• Chet el elementlari
  • Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi




    Download 7,42 Mb.
    bet93/175
    Sana16.05.2024
    Hajmi7,42 Mb.
    #237523
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   175
    Bog'liq
    To\'plam Web

    23.2. Muhokama natijalar.
    “Xavfsizlik” atamasi so’zning o’z o’zidan anglashilganda “biror bir xavfning mavjud emasligi”, “xavfdan himoyalanganlik” yoki “tinch holat” ma’nosi aks etadi. “Xavfsizlik – muhim qadriyatlarning tahdidlardan himoyalanganlik holatidir”2 – deb, ta’rif beradi V. N. Panin. Haqiqatdan ham, har qanday subyekt yoki obyekt doimiy mavjud bo’lishi uchun birlamchi muhim qadriyat bu – xavfsizlik va tinchlikdir. Xavfsizlik tushunchasini yanada kengroq taxlil etadigan bo’lsak, uning mazmunini va mohiyatini shakllantiradigan so’zlarni ko’rib chiqish lozim. Xavfsizlik so’zining umumiy ma’nosida xavf, tahdid tushunchalari birinchi o’ringa chiqadi. “Xavf — inson, ijtimoiy guruh, jamiyat, davlat va jahon hamjamiyatiga ziyon yetkazishi, moddiy va ma’naviy qadriyatlarning buzilishi yoki inqirozining yuzaga kelishiga, taraqqiyot yo’lining berkilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan ehtimoliy (yoki real) voqea, hodisa yoki jarayon. Xavf – bu biror-bir zarar yetkazish, ya’ni xavfsizlik obyektining strukturasi yoki boshqa xususiyatlarini o’zgartirish orqali uning bardoshlilik va raqobatbardoshlilik salohiyatini tushirish ehtimolidir”3 . Yuqoridagi tushunchada xavf ma’lum bir subyektlar va tuzilmalarning moddiy va ma’naviy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi, bu subyekt va tuzilmalar xavsizlikning subyektiv kategoriyalarini tashkil etadi. Xavfsizlik asosida bu subyektlarning hayotiy muhim manfaatlari yotadi.
    Tahdid – aniq reallikka aylanib borayotgan, lekin to’liq shakllanib ulgurmagan xavfsizlik obyektlari va subyektlariga moddiy va ma’naviy ko’rinishda zarar yetkazishi mumkin bo’lgan shart-sharoitlardir. “Tahdid deganda, inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashni chigallashtiruvchi hamda tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo’naltirilgan ijtimoiy strukturani, davlatning siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, yеmirishga qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish mumkin”4. Bu fikrda tahdid muammoli bir vaziyat ya’ni aniq hozirda muqarrar mavjud bo’lgan holat sifatida tavsiflannoqda. “Tahdid – xavfning aniq va bevosita shakli. Tahdid – xavfning eng oliy darajasi bo’lib, unda nafaqat yaqqol niyat, balki xavfsizlik obyektiga bevosita ziyon yetkazish qobiliyati va tayyorlik namoyon bo’ladi. Tahdid doimo aniq xarakter va mazmunga ega”5 . Bundan ko’rinadiki, tahdid ma’lum bir xususiyatga ega va aniq ko’rinib turgan xavfning majmuyidir, u xavfsizlik obyektiga bevosita muomalaga kirishish orqali uning mavjud bo’lishiga zarar yetkazadi. Shuning uchun ham aksariyat holatlarda uning mazmuni aniq huquqiy tavsifga ega bo’lib, tegishli normativ-huquqiy aktlarda qayd etiladi, misol uchun, Jinoyat kodeksi moddalarida (agressiya, terrorizm, kontrabanda va sh.k.). Xavf yoki tahdid - subyektning mavjudligi va faoliyati uchun yuzaga kelgan shart-sharoitlarni anglab yetishi bilan bog’liq hisdir. Hissiyotlar har doim ham xavfsizlik subyekti tomonidan obyektiv ya’ni, ishonchli va to’g’ri natijali anglab yetilmasligi mumkin. Shu sababli agar xavf va tahdidga jamiyatda mavjud bo’lgan ziddiyatlarning mahsuli sifatida qaralsa, xavfsizlikka rahna soluvchi tahdidlar bilan kurashda ularni keltirib chiqaruvchi sabablarning aniqlanishi muhimligi oldingi o’ringa chiqadi. Ularni aniqlab olmasdan va bartaraf etmasdan turib, xavfsizlikni samarali ta’minlash mumkin emas. Ziddiyatlar muqim holatda emas, balki ular turli ichki va tashqi omillar ta’sirida o’z mohiyati va yo’nalishlarini o’zgartirib turadi. Bunga misol esa AQSH va SSSR o’rtasidagi o’tgan asrdagi “Sovuq urush” yoki “Qurollanish poygasi”dir. Chunki, Sobiq Sovet davlati parchalangandan keyin siyosiy-harbiy sohada bo’shlig’ yuzaga keldi. Xavfsizlik atamasi dastavval harbiy fenomen sifatida yuzaga kelgan. “Xavfsizlikning an’anaviy konsepsiyasiga nisbatan tadqiqotchilar orasida «strategik tadqiqotlar» («strategic studies») yoki «xavfsizlikning an’anaviy tadqiqotlari» atamasi keng tarqaladi. Ekspertlar hamjamiyatida mazkur tushuncha haqida XX asrning 50-yillarida ilk bor xavfsizlikning harbiy aspektlarini mujassam etgan tor kategoriya sifatida gapirila boshlandi”6 . Ikkinchi jahon urushi va “Sovuq urush” ga qadar davlatlarning siyosiy-iqtisodiy ustunligi ularning harbiy qudrati va qo’l ostidagi hudud jihatdan bo’ysundirgan birliklar va koloniyalar bilan belgilanar edi. Davlatlar o’z hududlarini kengaytirish va ta’sir doirasiga kiradigan hududlarni ushlab turishda bevosita harbiy kuchga tayanar edi. Shunday qilib, mintaqaviy xavfsizlik gegemon davlatlarning o’z xoxish irodasiga ko’ra dunyoni geografik jihatdan bo’lib olgan hududlarida harbiy-chegaraviy kuchlar yordamida bevosita ta’minlanar edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoda asosan ikki kuch hukmronligi boshlandi. Bu kuchlar o’zining kapitalistik va sotsialistik g’oyalari asosida dunyoni ikki qutb sifatida shakllantirdi. Mazkur davr tadqiqotchilar tomonidan xavfsizlik sohasida “strategik tadqiqotlar”ning “oltin davri” sifatida baholanadi. Uning doirasida harbiy soha xavfsizlik muammolarini tadqiq etishning ustuvor yo’nalish, maxsus va umumiy harbiy kuch esa – milliy xavfsizlikni ta’minlashning yagona samarali vositasi (quroli) sifatida qaralgan. Shu bois, o’z g’oyalariga nisbatan “dushman timsoli” va harbiy tahdidning mavjudligi xavfsizlikning boshlang’ich elementi bo’lib xizmat qilgan. Nazariy va amaliy ma’noda xavfsizlik tahdidlarni boshqarish bilan uyg’un holda ko’rilgan. Bu davrda endilikda xavfsizlik subyektlari tizimida suveren davlat markaziy o’rin egallay boshladi. Bu o’rinda milliy xavfsizlik va davlat xavfsiligi markaziy o’ringa chiqadi. Davlatning yoki mamlakatning xavsizligi to’g’risida so’z yuritilganda olimlar fikrlari o’rtasida ko’plab qarama-qarshiliklar mavjud. Bunga sabab, davlat xavfsizligiga nisbatan qaysi atamani ko’proq mos kelishi va shunga mos uning faoliyati asosiy prinsiplarini belgilab olishdan iborat. Masalan, “milliy xavfsizik” atamasi SSSR mafkurasi faoliyati uchun qarama-qarshi tushuncha edi. Chunki, “milliy xavfsizlik” – bu alohida olingan bir millatning xavfsizligini anglatib mohiyatan bir millatning manfaati ustunligi bilan xarakterlanadi. Bu esa o’z tarkibiga kirgan “xalqlarning tengligi” g’oyasini ilgari surgan Sobiq Sovet davlati uchun o’zining mafkuraviy prinsiplari buzilishiga olib kelardi. V. E. Chekanov SSSRdagi “milliy xavfsizlik” tushunchasi keng tarqalmaganligini ta’kidlaydi, chunki “bu tarixiy bosqichda “milliy” tushunchasi mutlaqo boshqacha mazmunga ega bo’lib, unga ko’ra, birinchi navbatda, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari va o’z hududida yashovchi etnoslarning individual o’ziga xosligi anglatgan bo’lar edi” 7 . Ba’zi bir olimlar esa agar davlat tarkibida turli millatlar va elatlar birga umumiy rivojlanish g’oyalari ostida birlashib farovon hayot kechirishi natijasida yagona xalq darajasiga erishsa, bu holda “milliy xavfsizlik” tushunchasi o’zining mantiqiy tarkibiga “davlat” kontekstini qabul qilib yaxlit ma’noga ega bo’ladi degan fikrlarni ilgari suradilar. Bizning fikrimizcha, bu soha uchun “davlat xavfsizligi” atamasi mos va umumiydir. Bunga sabab — davlat yoki har qanday mamlakat manfaatlar mushtarakligi asosida turli xil millat va elatlardan tashkil topgan aholisi ya’ni – fuqarolardan iboratdir.

    Download 7,42 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   175




    Download 7,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi

    Download 7,42 Mb.