~ 213 ~
zamonaviy moddiy texnik jihozlar bilan MOOS markazini tashkil qilish, bu o‘quv
markazida ommaviy masofadan interaktiv o‘qitishni elektron ta’lim texnologiyalari va
Internetdan ochiq murojaat orqali tashkil qilish;
innovatsion o‘qitish metodlaridan foydalanish;
pedagoglarning kasbiy layoqatini takomillashtirish;
masofaviy o‘qitishning axborot-resurs bazasini shakllantirish;
xalqaro standart talablariga mos raboqobatbardosh mutaxassisni tayyorlash.
OOOK onlayn o‘quv markazini yaratish uchun raqamli ta’limni takomillashtirishda audio-
video studiyalar zarur. Video yozuvlar yaratiladigan onlayn o‘quv markazning asosiy ob’ektidir.
Innovatsion o‘qitish metodlarini tadbiq qilish uchun OOOK kurslarni yaratish zarur, xususan
onlayn kurslar video o‘quv materiallari, o‘quv-uslubiy va nazorat topshiriqlari bilan boyitilgan
bo‘lishi kerak. OOOK onlayn kurslari o‘z ichiga 4 ta asosiy komponentani oladi. Bular
quyidagilar:
1) video mashg‘ulotlar;
2) o‘qitish, nazorat va baholash mashqlari;
3) forumlar;
4) yakuniy baholash va sertifikatlar berish [2].
O‘qitishning barcha bosqichlarida
yangicha
yondashuvlar, yo‘l-yo‘riqlar va
texnologiyalarni aniqlash va doimiy ravishda izlab topish murakkabdir. SHuning uchun yangi
o‘quv formatlarini qidirish, ulardan biri ommaviy ochiq onlayn kurslardan foydalanish
respublikamiz oliy ta’lim muassasalari muammolarini yechimini topishga imkon beradi (1-
jadvalga qarang):
1-jadval