• Annotation.
  • CHARACTERISTICS OF TEACHING IN COOPERATION IN THE ORGANIZA-TION




    Download 239,69 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana30.05.2024
    Hajmi239,69 Kb.
    #257630
    1   2   3   4
    Bog'liq
    boshlangich talimda bilish

    86


    CHARACTERISTICS OF TEACHING IN COOPERATION IN THE ORGANIZA-TION 
    OF LEARNING SITUATIONS IN PRIMARY EDUCATION
    Boymurodova G. T. 
    Doctor of Pedagogical Sciences, Associate Professor, TVXTXQTMOI. 
    Tosheva N. T. 
    PhD, Bukhara State University
    Annotation. 
    This article discusses the specifics of collaborative learning in ensuring the quality 
    and effectiveness of primary education, as well as the professional competence of the teacher in the 
    organization of learning situations that develop cognitive activities, the specifics of primary education. 
    special attention is paid to the methodology. The pedagogical and psychological aspects of improving 
    primary education are widely covered. 
    Keywords: 
    primary education, collaborative learning, learning situations, pedagogical-
    psychological features, teacher-student collaboration, synergetic learning, subject, individual naltified 
    education. 
    Uzluksiz ta’lim tizimi faoliyatini yanada takomillashtish bugungi kunning dolzarb masalalaridan 
    biridir. Ayniqsa, ta’lim kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni to‘liq qamrab olgan boshlang‘ich ta’lim 
    tizimining samaradorligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kichik maktab yoshidagi 
    o‘quvchilarning yosh pedagogik-psixologik xususiyatlarini hisobga olib o‘qitish, motivatsion 
    jarayonlarni hosil qilish, dastlabgi davrdan boshlab ularda vatanparvarlik, insoniylik, do‘stlik, 
    birdamlik hamda odob-axloq qoidalarini singdirib borish kabi ijobiy xususiyatlarni shakllantirishnig 
    optimal yo‘llardan biri hamkorlikda o‘qitishdir. 
    Ma’lumki, barcha darvrlarda o’qituvchi bilan o‘quvchi hamkorligi o’ta dolzarb masalalardan 
    bo’lib, pedagogikada sinergetik ta’lim deb yuritilmoqda. 
    Pedagogik sinergetika XXI asrda ta’lim-tarbiya jarayoni sub’ektlari hamkorligini ta’minlashga 
    ko’maklashadigan yangicha yondashuv sifatida talqin etilgan. Markaziy Osiyo mutafakkirlari 
    al-Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, al-Forobiy, ibn Sino, Abu Rayhon 
    Beruniyning ilmiy-nazariy merosida hamkorlik, do’stona munosabat masalasiga alohida e’tibor 
    qaratilgan va ijtimoiy hamkorlik muammosining ijtimoiy-psixologik jihatlari hamkorlikdagi faoliyat 
    ko’rinishi tarzida bayon etilgan hamda ilmiy jihatdan ma’lum darajada asoslangan. 
    Sinergetik ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, o‘quvchi-o‘qituvchi hamda 
    o‘quvchi-o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini uyg‘unligini ta’minlab beradi. Ayniqsa 
    boshlang‘ich ta’lim birgalikda ish olib borish samaradorlikni ta’minlash bilan birga o‘quvchilar 
    o‘rtasida birgalikdagi harakatni yuzaga keltiradi, natijala qisqa vaqt ichida tezroq natijaga erishiladi. 
    Shuningdek o‘quvchilar o‘rtasida o‘rtog‘lari yordamida o‘zlashtirish ko‘nikmalari ham shakllanadi. 
    Sinf jamoasidagi bu faoliyat ijobiy xislatlarni va munosabatlarni tarkib toptirishga ko‘maklashadi. 
    O‘quvchilar bilish jarayonidagi o‘zaro faol harakatni yuzaga keltirishda hamkorlikda ishlashning 
    mohiyati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi dars jarayonini tashkil etishda va 
    o‘quvchilarni hamkorlikdagi faoliyatlarini yuzaga keltirishda kasbiy kompetenligi va metodik bilim, 
    ko‘nikma va malakalari asosiy o‘rinni egallaydi. Buning uchun o‘qituvchining boshqaruvchilik 
    faoliyati nihoyatda zarurdir. O‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini boshqarish holatini vujudga keltiradi. 
    Bu jarayon o‘quvchi o‘z faoliyatini mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgunga qadar uzluksiz 
    tarzda davom etadi. O‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini tashkil etadi va boshqaradi. Bunda asosan 
    Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2020 йил №1)
    87


