dalolat beradi. Bu quyidagi ko‘nikmalar orqali aniqlanadi: tahlil qilish, umumlashtirish, qiyoslash
hamda ommalashtirishorqali.
Rus pedagogi B. G. Ananevning hamkorlik faoliyatining muhim omili hisoblangan muomala
madaniyatiga oid tadqiqotlarida o’qituvchining baholash va tahlil qilish, tarbiyachilik imkoniyati,
o’quvchilarning aqliy va axloqiy rivojlanishlari uchun muhim manba ekanligi alohida ta’kidlangan.
Rus pedagogi A. V. Petrovskiy shaxslararo munosabatlar jamoadagi faoliyatdan
kelib chiqishini
o’rgangan holda, ta’lim jarayonida o’qituvchining o’quvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish faqat
ularning muloqot, muomalaga nisbatan ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o’quv materialini
o’zlashtirishning ham muhim sharti ekanliginita’kidlaydi.
Pedagogik hamkorlikning didaktik asoslarida:
-pedagogik hamkorlik jarayonini tashkil etishning zamonaviy texnologiyasi;
-pedagogik hamkorlikka asoslangan o’quv
jarayonining samaradorligi;
-pedagogik hamkorlikning ta’lim maqsadi va mazmuniga hamohangligi;
-ta’limning muayyan bosqichlarini pedagogik hamkorlik asosida
tashkil etish metodikasi;
-pedagogik hamkorlik jarayonida o’qituvchi~o’quvchi munosabati” kabi masalalarni qamrab
oladi.
O‘quv-biluv jarayonida bilish faolligini rivojlantirishga bag‘ishlangan
tadqiqotlarda
o‘quvchilarning mustaqilligidan kelib chiqqan holda o‘quv jarayonida ular faolligini ta’minlashning
uch yo‘nalishi ajratilgan:
- namunaga asoslangan taqlidiy;
- izlanuvchilikka
asoslangan ijrochilik;
- ijodiy bilish faoliyati.
Namunaga asoslangan taqlidiy faoliyat harakatning tayyor namunalari asosida hosil bo‘ladi.
Izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik faoliyati qiyosiy tarzda o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan
muammoli vaziyatlarni echish yo‘llarini mustaqil tarzda izlashdan iborat. Ijodiy faoliyat esa, bilish
faoliyati hosil bo‘lishining yuqori shakli sifatida berilgan vaziyat doiarsidan tashqariga chiqishdan
iborat bo‘lib, muammolarni yechishning yangi, o‘ziga xos usullarini izlash, o‘z hatti-harakatlarini
mustaqil boshqarishning yuqori ko‘rsatkichlarini namoyon qilishdan iborat.
Mazkur vazifalarning yechimi o‘quvchilarni rivojlantirish imkonini
beradi va ularning bilish
faoliyatini jadallashtirishni tashkil etishga ko‘maklashadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga
vazifalarni qanday yechish va savollarga qay tarzda javob berishni ko‘rsatib berishi kerak. Shu
maqsadda u o‘quvchilarga muayyan reja va faoliyat modelini taqdim qiladi. Ta’kidlash kerakki,
o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini jadallashtirish ularni yangi bilimlar va axborotlarni izlashning
zarur usullari bilan izchil qurollantirishni nazarda tutadi. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarga ijodiy
faoliyat ko‘rsatish darajasiga erishish imkonini beradi. Bunda o‘quvchilarning
ijodiy tafakkurlari
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Pedagogik hamkorlik jarayonida jamoa bo’lib ishlash talabi guruhda mavzu doirasida yangi
mushtarak g’oyalar tug’ilishiga zamin hozirlaydi. Tabiiyki, pedagogik hamkorlik ta’lim jarayonida
samaradorligi sinalganilg’or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishni taqozo etadi.
Jumladan, ta’lim jarayonida vaqti va o’rniga qarab “Kichik guruhlarda ishlash”, “Zanjir”, “Baliq
skeleti”, “Tushunchalar tahlili”, “Charxpalak”, “Yelpig‘ich”, “Qarorlar shajarasi” , “Zig-zag”,
“6x6x6”, “Qora quti” kabimetodlardan, “Chala xat”, “O‘z o‘rningni top”, “Quvnoq kubikchalar”,
“Topib o‘qi”, “Aql charxi”, “Sirli sandiq” kabi didaktik o‘yin-mashqlardan
foydalanilganda
o’quvchining izlanuvchanlik qobiliyatini rivojlanishiga, qo’yilgan
muammoning yechimiguruh
a’zolari bilan bajarganholda yangi farazlar, his-tuyg’uga asoslangan yechimlar topishga urinadilar va