• SAMARQAND – 2024 Reja
  • Shaxs insoniy munossabatlar tizimida




    Download 33,69 Kb.
    bet1/2
    Sana21.01.2024
    Hajmi33,69 Kb.
    #142287
      1   2
    Bog'liq
    Musurmonov Firdavs


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

    "Kompyuter injiniring" fakulteti


    "Pedagogika va psixologiya” fanidan



    MUSTAQIL ISH


    Mavzu: SHAXS INSONIY MUNOSSABATLAR TIZIMIDA. MUOMALA TEXNIKASI VA STRATEGIYASI

    Bajardi: Musurmonov Firdavs


    Qabul qildi: MUSINOV S. X


    SAMARQAND – 2024

    Reja:

    1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi


    2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni.
    3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari
    4. Muloqot va uni o‘rganish muammolari
    5. Samarali ta’sir psixologiyasi
    6. Xulosa.
    7. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    Insoniy munosabatlar psixologiyasi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar maxsuli deyilishining eng asosiy sababi uning doimo insonlar davrasida, ular bilan O‘zaro ta’sir doirasida bo‘lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi.


    Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita “yuzma-yuz” bo‘lishi yoki u yoki bu texnik vositalar(telefon, telegraf va sho‘nga o‘xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do‘stona bo‘lishi; suboyekt tipli(dialogik, sheriklik) yoki suboyekto(monologik) bo‘lishi mumkin.
    Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar O‘rtasida ro‘y beradigan fikrlar, xis-kechinmalar, tashvish-u - quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan” ham fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi, ayrim xollarda esa ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari reaksiyalarni bir - biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muxiti va undagi munosabatlar ana shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik oilaning barcha a`zolari o‘rtasida emas, uning ayrim a`zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin(ona-bola, qaynona-kelin va xz).
    O‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‘zlaydigan asosiy maqsadlari o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo‘lsa, «jozibasi”, betakrorligi shundaki, o‘zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan bir xil o`ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo‘lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta’sir bo‘lgan bo‘lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko‘rishmay qolgan do‘stingizni ko‘rib qoldingiz. Siz undan xol-axvol so‘radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni maqullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqat juda bemaza bo‘lgan va siz ikkinchi marta O‘sha odam bilan iloji boricha rasman salom-alikni bajo keltirib o‘tib ketavergan bo‘lardingiz. Ya`ni, muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda xar bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo‘ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o‘ziga jalb etadi.
    Xar qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma`naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar.
    XXI asr bo‘sag‘asida odamning eng tabiiy bo‘lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo‘lish va o‘zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo‘lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor.
    Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o‘tib bormoqdamiz. Axborotlarning ko‘pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu o‘z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini o‘zgartiradi.
    Ikkinchidan, turli kasb faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruxining ko‘payishi, ular o‘rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig‘iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XXI asrning korporatsiyalar asri bo‘ladi, deb bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporatsiya insonlarning o‘zaro til topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo‘lishi haqida gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko‘p xollarda bevosita yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar uyali aloqa, fakslar, elektron pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo‘nda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham o‘ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi.
    Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular sosionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam” dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar(servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini belgilaydi.
    Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga o‘rgatish(sosial psixologik trening) masalalari bilan shug‘ullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi o‘rni va salohiyati keskin oshdi.
    Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni. Aslida xar bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam O‘zida individ sifatlarini saqab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz.
    Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi-suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birini tushunishlarini taxminlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir va buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xol-axvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, taziyaga borgan chog‘da xam ana shunday samimiyatli qabulni xis qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va xalqlarda xam bor, ya`ni bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega.
    Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, so‘ng Ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, «mauglilar” biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday holat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi.
    Muloqotning yana bir muhim vazifasi-u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo‘li ishga xam bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o‘zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin.
    Masalan, ko‘plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya`ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishning uning ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan.
    Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg‘izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o‘zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o‘zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o‘rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg‘izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, xissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, xavotirlanish, o‘ziga ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg‘izlikka mahkum bo‘lganlar ma’lum vaqt o`tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko‘rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo‘lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo‘lar ekan. Masalan, bir M.Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g‘or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o‘tgach, u turgan yerda bir o‘rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb yozadi u, shu xayosiz g‘or ichidagi tanho tirik mavjudotlar edik. Men o‘rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg‘ura boshladim.»
