Xotiram siniqlari




Download 341,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana26.06.2024
Hajmi341,76 Kb.
#265730
1   2   3   4
Bog'liq
034 (1)

«MODERN
 SCIENCE 
АND RESEARCH»
 

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
 
194
mustaqillik dil-dildan ulug‘langan. Shoira asarda umri davomida o‘z boshidan kechgan yaxshi va 
yomon kunlarni eslab, hayot va jamiyat taraqqiyoti haqida, baxt va badbaxtlik to‘g‘risida teran 
poetik mulohaza yuritgan. Sho‘rolar davridagi achchiq hayot qoldirgan dardu alamlarini, orzu-
istaklarini doston misralari qatqatiga to‘kib solgan. Shu tarzda el-yurt ko‘ngliga harorat baxsh 
etgan”
1
. Tafakkurni charxlab, milliy ruhni o‘stirib, tarixdan saboq chiqarishga o‘rgatadi. 
Qahramonlar, obrazlarning tasvirini berishda Zulfiya ortiqcha tashbehlarga qidirmaydi, 
jim-jimador so‘zlardan faydolanishga oshiqmaydi. Xotirasida jonlangan yaqinlarining insoniy 
qiyofasini o‘z aksidek chizib beradi. Dastla onasining yorqin siymosini nihoyatda mayin, samimiy 
ifodalash yo‘lini tutadi: 
Qarog’ida mehr shamlari yoniq –
Gullagan o‘rikday orasta otin. 
Onalarimizni mehnatkash, mehribon, shirin so‘zli sifatlar bilan namoyon qilish so‘z 
san’atimiz tarixida ko‘p uchragan hodisa sanaladi.Lekin “gullagan o‘rikday orasta otin” degan 
tashbehda butun dunyo onalariga xos fazilatlar bo‘y ko‘rsatgan desak mubolag’a bo‘lmaydi. Bu 
ham shoiraning so‘z qo‘llash mahoratidan, zero bunday ifoda, go‘zal istiora hech bir ijodkorning, 
qalamkashlarning, ijodiy merosida uchramagan.Shoira bundan keying misralarida ana shunday 
samimiyatni bardavom tasvirlaydi. So‘fi Olloyor-u Mashrablarning kitoblarinino‘pib qo‘liga 
olishi-yu, o‘yinqaroq bolalarini adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi ifodalnadi.
Onam qo‘llarida mushtday tugunchak, 
Tosh shaharni kezar avaxta izlab, 
Avaxta nechadir,zor ona necha, 
Nechalar yashardi zamonni “siz”lab.
Zulfiyaning mahorati shunda ko‘rinadiki, butun bir romanbop tarixiy voqelikni 
mana shu satrlarda joylay olgan. Bu misralarda shoiraning nohaqlikda qatag‘on qilingan akasining 
sog‘inchi onasi bilan doimo birga yashaganligi shoirona aks ettirilgan. Adabiyotdagi favqulodda 
obrazlar uni yaratgan adib yo shoirning qalbiga eng kuchli ta’sir etgan tirik insonlardan olingan 
ulgilardir. “Xotiram siniqlari”dagi mushfiqa va daryodil ona, “metindan yaralgan” ota va milliy 
g‘ururi bosqinchilar ruhini yerparchin etgan aka, shubhasiz, shoira Zulfiyaning bir umr yuragida 
yashagan yaqinlari siymolaridir. “Xotiram siniqlari” ham shu darajaga yetgan asar. Undan 
o‘quvchi millatning xuddi shunday yuzlab otalari, onalari, akalari siyratini ko‘rib, tanib, sevadi, 
ardoqlaydi.
Keksa ko‘zlarida mo‘ldir va mo‘ldir
Qotgan ko‘z yoshlarga boqardim hayron. 
Bu sokin jussani kemirar ne sir, 
Ne bois muttasil dillari vayron… 
Kuni bo‘yi kezib, bukchayib, tolib, 
Keksa bag’rin yerga berib yotardi. 
Biz nochor bir – biriga ezilib boqib, 
Sukut dengiziga og’ir botardik. 
1
Mirzayev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. T.: Yangi asr avlodi, 2002, 304-b. 



Download 341,76 Kb.
1   2   3   4




Download 341,76 Kb.
Pdf ko'rish