|
MBBT ni paydo bo‘lish tarixida 3 ta til qo‘shilib ishlatilgan
|
bet | 61/175 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 7,42 Mb. | | #237523 |
Bog'liq To\'plam WebMBBT ni paydo bo‘lish tarixida 3 ta til qo‘shilib ishlatilgan:
Ma’lumotlarni tavsiflash tili – MTT (YAOD). Uni yordamida MB jadvallarini strukturalari quriladi
Ma’lumotlar bilan ishlaydigan til – MIT (YAMD). Bu til MBsini ma’lumotlar bilan to‘ldirish va uni tiklash amallarni (olib tashlash, takomillashtirish va b.) bajarishda ishlatiladi.
So‘rovlar tili – YAZ. Bu til yordamida qidirish mezonlari asosida kerakli axborotlarni topish va ularni chiqarish uchun hizmat qiladi.
Hozirgi kunda barcha aytilgan tillarni vazifasini SQL tili bajaradi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari.
MBBT til vositalari.
Zamonaviy MBBT til vositalari tarkibiga quydagilar kiradi:
Ma`lumotlarni yoritish tili – ma`lumotlarni mantiqiy strukturasini yoritishga mo`ljallangan;
Ma`lumotlarni qayta ishlash tili – ma`lumotlar ustida asosiy kiritish, o`zgartirish va tanlash operatsiyalarini bajarilishini ta`minlash;
Strukturalangan so`rovlar tili (SQL – Structured Query Language). MB strukturasini boshqarish, ma`lumotlarni boshqarish va qayta ishlashni ta`minlash;
Namuna bo`yicha so`rovlar tili (QBE – Query By Example). MB uchun so`rovlarni vizual yaratishni ta`minlash.
MBBT dan ikki gurux shaxslari foydalanadi:
Chekli yoki oddiy foydalanuvchilar;
MB administratori;
MB administratorini xizmat doirasiga quyidagi vazifalar kiradi:
Predmet soxani tahlili va foydalanuvchilar va axborotni o‘rnini aniqlash;
Ma’lumotlarni tuzilishini loyihalash va ularni takomillashtirish;
Qo‘yilgan topshiriqlar va ma’lumotlarni bir butunligini ta’minlash;
MB ni yuklash va yuritish;
Ma’lumotlarni himoya qilish;
MB ni tiklashni ta’minlab berish;
MB ga murojaatlarni yig`ish va statistik qayta ishlab berish;
MB ga ko‘p foydalanuvchilar rejimida ishlaganda, ma’lumotlarni o‘chib ketishidan himoya qilish;
Texnik vositalar nosoz bo‘lib ishdan chiqqanda, ma’lumotlarni saqlash va qayta tiklash ishlarini bajarish;
|
| |