    Shaxsning muloqotga bo‘lgan ehtiyojining to‘la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o‘zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko‘pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o`tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma-yon turib bajariladigan operatsiyalarda odamlar o‘z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‘proq, tezroq ishlashga kuch va qo‘shimcha iroda topadi. To‘g‘ri, bu hamkorlikda o‘sha yonidagi odam o‘nga yoqsa, ular o‘rtasida o‘zaro simpatiya xissi bo‘lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday” keladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sosiolog hamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita ta’sirini o‘rganib, sosiometrik texnologiyani, ya`ni so‘rovnoma asosida bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sosiometriya metodikasiga asos solgan edi.
    Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, xozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki kollegial-birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligini xisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat unumdorligi va samaradorlikning muhim omillaridandir.
    Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari. Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri-o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya`ni fikr-g‘oyalariga ko`ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir.
    Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi.
    Verbal ta’sir bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. Ma’lumki, nutq bu so‘zlashuv, o‘zaro muomala jarayoni bo‘lib, uning vositasi so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o‘zidagi barcha so‘zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xoxlaydi.
    Paralingvistik ta’sir bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. So‘ngra nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. So‘ngra qarab, masalan, do‘stimiz bizga biror narsani va`da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Ko`yib - pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
    Noverbal ta’sirning ma`nosi “nutqsiz”dir. So‘ngra suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari(yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita xis qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar(shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko‘rganimdan biram xursandman”, desa, ishonasizmi?
    Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlariga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida ta’sir etishni o‘ylar ekan. Aslida esa, O‘sha so‘zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol o‘ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra, birinchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal xarakatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o‘zgarishi mumkin albatta, lekin xalq ichida yurgan bir maqol to‘g‘ri: «Ust boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi”.
    Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi sheriklarning rollariga xam bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskori bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta`kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshlik ishi tushib, biror hodimni xonasiga taklif etsa, u o‘rnidan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi, xol-ahvolni ham kuyukroq so‘raydi va so‘ngra gapning asosiy qismiga o`tadi.
    Ta’sirning adresati-ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo‘lsa, u tashabbusni o‘z qo‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo‘ladi.
    Muloqot va uni o‘rganish muammolari.
    Oxirgi yillarda «professionalizm” tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Chunki jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirish, mexnat unumdorligini «inson omili”ni takomillashtirish xisobiga oshirish davr talabi bo‘lib qoldi. Ayniqsa, odamlarni boshqarish soxasidagi professionalizmga katta e`tibor qaratilmoqda. Juda ko‘pchilik mutaxassislar barcha bajaradigan funksiyalari orasida odamlar bilan til topishish, ularga ta’sir ko‘rsatish, ular faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish eng murakkablaridan ekanligini e’tirof etmoqdalar. Odamlar bilan normal munosabatlarni o‘rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida amaliy sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, o‘z nuqtai nazariga o‘zgalarni professional tarzda ko`ndira olmaslik, “birov”ni, uning ichki kechinmalari va o‘ziga bo‘lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ o‘quvsizlik, yoki diskommunikasiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda odamlar oddiy til bilan aytganda, bir-birlarini tushunolmay qoladilar, shuning oqibatida pishib turgan loyiha yoki yaxshi reja amalga oshmasligi, bir necha oylarga cho‘zilib ketishi mumkin.
    Shuning uchun ham hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining tadbiqiy yo‘nalishida, boshqaruv psixologiyasida katta yoshli odamlarni kommunikativ bilimdonlikka o`rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir korxona, hususiy firma yoki davlat muassasasini boshqaruvchi menedjer, rahbar tayyorlash muammosi ana shu rahbarlarni, boshqaruvchilarni psixologik jihatdan odamlar bilan ishlashga o`rgatish muammosini chetlab o‘tolmaydi. Umuman, hozirgi davrda har qanday mutaxassis-vrach, muxandis, o‘qituvchi, iqtisodchi, agronom, quruvchi, jurnalist, madaniyatshunos yoki boshqalar xam kommunikativ malakalarga ega bo‘lmaguncha, bozor munosabatlari sharoitida tezda jamoaga kirishib, ko‘pchilik bilan til topishib, o‘z professional mahoratini ko‘rsata olmaydi. Har bir ziyoli inson boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va sanoatiga ega bo‘lishi kerak.
    Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o`rgatishni har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ymoqda. To‘g‘ri, muloqotga kirishish-ijtimoiylashuv jarayonida barcha sifatlardan oldinroq shakllanadigan qobiliyatlardan, u tabiiy va hayotiy narsa. Bola tili juda yaxshi chiqib ulgurmay, atrofidagilar bilan aktiv muloqotga kirisha boshlaydi. Lekin masalaning paradoksal tomoni ham shundaki, yillar o‘tgan sari ongli, aqlli odam har bir gapini o‘ylab gapiradigan, har bir qadamini o‘ylab bosadigan bo‘lib qoladi, bu uning jamiyatdagi mavqesini belgilovchi vositadir. Bu muloqotga kirishishga ruhan tayyorlanishning ahamiyatini ham odam anglashini taqozo etadi. Shunday qilib, ana shu eng tabiiy va bir qarashda oddiy inson faoliyati shu qadar murakkab va serqirraki, uning mexanizmlarini o‘rganish, guruhlarda to‘g‘ri munosabatlarni tashkil etish va odamlarni samarali muloqatga o`rgatish muammosi bugungi ijtimoiy psixologiyaning muhim masalalaridandir.
