|
Iqtisodiy o’sishning har xil bosqichlaridagi mehnatni
boshqarishning turlari
|
bet | 2/5 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 167,69 Kb. | | #132437 |
Bog'liq 1 Mehnatni boshqarish xarakteri, mehnatni boshqarish turlari 1Iqtisodiy o’sishning har xil bosqichlaridagi mehnatni
boshqarishning turlari
Iqtisodiy o’sishning turi
|
Mehnatni boshqarish
|
Moddiy asos
|
Tizimni tashkil qiluvchi omil
|
Mehnatni boshqarishning turi
|
Sanoatlashganga qadar
|
Manufaktura ishlab chiqarish
|
Xususiy ishchilaring kooperatsiyasi
|
Hunarmandchilik
|
Sanoatlashgan
|
Yirik mashinali ishlab chiqarish
|
"Tirik qo’shimcha" larga ega mashinalar tizimi
|
Texnokratik
|
ilmiy-texnik
|
YAngilik kiritish larga asoslangan egiluvchan ishlab chiqarish
|
Ilmiy-ishlab chiqarish davrasidagi o’zaro hamkorlik
|
Innovatsion
|
F.Teylor shunday usullarni ishlab chiqqanki, ularga ko'ra ishning har bir turi, har bir operatsiya uchun xronometraj va ishchining harakatlarini sinchiklab o'rganish yordamida berilgan ishni bajarishning yagona, eng ratsional usuli belgilangan. Barcha xatolar, befoyda harakatlar bartaraf qilingan, eng mukammallari tanlab olingan. Mashhur fransuz fizigi Le Shatelening so'zlariga ko'ra, bu sanoatda mehnatni tashkil qilishga nisbatan qo'llanilgan matematikadan iborat bo'lgan.
Yuqori unumdor mehnatga nisbatan iqtisodiy majbur qilishdan foyd alanilgan:
ishbay ish haqining alohida tizimi (me'yorni bajargan va oshirib bajarganlar uchun oshirilgan tarif stavkalari va baholashlar; bajar-maganlar uchun - stavkalarni 20-30% ga pasaytirilishi, jarimalar);
vazifalarni bajarilishi va oshirib bajarilishiga ko'proq darajada yordam beruvchi sharoitlarni yaratish: batavsil yo'l-yo'riq ko'rsatish, mehnatni mayda-chuyda tafsilotlarigacha rejalashtirish, maxsus qurollar bilan ta'minlash, hisob, nazorat.
F.Teylor tizimidan foydalangan korxonalarda o'rtacha mehnat unumdorligi uch yil ichida ikki marta o'sgan. Birinchi o'ttiz yil ichida bu tizim yetarlicha keng tarqalgan, deyarli barcha yuqori rivojlangan mamlakatlarning kompaniyalari undan foydalanganlar. F.Teylor o'zining tizimini ishlab chiqarishning muvaffaqiyati birinchi navbatda xodimning o'ziga, uning jismoniy kuchiga bog'liq bo'lgan sharoitlarda ishlab chiqqan. Hozirgi zamon iqtisodiyotida texnika birinchi o'ringa chiqqan. Va shunga qaramasdan uning tizimi hali ham ishlab chiqarishni ratsionallashtirishning asosida yotadi. Undan bugun ham takrorlanuvchi operatsiyalarga ega korxonalarda keng foydalaniladi.
|
| |