU: MA’LUMOTLARNI AJRATISH PRINTSIPI VA
ULARNI VIZUAL TARZDA TAQDIM ETISH.
Reja:
5.1. Ma’lumotlar bazasini sinflarga ajratish.
5.2. Ma’lumotlarni fizik va mantiqiy tavsifi.
5.3. Ma’lumotlar bazasini uch bosqichli arxitekturasi.
5.4. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari.
5.1. Ma’lumotlar bazasini sinflarga ajratish.
Ob’ektlarni sinflarga ajratish deyilganda, barcha ob’ektlar to‘plamini birorta norasmiy belgi bo‘yicha qism to‘plamlarga ajratish tushuniladi. MBni ko‘pligini hisobga olib uni sinflarga ajratish belgilari xilma – xil. Hozirgi kunda MBni quyidagi sinflari ko‘p qo`llaniladi:
MB ma’lumotlarni tasvirlash shakliga qarab: video, audio, multimedia guruxlariga ajratish mumkin.
Video MB ma’lumotlarini ko‘rinishiga qarab o‘z navbatida matnli va grafik tasvirli bo‘ladi.
Matnli MB ma’lumotlarni strukturalashganiga qarab strukturalashgan va strukturalashmagan MB ga bo‘linadi.
Strukturalashgan MB o‘z navbatida ma’lumotlarni modeliga qarab: ierarxik, tarmoqli, relyasion MBga bo‘linadi. Bundan tashqari strukturalashgan MBlari statik va dinamik shuningdek, markazlashgan va taqsimlangan MBga bo‘linadi. MBni foydalanuvchilar soniga qarab: bitta va ko‘p foydalanuvchili MBga bo‘linadi.
MBni logik(mantiqiy) va fizik tasvirlash.
Ma’lumotlarni tavsirlash va ular orasidagi munosabat aloqalar o‘rnatish 2 xil bo‘ladi:
Logik yoki mantiqiy;
Fizik;
Fizik tasvirlashda ma’lumotlar mashinani tashqi xotirasida saqlashi bilan farqlanadi.
Mantiqiy tasvirlashda esa amaliy dasturchi yoki foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni tasvirlash ko‘rinishi tushuniladi.
Ma’lumotlar bazasini uch bosqichli arxitekturasi.
Dastur vositalariga translyatorlar va MBga ma`lumotlarni kiritadigan, qayta ishlaydigan, saqlaydigan, takomillashtiradigan, testdan o`tkazadigan, ma`lumotlarni kiritish chiqarishni ta`minlaydigan boshqarish tizimlari kiradi.Asosiy dasturlash tillari sifatida Delphi, C, C++ va boshqa shu kabi dasturlash tillari ishlatiladi.
|