    Ma’lumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini to‘ldirishiga bog‘liq ekan. Noto‘g‘ri tasavvurlardan biri shuki, odamni muomala yoki muloqotga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalanib, ta’sirchan gapirishga o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash qobiliyatiga deyarli e`tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notik, psixolog Deyl Karnegi «Yaxshi suhbatdosh-yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi.
    Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i tinglash jarayoniga ketar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladiganlar 35-40% oylik maoshlarini odamlarni «tinglaganlari” uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikasiyaning eng qiyin sohalaridan xisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko‘proq foyda keltirarkan.
    Shuning uchun bo‘lsa kerak, nemis faylasufi A. Shopengauyer «Odamlarni o‘zingiz to‘g‘ringizda yaxshi fikrga ega bo‘lishlarini xoxlasangiz, ularni tinglang” deb yozgan ekan. Darhaqiqat, agar siz kuyunib gapirsangizu, suhbatdoshingiz sizni tinglamasa, boshqa narsa bilan ovora bo‘laversa, undan ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz, balki u bilan aloqani xam uzasiz. O‘qituvchi gapirayotgan paytda uni tinglamaslik odobsizlikning eng keng tarqalgan ko‘rinishi deb baholanishini bilasizmi?
    Nima uchun biz ko‘pincha yaxshi gapiruvchi, so‘zlovchi bo‘la olamizu, yaxshi tinglovchi bo‘la olmaymiz? Psixologlarning fikricha, asosiy xalaqit beruvchi narsa-bu bizning o‘z fikr-o`ylarimiz va xoxishlarimiz og‘ushida bo‘lib qolishimizdir. Shuning uchun xam ba`zan rasman sherigimizni tinglayotganday bo‘lamiz, lekin aslida hayolimiz boshqa yerda bo‘ladi. Tinglashning ham xuddi gapirishga o‘xshash texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi xam ko‘p, lekin asosan biz kundalik hayotda uning ikki usulini qo‘llaymiz: so‘zma-so‘z qaytarish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdosh so‘zlarining bir qismini yoki yaxliticha qaytarish orqali, sherikni qo‘llab-quvvatlashni bildiradi. Ikkinchi usul esa-sherigimiz so‘zlarini tinglab, undagi asosiy g‘oyani muxtasar, o‘zimizning talqinimizda ifoda etish. Ikkala usul ham sherik uchun muhim, chunki u sizning tinglayotganingizni, hattoki, undagi g‘oyalarga qarshi emasligingizni bildiradi. Bunday tashqari, biz yaxshi tinglayotgan bo‘lib, «Yo‘g‘e?», «Nahotki?», «Qaraya?», «Yasha!» luqmalari bilan ham suhbatdoshimizni gapirishga, yanayam o‘z fikrlarini oydinlashtirishga chaqirib turamiz.
    Demak, aslida bizdagi gapirayotgan shaxs yetakchi, u suhbatning mutloq xokimi, degan tasavvur unchalik to‘g‘ri emas. Yaxshi tinglashda ham shunday kuch borki, u suhbatdoshni sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug‘diradi. Chunki muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa-bu axborotning o‘zi. Tinglayotgan odam ma`noli, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma’lumot oladi. Gapirgan esa aksincha, o‘zidagi borini berib, gapirmaydigan suhbatdoshdan «teskari aloqani” olib ulgurmay, hech narsasiz qolishi xam mumkin. Shuning uchun muloqotga o‘rgatishning muhim yo‘nalishlaridan biri-odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‘rinli foydalanishga o`rgatishdir.
    Professional tinglash texnikasiga qo‘yidagilar kiradi:
    Aktiv holat. Bu-agar kreslo yoki divan kabi mebel bo‘lsa, o‘nga bemalol yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so‘ziga qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi;
    suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o‘ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o‘zining har bir so‘ziga uni ham ko`ndirishning samarali yo‘lidir.
    O`ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas`uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‘zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo‘li.
    Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o‘z-o‘ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali bo‘lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g‘oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ma`ruzachi professorning har bir chiqishi va ma`ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.
    Agar muloqot jarayonida ishtiroq etuvchi ikki jarayon-gapirish va tinglashning faol o‘zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash qiyin bo‘lmaydi. Shuning uchun xam ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o‘rgatishga juda katta e`tibor beriladi. Bu boradagi fanning o‘z uslubi bo‘lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT-muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jixatdan xozirlash, ularda zarur kommuniqativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
    Amaliy muloqot treningi-IPTning bir ko‘rinishi bo‘lib, u yoki bu professional faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo‘ladigan kommunikativ malaka, ko‘nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida muzoqaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo‘l-yo`riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida so‘zlashga o`rgatish, majlislar o`tkazish, janjalli, konfliktli holatlarda o`‘zini to‘g‘ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bundagi asosiy narsa-trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, o‘zini o‘zga o‘rniga qo‘ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o‘zinikini uyg‘unlashtira olish g‘oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli o`yinlarning eng optimal variantlari sinab, mashq qilinadi.
    Shaxs Insoniy Munossabatlari Tizimi (SIMT) va Muomala Texnasi va Strategiyasi, insonlar o'rtasidagi munosabatlarni samarali va o'zaro foydalangan, adolatli va barqarorligi ta'minlashni maqsad qilgan tizimlar. Bu tizimlar orqali shaxslar o'rtasidagi munosabatlar va kommunikatsiyani rivojlantirish, ishonch va iymonni oshirish, va muomalatlar va muzokaralar orqali muammoni yechishni takidlaydi.
    SIMT va Muomala Texnasi va Strategiyasining asosiy xususiyatlari:
    Muloqot va E'tibor: SIMT va muomala texnasi, shaxslar o'rtasidagi muloqotni oshirish, e'tiborni oshirish, va fikrlarini ifodalashni rag'batlantiradi.
    Adolat va Barqarorlik: Bu tizimlar adolat va barqarorlik prinsiplari asosida ishlaydi. Huquqlar va majburiyatlar barqarorlik va adolatning asosiy omillariga muvofiq muhofaza qilinadi.

