Yangi o‘zbekistonning taraqqiyot satrategiyasi va




Download 1,03 Mb.
bet3/82
Sana18.05.2024
Hajmi1,03 Mb.
#241637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Yangi o‘zbekistonning taraqqiyot satrategiyasi va

5 ta ustuvor yo‘nalish



21

Adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirishning ustuvor yo'nalishlarida amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ko'rsating

2022 yil 29 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

22

2023 moliya yilidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar qanday tartibda shakllantirilishi belgilangan?

Jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi.

23

Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur’atlarini ta’minlashning ustuvor yo'nalishlarida amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ko'rsating.

2022 yil 27 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

24

Qaysi me'yoriy-huquqiy hujjat asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda yetakchi oliy ta’lim muassasasi etib belgilangan?

2022-2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.06.2022 yildagi PQ-290-son

25

Yoshlar bilan ishlashning "mahalla sektor-tuman (shahar)-hudud-respublika" tizimi qaysi me'yoriy-huquqiy hujjatga asosan joriy etildi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida

26

“2022-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VM-qaroriga ko'ra Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qanday dastur amalga oshirilmoqda?

“Orol orzusi” dasturi





27

Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish sohasidagi ustuvor yo'nalishlarda amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ko'rsating

“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi 15.04.2022 yildagi O‘RQ–764-sonli qonun qabul qilindi

28

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan davrda ustuvor yo‘nalishlarni va kompleks chora-tadbirlarni belgilab bergan normativ-huquqiy hujjat qanday nomlanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PF-175-son Farmoni

29

Strategiya tushunchasi ma'nosi

Strategiya (yunoncha) sarkardaning san’ati iborasidan olingan

30

Ma’naviyat bu

Inson axloqi va odobi, bilimlari, istedodi qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarining bir-biri bilan uzviy bog‘langan jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizim.

31

Konstitutsiya so'zi qanday ma'noni anglatadi?

Konstitutsiya “lotincha” tartib, qoida, tuzish degan ma’nolarni anglatadi.

32

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi” normasi belgilangan?

25-modda

33

Jamoat birlashmalariga nimalar kiradi?

kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, faxriylar va yoshlarning tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa birlashmalari kiradi.

34

Jamoat birlashmasi deb nimaga aytiladi?

O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma

35

Fuqarolik jamiyati ta'rifi to'g'ri keltirilgan javobni ko'rsating

insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum



36

O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot qaysi prinsip asosida rivojlanadi?

siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida

37

Turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadigan fuqarolik jamiyati instituti qaysi?

Siyosiy partiyalar



38

O‘zbekiston xalqi nomidan faqat kim ish olib borishi mumkin?

O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.

39

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini kredit-modul tizimiga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo'yicha yangi tizim qaysi viloyatlarda tajriba va sinovdan o'tkazildi?

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida
"Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasi. https://onlinedu.uz/

40

Jamoatchilik nazorati subektlari bu

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari

41

"Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish “O‘zbekiston — 2030” Strategiyasining nechinch ustuvor yo'nalishi sifatida belgilangan?

5-ustuvor yo‘nalish



42

“Miranda qoidasi” bu



Miranda qoidasi O’zbekistonda 2009 yil 1 yanvardan e’tiboran joriy yetilgan.

Download 1,03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Download 1,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yangi o‘zbekistonning taraqqiyot satrategiyasi va

Download 1,03 Mb.