• 1 -rasm. Vavilondagi Marduk xudosining qasriga boradigan yo’l ko’ndalang kesimi. 2-Rasm. Yo’l to’shamasi kundalang kesimi.
  • Xorazmshohlar shoh yo’li




    Download 4.64 Mb.
    Sana06.06.2023
    Hajmi4.64 Mb.
    #70255
    Bog'liq
    «Xorazmshohlar shoh yo’li
    15MARUZA, Doc1, 7-s-k-d-i, акт, Презентация Microsoft PowerPoint, Analitika konf.Tezis., Elections in Uzbekistan, A new generation of realistic writers, wCN3Poo6h5tIOWsc9YwNa0jeH4j6W1zo9HRtoeX8, Xolida

    «Xorazmshohlar shoh yo’li
    Olib borilgan tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, eramizdan avval X-XI asrda «Xorazmshohlar shoh yo’li» bor bo’lib, u Urgenchdan Ural va Volgagacha davom etgan. Bu yo’lda har 25 km da (karvonning bir kunlik yo’li) karvonsaroy quduqlar joylashgan.
    Diniy marosimlar o’tkaziladigan, odamlar ko’p yig’iladigan, tantanali marosimlar o’tkaziladigan joyda yo’llar ravon bo’lishi talab etilardi. Rim imperiyasi 90 ming km tosh qoplamali magistral yo’llarga ega edi. Tuproqli va shag’alli yo’llarni hisobga olganda Rim imperiyasining yo’l tarmoqlari uzunligi 250-300 ming km ni tashkil etar edi. Rim imperiyasining yo’l tarmoqlari obdon o’ylangan tizimdan iborat bo’lib, yirik markazlarni birlashtirar edi. Rim hamma viloyatlarni bog’lovchi yo’llar tuguni edi.
    Sanoatda to’ntarish, xomashyo, yoqilg’i va tayyor mahsulotlarni tashishga talabni kuchaytirdi. XIX asr boshida yo’llar Evropada juda og’ir ahvolda edi. Frantsiyada P. Trezaga yangi yo’l qoplamalari qatlamini taklif etdi. Undan so’ng SHotlandiyalik Mak Adam (1756-1836 yy) bu ishni davom ettirdi.
    1871 yilda Amerika Qushma SHtatlarida birinchi asfalt qoplamasi yotqizildi. Shaharlarda asfalt qoplamasi ko’payib bordi.
    Avtomobillar rivojlanishi bilan yo’l qurish me’yorlari va qoidalari ham o’zgarib bordi. Birinchi texnik shartlar 1931 yil keyingisi 1934 yilda chiqdi. 1938 yil «Ko’prik va yo’llar qurish texnik shartlari» tasdiqlandi.
    Yo’l qurilishi ko’p yillik tarixga ega. Yo’l konstruksiyalari va ularni qurish usullari insoniyat tarixining turli jabhalarida o’zgarib kelgan. Birinchi tosh plitalardan qattiq qoplamali yo’llar Shaharlar markazida diniy marosimlar o’tkaziladigan joylarda va ko’chalarda qurilgan.
    Yo’l qurilish Rim imperiyasi davrida eng yuqori saviyada rivojlangan. Rim yo’llari asosan qattiq, mustahkam tosh materiallardan tashkil topgan. O’sha davrda transport vositalarining takomillashmaganligi, ya’ni oldi o’qining burilmasligi tufayli yo’llar to’g’ri va uzun qilib, burilishlarda esa yo’llarning kengligini 2 marta kengaytirib qurilgan. Rim imperiyasi davridagi yo’l to’shamasi ko’ndalang kesimi quyidagi ko’rinishlarda bo’lgan:




    1
    -rasm. Vavilondagi Marduk xudosining qasriga boradigan yo’l ko’ndalang kesimi.

    2-Rasm. Yo’l to’shamasi kundalang kesimi.



    Yo’l qurilishida rivojlanish fransuz olimi Jeroma Trezage va shotland olimi Jon Mak-Adam tavsiya qilgan konstruksiyalardan boshlanadi.
    Trezage va Mak-Adam tavsiya qilgan yo’l to’shamasi tuzilmasi erda ma’lum bir chuqurlikda (koritoda) joylashtiriladi. YOmg’ir va qor suvlari oqib ketishi uchun yo’lga ko’ndalang nishablik berilgan.
    Aloqa yo’llari insonning jisman mavjud bo’lishi bilan hamda kishilik jamiyati tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar o’zlarining transportga bo’lgan ehtiyojlarini oddiy vositalar bilan qondirganlar. Odamlar o’zlariga zarur bo’lgan oziqalarni, mehnat vositalarini, kiyim-kechak tayyorlash yoki qulay uy-joy sharoiti yaratish uchun zarur bo’lgan materiallarni, shuningdek yoqilg’ini o’zlari ko’tarib yoki har xil hayvonlarni o’rgatib ular orqali tashiganlar. Kishilik jamiyati rivojlanishi bilan transport turlaridan dengiz va daryo transporti birinchi bo’lib rivojlana boshlagan. Keyinchalik quruqlikda harakatlanuvchi transportlar ham rivojlana boshladi. Insoniyatning eng yirik yutuqlaridan biri, bu eramizdan 3500 yil avval, Messopotamiyada g’ildirakning ixtiro qilinishidir. Olimlarning aytishicha g’ildirak birinchi bo’lib O’rta Osiyoda bo’lgan ekan. G’ildirakning paydo bo’lishi transport vositasining yuzaga kelishiga asos soldi. Feodalizm davriga kelib asosiy transport vositasi ot-arava bo’lsa, sanoatning rivojlanishi bilan transport ham rivojlandi birinchi bo’lib bug’ kemalari, paravozlar, quruqlikda yuruvchi bug’ mashinalari, keyinchalik esa bug’ samolyotlar yaratildi. Transportning rivojlanishi o’z navbatida aloqa yo’llarini rivojlanishiga olib keldi.
    Aloqa yo’llarining qurilishini boshlanishi deb insoniyat tarixida ongli ravishda yo’llarni bir-necha bor qatnash uchun jihozlash tushuniladi. Odamlar guruh bo’lib ovga qulay joylardan yo’l tanlaganlar. Ana shu yo’ldan qayta - qayta yurish natijasida suqmoqlar paydo bo’lgan. O’sha davrda yo’lning harakat uchun moslashishi so’qmoqlardagi toshlarni, o’ljani keltirishda xalaqit beruvchi shox-shabbalarni olib tashlash bilan cheklangan. Quldorlik davlatlari paydo bo’la boshlagach, ular oldida 2 ta masala turardi, ya’ni avval qo’shni yyerlarni bosib olishni ta’minlash, odamlarni qul qilish, undan keyin ulardan foydalanib quzg’olonlarni bostirish. Quldorlik jamiyatida quyidagi yo’llar turi mavjud edi:

    • savdo yo’llari;

    • harbiy yo’llar;

    • davlat yo’llari: chopar jo’natiladigan, askarlar o’tishi uchun, o’lja keltirish uchun, davlatni boshqarish uchun.

    • diniy marosimlarga (ibodat yoki tantanali jarayonlar uchun) mo’ljallangan yo’llar (saroy oldi, madrasa).

    Download 4.64 Mb.




    Download 4.64 Mb.