~ 214 ~
“Khan” akademiyasi kurslari;
“INTUIT” onlayn ochiq kursi.
1-rasm. MIT Open Course Ware (OCW)”
“MIT Open Course Ware (OCW)”
onlayn ochiq kursi
. AQSHning “Stanford University va
Massachusetts Institute of Technology (MIT)” kabi oliy o‘quv yurtlari tomonidan bepul onlayn
kurslari taqdim etilgan. Tajriba sifatida ilk bor tashkil etilayotgan onlayn darslar dunyo talabalari
uchun ochiq hisoblanadi. Mazkur kurslarda o‘qish bepul bo‘lib,
muvaffaqiyatli tamomlagan
talabalarga diplom beriladi. Ba’zi onlayn kurslar yakunida tekin sertifikat beriladi, lekin aksariyat
kurslarda ma’lum bir to‘lovdan keyin sertifikat olinadi. Ochiq darsxonalar Internet orqali o‘quv
materiallarini bepul va erkin tarqatishga yo‘naltirilgan. “Open courseware” elektron tizimi “MIT”
tomonidan bundan o‘n yillar oldin tashkil etilgan.
Bundan keyin aksariyat kollej va universitetlar ham o‘quv materiallarini internetga barcha
uchun bepul va ochiq qo‘yish amaliyotidan foydalanishdi. “MIT” va “Stanford University” ushbu
amaliyotni yangi bosqichga ko‘tarib, kursda nafaqat o‘tiladigan materiallarni, balki darsning
o‘zini ham bepul taqdim etishni boshlamoqda [3].
“Coursera” onlayn ochiq kursi
. Prinston universiteti, Berklidagi Kaliforniya universiteti,
Michigan An-Arbor hamda Pensilvaniya universitetlari ham hamkorlikda Coursera deb
nomlangan internet saytida bepul onlayn kurslarini tashkil etmoqda. Courseradan kurslarning
nomlari, yo‘nalishi, ularni taqdim etayotgan universitetlar bo‘yicha izlab topish mumkin.
“OpenCourseWare” dasturi tufayli o‘qituvchilar o‘z
kurslarini yaxshilashlari, talabalar
qo‘shimcha o‘quv materiallarini topishlari, mustaqil tinglovchilar yangi narsalarni o‘rganishlari
va bilimlarini turli sohalarda qo‘llashlari mumkin [4].
Stenford universiteti mutaxassislari tomonidan bunyod etilgan Udacity bepul darslarni
taqdim etuvchi sayt hisoblanadi. Universitetlar turli bilimlar bosqichi bo‘yicha
kurs tizimlarini
o‘tkazish uchun hamkorlik qiladi. Tinglovchilar kurslarda o‘qish bilan birga kurs a’zolari bilan
gaplashadilar, kurs so‘ngida test va imtihonlar topshiradilar (2-rasm).
Xan akademiyasi kurslari MIT va Garvardni bitirgan talaba Salmanxan tomonidan
yaratilgan onlayn ochiq kursi hisoblanadi. Bugungi kunda Xan akademiyasi saytida turli
mavzudagi 42000dan ortiq bepul mikroma’ruzalar aksariyati ingliz va rus tilida berilgan (3-
rasm).