    o‘quv predmetini o‘zlashtirish imkoniyati ta’minlanadi. Bu jarayonda o‘qituvchining vazifasi – 
    o‘quvchining mayllarini hisobga olish, rejalashtirish, uning faoliyatini nazorat qilish va tuzatish kabi 
    uzviy bog‘langan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. 
    O‘rganish o‘quvchiga o‘z hatti-harakatiga ishonch tug‘diradi. Bunda o‘quvchining bilish 
    faoliyatini rivojlantirish orqali erishishda hamkorlikda o‘qitish asosiy o‘rinni egallaydi. Bugungi 
    kunga kelib aksariyat o‘quvchilar o‘z bilim zahiralarini kengaytirishga intilmayotganliklarining guvohi 
    bo‘lamiz. Ular darslarda faol ishtirok etmaydilar. Ular o‘quv jarayonidan tashqaridagi erkin faoliyatga 
    ko‘proq qiziqadilar. Buning sabablaridan biri o‘quvchilar maktabga borar ekanlar, o‘qituvchilar 
    va sinfdoshlarining mehr-muhabbati, e’tiborini qozonishga harakat qiladilar. Bu muammoning 
    yechimi uzluksiz ta’limning o‘ta muhim masalalaridan biri bo‘lib, o‘quvchi maktabga kelib o‘qish 
    istagini amalga oshirish uchun o‘zlashtirish darajasi muhim ahamyatga ega. O‘quvchilar jamoasida 
    birgalikda erishish, ya’ni kichik guruhlarada ishlash davomida tezroq va natijali amalga oshadi. 
    O‘rtoqlari ko‘magi orqali guruhda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi hamda jamoasi yutug‘iga o‘z hissasini 
    qo‘shish hissi shakllanadi. Bu motivatsiya keyingi faoliyatga ishonch va intilish, hamkorlikda ishlash 
    ko‘nikmalariga ijobiy munosabatlarini yuzaga keltiradi. 
    Muvaffaqiyat har bir o‘quvchi erisha olishi uchun qulay bo‘lgan o‘quv vaziyatini vujudga keltirish 
    orqali ta’minlanadi. Mutaxassislar o‘quv vaziyatida o‘quvchining bilish ehtiyojlarini qondirish uning 
    rivojlanishida muhim o‘rin egallashini ta’kidlab kelmoqdalar. Agar o‘quvchiga o‘quv vaziyatida 
    muvaffaqiyat qozanish imkoniyati berilsa u hayotda ham o‘ziga to‘g‘ri yo‘l tanlay oladi. 
    O‘quv vaziyatini vujudga keltirish o‘quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish uchun keng 
    imkoniyatlar yaratishini didaktlar har tomonlama asoslashga harakat qilmoqdalar. Agar o‘quvchi 
    bilishga intilsa, bilim olishga ehtiyoj sezsa, ularda sog‘lom mayllar va qiziqishlar hosil bo‘ladi va ular 
    bilish jarayonida muvaffaqiyat qozonadilar. O‘quvchida hosil bo‘lgan bilish, ijod qilish, muloqotga 
    kirishish quvonchi uning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshiruvchi asosiy omildir. Bu esa 
    o‘qituvchi faoliyatining mazmun-mohiyatini oshirish imkonini beradi va o‘qituvchi hamkorlikdagi 
    faoliyat orqali har bir o‘quvchi uchun muvaffaqiyat qozonishga yo‘naltirilgan o‘quv vaziyati 
    hosilbo‘ladi. 
    Sinergetik ta’lim orqali o‘quvchilarda quyidagi bilish faoliyati shakllanadi: 
    - bilish qiziqishlari ortib boradi; 
    - o‘quv maqsadlariga erishish jadallashadi; 
    - shaxsiy bezovtalik va hissiy barqarorlik yuzaga keladi; 
    - yutuqlarni qo‘lga kiritish va muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi; 
    - intellektual layoqatlilik va muloqotga kirishuvchanlik rivojlanadi; 
    - shaxsiy tajribalar hamdako‘nikmalar ortib boradi; 
    - shaxsiy tajriba hamdabilim yanada takomillashadi. 
    Pedagogik hamkorlik ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatida yangicha sifat o’zgarishlarining 
    shakllanishi va namoyon bo’lishiga ko’maklashadi. Pedagogik hamkorlikning muhim jihati shundaki, 
    u ta’lim jarayoni sub’yektlari faoliyatini muayyan tarzda uyg’unlashtirishga xizmat qiladi. 
    O‘quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishning zarur sharti – muayyan o‘quv vaziyatlarida 
    o‘zlarini mustaqil boshqarishlarida namoyon bo‘ladi. Bu ularning o‘z xulq-atvorlarini boshqarishlarida 
    yaqqol aks etadi. Faoliyat xarakteri va amalga oshirish sharoitlariga bog‘liq holda qo‘yilgan maqsadga 
    erishishga yo‘naltirilgan ixtiyoriy quvvatlar namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv jarayoni 
    sub’yekti sifatida shakllanishlari ularda ruhiy bilish imkoniyatini tarkib toptirmasdan amalga oshirib 
    bo‘lmaydi. Birinchi navbatda tafakkur, o‘zi haqida o‘ylash imkoniyatining vujudga kelishi, o‘z-o‘zini 
    nazorat qilishi, o‘z-o‘zini baholashi o‘quvchilarda aqliy faoliyat operatsiyalarining shakllanganligidan 

    Download 239,69 Kb.
    1   2   3   4




    Download 239,69 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    CHARACTERISTICS OF TEACHING IN COOPERATION IN THE ORGANIZA-TION

    Download 239,69 Kb.
    Pdf ko'rish