|
Xotiram siniqlariBog'liq 034 (1)Ключевые слова: Мать, независимость, свобода, боль, страдание, время, сердце,
национальный дух, анализ, интерпретация.
Zulfiya XX asr o‘zbek she’riyatining yirik vakillaridan biridir. U o‘zining teran falsafiy,
hassos, fojiaviy va hayotbaxsh realistik ijodi bilan hozirgi zamon o‘zbek she’riyatida yangi sahifa
ochdi. Zulfiya qator dostonlar yaratdi. Uning “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”,
“Xotiram siniqlari” kabi dostonlari shoira dunyoqarashining kengligini, turmush tajribalarining
ortganini, tuyg‘u va fikrlarining teranligini yaqqol ko‘rsatib turadi. Zulfiya she’riyati hayotbaxsh
lirik tuyg‘ularga, yangi-yangi fikrlarga, chuqur g‘oyaviy mazmunga, teran hissiyotga, ajoyib
obrazlarga, rang-barang tasviriy vositalarga boydir. Shoira vafo va sadoqat qo‘shig‘ini barilla
kuyladiki, bu qo‘shiq bugun har bir yurakda aks-sado berib turibdi. Quli gul bir bog‘bonning
bog‘ida keza turib, sizni, butun vujudingizni, o‘zining mayin va xushbo‘y hidi o‘z domiga
tortadigan atirgullarga duch kelasiz, ozgina uzoqlashsangiz yana ortingizga qaytib bu ifordan
bahramand bo‘lsam, deysiz. Zulfiya poeziyasini ham ana shunday gulning betakror iforiga
mengzasak mutlaqo adashmaymiz. Undagi baxtning oliy ifori sizni yuksaklarga olib uchadi,
shubhasiz.
Zulfiya Isroilova umrining xayrli shomida, sakson yoshida bitgan “Xotiram siniqlari” asari
butun bir kechinma-yu, ayriliqning dilnomasidir. Bu hech shubhasiz, XX asr o‘zbek she’riyatining
unutilmas, qadrlash va e’zozlashgan arzigulik hodisasi. “Zulfiya ijodida “Xotiram siniqlari”
(1995) dostoni o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Doston mustaqillik davrining mahsuli bo‘lib, unda
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
|
| |