    Ishonch va Iymon: SIMT va muomala texnasi va strategiyasi, ishonch va iymonni oshirish uchun tadbirlar o'tkazadi. Insonlar o'rtasidagi etarli va ishonchli munosabatlar tuziladi.


    Qo'llanma va Tuzatish: Tizimlar, muomala texnikasi va strategiyasini o'rganishda yordam beradigan qo'llanmalar, yo'riqnomalar va o'quv materiallarni taqdim etadi.
    Muzokaralar va Mushtarak Ishtirok: SIMT va muomala texnasi va strategiyasi, muzokaralar va boshqa shaxslar bilan mushtarak ishtirokni rag'batlantiradi. Muhokama va tushuntirish orqali munosabatlar o'zgaradi.
    Mavqei va Tuzatuvchi: Tuzatuvchi shaxs, muomala texnikasi va strategiyasini amalga oshirishda mavqeni o'rnini tutadi. Mavqeining ta'mini, muomala texnikasi va strategiyasining samarali joriy qilinishini ta'minlaydi.
    Samarali Kommunikatsiya: Muomala texnasi va strategiyasi, shaxslar o'rtasidagi samarali va o'zaro foydalangan kommunikatsiyani oshirish uchun vositalarni taqdim etadi
    Tuzatish va Rivojlanish: Strategiya, shaxslar o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va muammoni tuzatish uchun strategik yondashuvlarni aniqlash va amalga oshirishni o'z ichiga oladi.
    Xulosa
    Bu mustaqil ishda men har bir shaxs o’zini yon atrofdagilari bilan muloqot jarayonida o’zining qanday inson ekanligini bildirishini va shu suhbatdoshini qanday inson ekanligini anglab yetadi. Suhbat davomida inson nimalarga muhim e’tibor berish kerak ekanligini nazariy malumotlarga ega bo’ldim. Insonning shaxsiy rivojlanishi uchun yon atrofdagi insonlarning o’rni juda katta ro’l o’ynaydi, har bir insonning o’z yon atrof muhitga qarab yaxshi yomon tomonga o’zgarishi mimkin. Shuning uchun ham doimo yon atrofdagi insonlar bilan to’g’ri va mazmunli suhbat qilish kerak. Muloqot, e'tibor va hurmat, insonlar o'rtasidagi fikrlar va tajribalarni almashishni ta'minlaydi. Shaxslar o'rtasida o'zaro fikr almashish, tushunish va qo'llab-quvvatlash orqali munosabatlar rivojlantiriladi.


    Download 33,69 Kb.
      1   2




    Download 33,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxs insoniy munossabatlar tizimida

    Download 33,69 Kb.